Jismoniy Tarbiya patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami
bilan kasalliklarning patogeneziga ta’sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada
bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida
bronxlarning torayishiga ta’sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi,
drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi;
217
2022-SENTABR/OKTABR
Jismoniy tarbiya nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladigan
mashqlar spetsifik ta’sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda
almashinuv jarayonlari, organlarning qon bilan ta’minlanishlarini kuchaytiradi;
Jismoniy tarbiya funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi
hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. JT vositalari
bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida
singan suyaklarga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi.
Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon
bilan ta’minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan
jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini
yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Davolovchi gimnastika muolajasi
gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips
olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga,
koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi.
Davolovchi jismoniy tarbiyaning ta’sir mexanizmlari :
Neyro-reflektor-gumoral ta’sir – jismoniy mashqlar nerv retsep-torlarining
nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta’sir etib,
markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga boradilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi
orqali o‘tib, retikulyar formatsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta’sir
etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik
o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi:
-qon va limfa aylanishi yaxshilanadi;
-modda almashinuv jarayoni faollashadi;
-biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi;
-regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi;
-to‘qima trofikasi yaxshilanadi.
Bunday ta’sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi,
spazmalitik ta’sirni yuzaga keltiradi.
|