184
tushunadilar. Xozirgi davrda esa bunday ehtirosli yondoshuvlarni uzoqni ko’ra
bilmaslik bo’lganligini qayd etish mumkin. Turli
darajadagi va sohalardagi
ta’limga oid mutaxassis-ekspertlarning holisona fikrlariga ko’ra, video o’yinlari,
boshqa turdagi media vositalarga qaraganda real dunyodagi bilimlarni va
tajrivalarni virtual dunyoga kirgan holda yaxshiroq o’zlashtirish imkonini
yaratar
ekanlar. Avstraliyadagi
Foresign Institute
ning ilmiy izlanishlariga ko’ra, video
o’yinlarining
Civilisation III
deb nomlangan
strategiyasi modeli tarixiy
jarayonlarning rivojlanish mantiqi haqida juda yaxshi taa’surot hosil qiladi va
buning natijasida nega ba’zi bir tsivilizatsiyalar yer yuzidan izsiz yo’qolib ketishi
va ba’zilarining esa tez sur’atlar bilan rivojlanib ketishi
sabablarini tushuntirib
beradi. Shunday qilib, agarda o’quvchi oddiy tarix kitoblaridan o’tmishning muhim
voqea-hodisalari haqida qandaydir ma’lumotlar olsa, katta miqyosdagi va yaxshi
o’ylab tashkil qilingan o’yin simulyatorlari undan ko’ra ko’proq
va muhimroq
ma’lumotlarni bilish hamda o’zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, insoniyat
jamiyatining rivojlanishi aniq qonuniyatlarga bo’ysunishini
va xuddi shu tufayli
qandaydir yo’nalishlarda rivojlanishini anglashga imkon beradi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: