220
2022-SENTABR/OKTABR
Mashqlarning turlari va qo‘yilgan maqsadlar yo‘lida ularni bajarish jarayonlari tana
a’zolarining ma’lum qismlarida kuchni tarbiyalaydi. Masalan, boksda,
zarb bilan urish,
futbolda darvozaga to‘pni tepish, turnikda osilib, tortilish va h.k.
Mushak kuchlarini
(barmoqlar, bel quvvati, qo‘l kuchi va h.k.) maxsus texnik asboblar bilan o‘lchash natijasida,
a’zolardagi kuchlarni yanada sifatli qilib tarbiyalash imkoniyatlari mavjud.
Ma’lumotlarga qaraganda inson tanasidagi mushaklarda 300 mln. tolalar mavjud.
Agar barcha mushaklar harakat kuchini bir yerga yig‘ib, aniq safarbar etilsa,
ularning
birdaniga tortish kuchi 25.000 kg kuchni yengishi mumkin ekan. Demak, inson tanasidagi
suyak va mushaklar tizimida o‘ta murakkab harakat-mashqlarni bajarish mumkin. Buning
uchun esa maxsus jismoniy tayyorgarlik hamda chiniqish mashqlarini muntazam bajarish
zarur.
Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari negizida tabiat va jami-yatda mavjud bo‘lgan
ta’lim-tarbiya ishlarini maqsadli amalga oshirish masalalari yotadi. Ayniqsa,
kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, “Sog‘lom avlod”
davlat dasturi, sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirishda ta-biiy-ilmiy asoslar oziga xos xususiyatlarga egadir.
Dostları ilə paylaş: