“BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG'URTANING TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATIRIVOJLANISH BOSQICHLARI. BUYUK BRITANIYA SUG’URTA BOZORIDA SUG’URTA VOSITALARI ULARNING ASOSIY FUNKSIYALARI VAZIFALARI “
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG'URTANING TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATIRIVOJLANISH BOSQICHLARI. BUYUK BRITANIYA SUG’URTA BOZORIDA SUG’URTA VOSITALARI ULARNING ASOSIY FUNKSIYALARI VAZIFALARI
REJA:
1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati. 2. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta turlari. 3. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solinishi.
1. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati Buyuk Britaniya jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtisodiyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan, uning tovarlarining xalqaro bozorlaridagi raqobatdoshligi tushib ketgan bo‘lsada, Buyuk Britaniyaning moliya-kredit tizimi hamon dunyoda etakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Buyuk Britaniya moliya institutlari birinchi navbatda sug‘urta kompaniyalari, sanoat korxonalarining yirik miqdordagi aksiyalarga ega va bu holat sug‘urta va sanoat kapitalining birlashishiga olib kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniyalarining qariyb 30% aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga to‘g‘ri keladi. Faqat bugina emas. Bugungi kunda, Buyuk Britaniyada aholi va korxonalarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini iqtisodiyotga jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega. Masalan, 1958-1962 yillarda sug‘urta kompaniyalar va nodavlat nafaqa fondlari orqali 50 foizga yaqin shaxsiy omonatlar yig‘ib olingan bo‘lsa, 1995 yillarda ham bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan. SHuning uchun ham, Buyuk Brtaniyada sug‘urta kompaniyalarini “Moliyaviy vositachilar” yoki “yirik institutsional investor” sifatida baholashadi. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiyotdagi o‘rnini quyidagi chizma orqali aniq bilib olish mumkin1.
Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi. Xuddi shunday, ular korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi.
Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik sohasi hisoblanadi.
Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valyuta tushumlarining 50 foizi sug‘urta badallari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatda sug‘urta operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan, bu erda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun Hukumat yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan. Bu holat, so‘zsiz Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sug‘urta kompaniyalari uchun ham tadbiq etiladi. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bitimlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar, tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesni xalqaro darajada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Buyuk Britaniyada, hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishini va ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta kompaniyalarini Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Londonda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi qiziqishlari bilan bog‘liq. YUqorida qayd etganimizdek, sug‘urta kompaniyalari yig‘gan sug‘urta badallarining katta qismi, ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan shakllanadi. Masalan, “Royyal Inshurens” kompaniyasi sug‘urta badallarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan. SHuningdek, “Kommershial YUnion” va “Jeneral eksident” kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta badallari xorijiy mamlakatlardan kelib tushgan. Bu mablag‘larni asosiy qismi AQSH va Kanadadan kelib tushadi2.
Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina xajmdagi o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishga yubormoqda. Hozirgi paytda ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15 foizini (uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda. Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan biri shundan iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish jarayonidan ishonchli himoyalangan. Ammo, bu investitsiya ob’ektining ham bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Masalan, amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda foydali narxda sotish ancha mushkuldir.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud bankka depozit sifatida saqlashi mumkin. 1995 yilda sug‘urta kompaniyalarini investitsiyaga yuborgan pul mablag‘lari 260 mlrd.funt sterlingni tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyalari iqtisodiyotni rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.