O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi.
O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`.G`ulom).
Miqdor-daraja ravishi.
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini,shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.