Khan Academy – 2008 yilda moliyaviy analitik
Salman Xan tomonidan asos
solingan notijorat tashkiloti bo’lib, u matematika, fizika, biologiya, astronomiya va
boshqa tabiiy fanlar bo’yicha turli-tuman topshiriqlar va videomateriallarning
raqamli olamdagi o’ziga hos ombori hisoblanadi. Ushbu akademiyaning
materiallari turli xil murakkablikda bo’lib, asosan o’rta maktab talabalari uchun
mo’ljallanilgan. Shuning uchun undagi materiallardan AQSH dagi o’nlab o’quv
muassasalarida doimiy asosda foydalaniladi.
Khan Academy raqamli ta’lim tizimi
o’qituvchilarga ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirishga imkon beradi, ya’ni,
o’quvchilar uylarida internet orqali ma’ruzalarni eshitib oladilar va darsga
kelganlarida o’qituvchi yordamida uy vazifalarini bajaradilar. O’qituchi esa
istalgan paytda o’quvchi qanday materiallarni o’zlashtirgan yoki qaysi
materiallarni o’zlashtirish unga qiyinchilik tug’dirayotganini tekshira oladi.
Xozirgi paytda bu akademiyaga
Bill & Melinda Gates Foundation va
Google kompaniyalari moliyaviy yordam ko’rsatmoqdalar. Ushbu akademiya bilan
to’liqroq ravishda
www.khanacademy.org sayti orqali tanishib chiqishingiz
mumkin. Maktablar uchun akademiya tomonidan ishlab chiqilgan materiallar
jumlasiga quyidagi o’quv video materiallarni misol sifatida keltirishimiz mumkin:
KIPP School Oakland Pilot Video
Summit School Pilot Video
Marlborough School Pilot Video
Oakland Unity Pilot Video KhanAcademy resurslariniquyidagiinternetmanzillariorqaliko’ribchiqishvaularbilan
yaqindantanishishmumkin:
YouTube: www.youtube.com/khanacademy
Twitter: http://twitter.com/#!/khanacademy
Facebook: www.facebook.com/khanacademy
Google Plus: https://plus.google.com/109050230672993035916/about
Translations: www.youtube.com/khanacademylanguages
178
Talks and interviews (videos)
Speaker requests