Ish beruvchining javobgarligini sug’urtalash
Siz ish beruvchi bo’lganingiz bilanoq,bu sug’urta polisiga ega bo’lishingiz kerak. Sizning polisingiz kamida £5 million bo’ladi. Bunda agar sizning xodimingiz ish vaqtida jarohatlansa, sizga kompensatsiya to’lanadi. Agar siz o’z vaqtida sug’urtalanmasangiz , kuniga £2,500 penya to’laysiz. Agar siz sertifikatni inspektorlar so’raganda ko’rsatmasangiz yoki amal qilmasangiz, £1,000 jarimaga tortilasiz.
Hayot sug’urtasi bu agar sug’urtalanuvchi vafot etsa, ma’lum miqdordagi summani to’lab beradigan sug’urta turi hisoblanadi. Mol-mulk sug’urtasi mulkni qoplaganidek , hayot sug’urtasi inson hayotini qoplab beradi.
Sug’urta mukofoti sug’urtalanuvchining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqadi. Sug’urta polislarining quyidagi turlari mavjud :
1.ma’lum muddatlarni o’z ichiga oladigan – masalan, 15 yoki 20 yil. Agar sug’urtalanuvchi belgilangan muddat ichida vafot etsa, sug’urta summasi to’lab beriladi.
2. butun umrni o’z ichiga oladigan turi- sug’urtalanuvchi qachondir vafot etsa , sug’urta puli to’lanadi.
Yuqoridagi 2 turdan tashqari quyidagi turlar ham mavjud bo’lishi mumkin:
O’zgarmas qoplama ya’ni har doim bir xil bo’ladi;
Kamayuvchi qoplama ya’ni vaqt o’tgan sari qoplama miqdori ham kamayib boradi.
Ortib boruvchi qoplama ya’ni vaqt o’tgan sari qoplama oshib boradi.
Shuningdek, polislarning yana bir ko’rinishlarini misol qilib keltirsak bo’ladi.
1.kasallik qoplamasi- agar kasallik topilsa to’lab beriladi
2. turmush holati o’zgarishi – agar sizning holatingiz o’zgarsa, to’lab beriladi.
Bu polis ,masalan, sug’urtalanuvchi biror kompaniyadan boshqa bir kompaniyaga ishlashga o’tganida juda qulay hisoblanadi.
Bunda sug’urta mukofoti quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
yosh
Sog’lik
Qoplama qancha vaqtda qoplanishini xoxlashingiz
Qoplama darajasi
Hayot sug’urtasining ko’pgina turlarida siz mukofotni uzluksiz to’lashingiz lozim bo’ladi. Agar to’lashni to’xtatsangiz, siz hech qanaqa qoplama qaytarib ololmaysiz. Ko’pchilik polislar sug’urta puli naqdsiz pul ko’rinishida qaytaradi.
Buyuk Britaniya yo’llarida harakatlanish uchun haydovchi sug’urtalangan bo’lishi shart. Eng kamida 3- shaxs oldidagi javobgarlikni sug’urtalashdir. Bunda agar siz avariya sodir etsangiz siz zarar yetkazgan boshqa istalgan inson, transport, mol-mulk va ,hattoki hayvonlarning zararlari qoplanadi. Ammo sizning transportingizning hech qanaqa xarajati qoplanmaydi.
Agar siz avariya sodir etsangiz quyidagilarni sug’urta kompaniyasiga taqdim etishingiz zarur:
Ismingiz va manzilingiz
Transportingizning registratsiya nomeri
Agar transport o’zingizniki bo’lmasa egasining ismi va manzili
Agar siz e’lon qilishni xoxlamasangiz ham falokat haqida sug’urta kompaniyasiga ma’lum qilishingiz zarur.
Agar siz sug’urtalanmagan haydovchi tomonidan zararlansangiz sizga kompensatsiya to’lanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |