383
Kredit Evropa Bank, Bank Kredit Swiss
va boshqalar foydalanadilar. Shunday
qilib, zamonaviy bosqichda bank sektori rivojlanishining asosiy tendentsiyasi
raqamli bankingning to’la-to’kis kontseptsiyasini yaratishdir. Bunda quyidagi
tashkiliy bosqichlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
Raqamli kanallarning o’zaro muloqotini yaratish (
internet-banking, mobil
bank
);
Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda raqamli mahsulotlarni hayotga
tadbiq qilish (
on-layn rejimida kirish parollarini olish, ma’lumotlarni
elektron ko’rinishga keltirish
);
Barcha operatsiyalarni to’liq raqamlashtirish (
Big Data, Android Pay
);
Sun’iy intellectdan foydalanish asosida mijozga fokuslangan modellar
qurish.
Ushbu bosqichlarni amalga oshirish natijasida banklar on-layn transformatsiyaga
uchrashi, yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan
boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday
yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini
ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli
banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, bizning fikrimizcha,
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash;
Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va
normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish;
Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi
va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori
bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: