107
hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz
talab qilinadigan yirik tashkilot uchun esa
bular risksiz investitsiyalar, masalan,
g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar
hisoblanadi. Blokcheyn tizimi ishga tushgan taqdirda, xususiy shaxslar qiymatlarni
saqlash, jamg‘armani boshqarish yoki joriy hisobraqami hizmatlariniyuritish uchun
banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda
esarisksiz moliyaviy
aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo
bo‘ladi.
Kreditlashning amalga oshirilishi
. Moliyaviy
institutlar ipotekadan tortib,
qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni amalga oshiradi. Shu tufayli kredit
kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar
bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonlari ancha
soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kreditga
layoqatlilikni tekshirish, kredit
tarixini yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar
yuzaga keltirdi. Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa
–«
investitsion sinf
»dan to «
axlat
»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud.
Blokcheyn tizimida esa istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va
harajatlarni
pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni ancha oshirishi mumkin. Bu xolda
iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi ham mumkin bo‘ladi.
Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab
faoliyat yuritadigan halqaro tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir.
Dostları ilə paylaş: