Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

В

= ( b

)
vector ko’rinishida berilgan

– blokini 
shifrlash
А = ( а
ij
)
matritsa kalitni
B
k
vektorga ko’paytirish orqali amalga oshiriladi. 
Natijada
С
k
= ( c
i
)
vector ko’rinishidagi shifromatn bloki hosil qilinadi. Bu 
vektorning elementlari 
с
i

j
j
ij
b
a

ifodasi orqali aniqlanadi.Informatsiyani 


206 
rasshifrovka qilish 
С
k
vektorlarni
А
matritsaga teskari bo’lgan 
А
1

matritsaga 
ketma-ket ko’paytirish orqali aniqlaniladi.
Shirflashning additiv usullari 
Shifrlashning additiv usullariga binoan dastlabki informatsiya simvollariga 
mos keluvchi raqam kodlarining ketma-ketligigamma deb ataluvchi qandaydir 
simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket 
jamlanadi. Shu sabali, shifrlashning additiv usullari 
gammalsh
deb ham ataladi. 
Ushbu usullar uchun kalit sifatida gamma ishlatiladi. Additiv usullarning 
kriptoturg’unligi kalit uzunligiga va uning statistik ko’rsatgichlarining tekisligiga 
bog’liq. Agar kalit shifrlanuvchi simvollar ketma-ketligidan qisqa bo’lsa, 
shifromatn kriptoanalitik tomonidan statistik usullar yordamida rasshifrovka 
qilinishi mumkin. Kalit va dastlabki informatsiya uzunliklari qanchalik farq qilsa, 
shifromatnga muvaffaqiyatli hujum ehtimolligi ham shunchalik ortadi. Agar kalit 
uzunligi shifrlanuvchi informatsiya uzunligidan katta bo’lgan tasodifiy sonlarning 
davriy bo’lmagan ketma-ketligidan iborat bo’lsa, kalitni bilmasdan turib, 
shifromatnni rasshifrovka qilish amaliy jihatdan mumkin emas. Amaliyotda asosini 
psevdotasodifiy sonlar generatorlari (
yoki datchiklari
) tashkil etgan additiv usullar
eng ko’p tarqalgan va samarali hisoblanadi. Bunday generatorlar psevdotasodifiy 
sonlarning cheksiz ketma-ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi 
dastlabki informatsiyadan foydalaniladi. Psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligini 
shakllantirishda kongruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu toifaga mansub 
generatorlar 
sonlarning 
shunday 
psevdotasodifiy 
ketma-ketliklarini 
shakllantiradiki, ular uchun generatorlarning davriyligi va chiqish yo’li ketma-
ketliklarining tasodifiyligi kabi asosiy ko’rsatgichlarini qat’iy matematik tarzda 
ifodalash mumkin. Bunday generatorlarni apparat yoki dasturiy vositalar 
yordamida osonlik bilan yaratish mumkin.
Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari 
Qudratli komp’yutarlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblash 
tizimlarining paydo bo’lishi xozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan 
kriptografik tizimlarning obrusizlantirilishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida 


207 
yuqori turg’unlikka ega bo’lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday 
kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan 
tartibda qo’llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg’unlikni 
jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli 
haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni 
shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart 
usul (
masalan, DECusuli
) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan 
ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo’yicha qayta shifrlanadi. Mahsus usul 
sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo’lgan son 
matritsasiga ko’paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo’llashda agar 
shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa, 
shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo’ladi. Odatda shifr gammasi har 
bir so’z uzunligidan katta bo’lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum 
bo’lmasa, shifrni faqat to’g’ridan-to’g’ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin. 
Bunda kriptoturg’unlik kalit o’lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida 
ko’pincha himoya tizimining dasturiy ko’rinishda amalga oshirilishida 
foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada 
ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud. 
Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo’lganda, shifr gammasini qayta 
generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin