Raximova Saboxat Qaxramon qizi jismoniy mashqlarning inson faoliyatiga uzviy bog’liqligi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix15.12.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#75193
1   2   3   4   5   6   7
jismoniy-mashqlarning-inson-faoliyatiga-uzviy-bog-liqligi

Jismoniy Tarbiya patogenetik davolash usulidir. Jismoniy tarbiya vositalari yordami 
bilan kasalliklarning patogeneziga ta’sir ko‘rsatiladi. Masalan : bronxial astmada 
bronxlarning torayishi (spazmi) kuzatiladi. Beriladigan maxsus mashqlar yordamida 
bronxlarning torayishiga ta’sir etib, yo‘qotiladi. Bunda o‘pka ventilyasiyasi oshiriladi
drenajlovchi nafas mashqlari yordamida turib qolgan sekretlar haydaladi; 


217 
2022-SENTABR/OKTABR 
Jismoniy tarbiya nospetsifik davolash usulidir. Davolash maqsadida beriladigan 
mashqlar spetsifik ta’sir qilish bilan bir vaqtda, organizmning umumiy reaktivligi,modda 
almashinuv jarayonlari, organlarning qon bilan ta’minlanishlarini kuchaytiradi; 
Jismoniy tarbiya funksional davolash usulidir. Patologik jarayonning rivojlanishi 
hisobiga organ va sistemalarning funksional holatlarida buzilishlar kuzatiladi. JT vositalari 
bilan buzilgan funksional holatlar yaxshilanadi va tiklanadi. Masalan : jarohat vaqtida 
singan suyaklarga gips qo‘yiladi, bunda yaqin bo‘lgan ikki bo‘sh bo‘g‘im fiksatsiyalanadi. 
Natijada uzoq vaqtga qo‘yilgan gips bo‘g‘imlardagi harakatlarni chegaralaydi, ularning qon 
bilan ta’minlanishi buziladi va mushaklar atrofiyaga uchraydi. Bemorlarga beriladigan 
jismoniy tarbiya vositalari bu holatlarni kamaytirishga, yo‘qotishga va funksiyasini 
yaxshilashga va qisqa vaqt davomida tiklashga qaratiladi. Davolovchi gimnastika muolajasi 
gips qo‘yilgan birinchi kundan boshlab ochiq joylarga, bo‘sh bo‘g‘imlarga beriladi. Gips 
olinganidan so‘ng har xil mashqlar beriladi (tuzatuvchi, mexanotera-piya, muvozanatga
koordinatsiyaga va h.z) va ular yordamida buzilgan funksiyalar yaxshilanadi va tiklanadi. 
Davolovchi jismoniy tarbiyaning ta’sir mexanizmlari : 
Neyro-reflektor-gumoral ta’sir – jismoniy mashqlar nerv retsep-torlarining 
nospetsifik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadilar. Ular nerv retseptorlariga ta’sir etib, 
markazga intiluvchi yo‘l orqali MNSga boradilar. U yerda gipofiz-gipotalyamus sistemasi 
orqali o‘tib, retikulyar formatsiya va po‘stloq ostida joylashgan har xil markazlarga ta’sir 
etib, impulslarni o‘zgartirilgan holda markazdan qochuvchi nerv yo‘llari orqali patologik 
o‘chog‘iga qaytib tushadi va quyidagilarga olib keladi: 
-qon va limfa aylanishi yaxshilanadi; 
-modda almashinuv jarayoni faollashadi; 
-biologik aktiv moddalarning ajralishi kuchayadi; 
-regeneratsiya va reporatsiya jarayonlari yaxshilanadi; 
-to‘qima trofikasi yaxshilanadi. 
Bunday ta’sirlar natijasida og‘riq susayadi va qoladi, yallig‘lanish holatlari kamayadi, 
spazmalitik ta’sirni yuzaga keltiradi. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin