Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Accenture 
ningilmiy ishlari natijasida,jahon qishloq 
xo’jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish muammosining hal 
qilinishida integrallashgan bulutli servislardan foydalanish katta ahamiyatga 
ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma, 


484 
uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal 
qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning 
mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq 
miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni 
samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini 
masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv 
resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning 
qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing 
bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan 
ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan 
ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi, 
agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga 
bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari 
yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va 
tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. 
Accenture
kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq 
qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib 
kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini 
raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi.
Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik 
texnologiyasi 
AgTech
(
Agronomic Technology
) nima ekanligini quyidagi tarzda 
aniqroq qilib tushuntira olamiz: Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki 
agrotexnologiya (
AgTech
) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish 
zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo
agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida paydo 
bo’lgan. 
PwC
kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish 
jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining 
kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin