362
O’zingiz uchun qandaydir bir stimul tanlab oling
– bu masalan, chet elga
stajirovka, mansabingizning ko’tarilishi yoki yangi loyiha ustida ishlash
bo’lishi mumkin. Bilimlarning sizga nima uchun kerakligini bilish ham uni
yaxshi o’zlashtirishga imkon beradi.
Guruhlarda ta’lim olishga intiling
– biror bir soha bo’yicha hamfikrlarni topa
olish to’laqonli bilim olish uchun yordamberishi mumkin. Komandada ishlash
juda qiziq va samarador bo’ladi. Guruhda har doim ishga juda qiziqqan va
boshqalarni motivatsiya qiladigan bir yetakchi inson - (drayver) bo’ladi.
Giruh ishtirokchilari nafaqat o’qituvchi bilab, balki o’qituvchi bilan ham
ma’lumot almashinadilar.
Endi kar’era bo’yicha harakatlanish uchun digital-analitik o’z bilimlarini
qanday qilib ishlata olishi mumkinligini ko’rib chiqamiz. Masalan, siz tegishli
kursda o’qib, yangi bilimlarni egalladingiz va sertifikat oldingiz. Rahbar bilan
uchrashing va misollar vositasida unga nimaga o’rganganligingizni taqdimot qilib
bering. Sizning fikringizcha kompaniyada nimalarga e’tiborni qaratish lozim,
nimalarni tekshirib ko’rish kerak va nimalarni optimallashtirish mumkinligini
tushuntiring. Kompaniya biznesining asosiy masalalaridan kelib chiqqan xolda
konkret reja taklif qiling. Masalan, foydalanuvchilarning kompaniya saytini tark
etishlari sabablarni tushunishga harakat qiling va bu borada gipotezalar o’ylab
toping va ularni tekshirib ko’ring. Agarda buning sabablarini topa olsangiz, uni
tezkorlik bilan hayotga tadbiq qiling. Bu ishlarning barchasini tizimni ishlab
chiqqanlarni minimal ravishda jalb qilgan holda amalga oshirish mumkinligini
rahbariyatga yetkazing. Agar sizning rejangizdan real foyda olish mumkinligini
tushuntira olsangiz, har qanday rahbar sizning takliflaringizni hisobga olishga
majbur bo’ladi. Bunday kurslardan birini quyidagi saytdan topishingiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: