Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Augmented Reality, AR
). Real dunyoga virtual dunyo ob’ektlarini 
qo‘shishga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik texnologiyasi eng istiqbolli 
texnologiyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qiling, ko‘chada ketayotib, 
yoningizda bo‘lgan odamlar va ob’ektlar haqida qo‘shimcha axborot ko‘rasiz. 
To‘ldirilgan reallikka misollar mavjud bo‘lib, ular hayotda faol qo‘llanmoqda. 
Masalan, Moskvadagi ayrim parklarda moddiy dunyo ob’ektining virtual dunyo 
ob’ektiga bog‘langanini ko‘rsatadigan belgilarni uchratish mumkin. To‘ldirilgan 
reallik elementlari bo‘lgan o‘yinlar faol tarqalmoqda, magazinlarda virtual 
ko‘zgular va kiyimlar kiyib ko‘rish xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik 
avtomobillarda ham sinab ko‘rilmoqda.Biznesda virtual reallik texnologiyalari u 
qadar faol qo‘llanilmaydi, u yerda hozir 
3D
-modellashtirish texnologiyalariga talab 
kuchliroqdir. Real dunyoning raqamli 
3D
-modellarini tuzishga misollar servis 
sohasi korxonalari, qurilish kompaniyalari, murakkab texnologik mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchilar, neft qazib chiqarish va boshqa tarmoqlar hisoblanadi.
3D
-
modellashtirish doirasidanafaqat ob’ektlar modellarini tuzish haqida, balki ularni 
ma’lumotlar bilan to‘ldirish haqida ham gapirish mumkin bo‘lib, bu o‘z 
navbatida,boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini optimallashtirishga va 
oqibatda mahsulotlarni loyihalashtirish vositalarini ularni ishlab chiqarish 
vositalari bilan bog‘lashga imkon beradi. Shu bilan bir paytda, virtual reallik 
texnologiyalarini ommaviy joriy qilish yo‘lida insonning virtual reallikdagi yanada 
haqqoniyroq ishtirokini ta’minlaydigan uskunalarningyangi avlodlarida virtual 
dunyoni aks ettirishning realligini yanada oshirishni ta’minlash kerak bo‘ladi. 
Shubhasizki, raqamli iqtisodiyot robototexnika bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Robotlarning insonlar hayotidagi ishtiroki fantastlar tomonidan ko‘p marta 


24 
muhokama qilingan, lekin hozirda robotlar bizning real hayotimizga ham tezkorlik 
bilan va bevosita kirib kelmoqda. Odamlar ishlab chiqarishda bajaradigan oddiy 
funksiyalarni robotlar bajarishi xatolar sonini ancha kamaytirish hamda ishlarning 
bajarish tezligini oshirishga imkon beradi. Sir emaski, ko‘plab sanoat 
kompaniyalari yig‘uv liniyalari va logistikada robototexnikani faol qo‘llaydi, bu 
inson omilining ahamiyatini pasaytirish va ishga minimal sondagi odamlarni jalb 
qilishga imkon beradi. Sanoat robotlari qiymatini (bahosini) pasaytirish ularni 
qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratadi vaodamlarga 
amalda qanday qilib mexanizmlar avtomatik rejimda inson ishtirokisiz mahsulot 
ishlab chiqarishini kuzatib turishiga to‘g‘ri keladi, xolos.Germaniyada hattoki 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin