66
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy
sharoitlarga muvofiq ravishada rivojlanadi.Agar
ilgari ishlab chiqarish, savdo va
moliya texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga
kelib,asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (
o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik
),
innovatsion tadbirkorlikka (
o‘zini-o‘zi rivojlantirish
), axborot injiniringiga (
o‘zini-
o‘zi takomillashtirish
) vaiqtisodiy jarayonlarni avtoformalizatsiyalashga (
avto
strukturalash
) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi
bo‘lgan
NET
paydo bo‘lgan.
NET
ning moddiy asosini data-markazlar hamda
axborotni tizimlashtirish vatahliliy qayta ishlash uchun mo’ljallangan
zamonaviy
IT
-platformalari tashkil qiladi. Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha
hizmatlar «
provaydingi
» rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb
ahamiyatga ega. Bund yangi tashkilotlar – axborot-konsalting hizmatlari va davlat
rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy
asosi hisoblanadi.IHTT tomonidan 2016 yil bu tashkilotga a’zo bo‘lgan 32
mamlakat va yana 6 ta hamkor mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga
ko‘ra, ularning ba’zilaridagina raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish strategiyasi,
rejasi yoki dasturi mavjud. 2017 yilning sentyabridan boshlab, Avstraliya
hukumati raqamli iqtisodiyot Strategiyasini ishlab chiqishni
boshlangani haqida
e’lon qildi. AQSHda 2015 yil raqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida
ma’lum qilindi (
digital economy agenda
), 2016 yil
esaxususiy biznes tomonidan
amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, axborot havfsizligi,
innovatsiyalarni
ilgari surish va boshqa funksiyalarni bajaradigan Savdo vazirligi qoshida raqamli
iqtisodiyot bo‘yicha maslaxatchilar Kengashi tashkil qilindi.
Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma’lumotlar oqimlari
ta’sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi
yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Raqamli iqtisodiyotni tahlil
qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan
to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
o
bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;
o
makonga oid mezon;
67
o
texnologik mezon;
o
iqtisodiy mezon.
Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa
ularning
tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta’rifni olib chiqishsada, ular orasida bir-
birini to‘ldirib turabigan mezonlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq, aksariyat
ta’riflarning asosida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidagi miqdoriy o‘zgarishlar
sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga bo’lgan
ishonch yotadi.
Dostları ilə paylaş: