Raxmanova gulnoza annakulovna


§ Geometriya fanini o’qitishning takomillashtirish bosqichlari



Yüklə 194,26 Kb.
səhifə11/22
tarix14.12.2023
ölçüsü194,26 Kb.
#178974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org

2.3§ Geometriya fanini o’qitishning takomillashtirish bosqichlari
Geometriya -geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan.
Sistemali geometriya kursi asosan ikki qismga bo’lib o’rganiladi:Birinchi qism tekislikdagi geometrik tushuncha va shakllarga bag’shlangan bo’lib, u “Planimetriya” deb ataladi. Ikkinchi qism fazoviy shakllarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, u “Stereometriya” deb ataladi.Planimetriyada avval bosh-lang’ich tushunchalar (nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik ) va ularning xossalari ifodalangan aksiomalar sistemasi beriladi. Shu bilan birga geometriya kursini qurish uchun zarur bo’lgan jumlalar turlari – ta’rif, aksioma, teorema va ularni isbotlashning nima ekanligi tushuntiriladi.So’ngra geometriyaning asosiy qismida keltirilgan aksiomalar yordamida boshlang’ch tushunchalardan kelib chiqib sistemali geometriya kursi quriladi. Uning mazmunini burchaklar, ular orasidagi munosabatlar va ularning turlari, uchburchaklar, to’rtburchaklar, ular orasidagi munosabatlar, ularning turlari, ularni yasash, to’g’ri burchakli uchburchaklar, ularning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabat yordamida trigonometrik funksiyalar kiritiladi. So’ngra tekislikda Dekart koordinatalari kiritilib, uning
yordamida kesma o’rtasining koordinatalari,to’g’ri chiziq tenglamasi, to’g’ri chiziqning koordinata tekisligida joylanishi,to’g’ri chiziq bilan aylananing kesi-shish shartlari kiritiladi.Shakllarni almashtirish bo’limida “harakat” tushunchasi kiritilib, uning xossalari va turlari beriladi.Harakat natijasida har qanday shakl o’zida teng shaklga almashishi ko’rsatiladi. Bunga oid parallel ko’chirish, sim-metrik almashtirish, burish haqida ma’lumot beriladi. Bu tushunchalar yordamida tekislikda vektor tushunshasi kiritiladi. Ko’pburchaklarning hosil qilinishi, ular-ning turlari,shakllarning yuzi va ularni hisoblash formulalari beriladi. Stereometriya bo’limida stereometriya aksiomalari, to’g’ri chiziq va tekislikning parallelligi, perpendikulyarligi, Dekart koordinalar sistemasi va unda vektorlar, ko’pyoqlar, aylanma jismlar haqida ma’lumotlar beriladi.Parallelepipedning 8 ta uchi bor -bular nuqtalar, 12 ta qirrasi bor -bular kesmalar, 6 ta yog’i bor -bular to’g’ri to’rtburchaklar. Nuqta, to’g’ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, kvad-rat, aylana, kub, shar kabi qator geometrik shakllar .
Jismlarni geometrik nuqtai nazardan o’rganishda ularning faqat shaklini inobatga olamiz. Biz nuqta, kesma, burchak, uchburchak kabi yassi shakllarni daftar varag’iga chiza olamiz. Kub, piramida, shar kabi fazoviy geometrik shakllarni esa to’liq chiza olmaymiz, ammo ularning ko’rinishini qog’ozda tasvirlashimiz mumkin. Planimetriya geometriyaning bo’limi bo’lib, u bir tekislikda joylashgan geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi. Fazoviy shakllarning xossalarini esa geometriyaning stereometriya deb ataladigan bo’limi o’rganadi.
Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, odamlarning aksari qismi 5 % eshit-gan va 20% ko‘rgan ma’lumotlarini eslab qoladi. Bir vaqtning o‘zida uzatilgan au-dio va video ko‘rinishidagi ma’lumotlarning esa 40-50%gacha bo‘lgan qismi xoti-rada saqlanib qoladi. Multimediali dasturlar ma’lumotlarni bir necha ko‘rinishda ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lgani uchun, ta’lim jarayonini yanada samaraliroq tashkil etsa bo‘ladi mumkin. Bunda muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun sarflanadigan vaqtni 30% gacha tejash mumkin, olingan bilimlar esa xotirada bosh-qa ma’lumotlarga qaraganda uzoqroq muddatga saqlanib qoladi.
Mashg‘ulotlarda multimediali texnologiyalardan foydalanganda darslarning struk-turasi deyarli o‘zgarmaydi, ya’ni dars uchun rejalashtirilgan bosqichlar saqlanadi, faqat ularning vaqt xarakteristikalari o‘zgaradi halos. Shuni alohida ta’kidlash lo-zimki, bu holda motivlashtirish kuchayadi va bilishga yo‘naltiriladi. Bu esa ta’lim samarasini oshiradi, chunki o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini еtmay turgan bilim zaxiralarini to‘ldirishga qiziqishmaslik, tasavvur qila olmaslik va hissiy bilishga urinmaslik orqali tashkil qilishning amaliy jihatdan iloji yo‘q.
Multimedia prezentatsiyalarining gipermurojaatlar orqali tashkil qilinishi tizimli va analitik mulohaza yuritishni rivojlantiradi. Bundan tashqari, prezentatsiyalar yor-damida bilish faoliyatini turli ko‘rinishlarda (frontal, guruxli, individual) tashkil qi-lish mumkin.
Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi o‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida namoyish qilinishi kerak bo‘lgan ob’ektning ichki, tashqi xossalarini ko‘rsata olishdek muhim vazi-fani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, axborot-pedago-gik texnologiyalar asosida multimediali elektron darsliklar (MED) yaratish mum-kin ekanligini ko‘rsatadi.
Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo’lgan. O’sha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash uchun bu maydonlarda belgilash va o’lchash ishlarini bajarishga to’g’ri kelgan . Qadimgi yunon olimlari еr o’lchash usullarini misrliklardan o’rganib, uni geometriya deb ataganlar. “Geometriya” yunoncha so’z bo’lib, “geo” - еr, “metrio” o’lchash degan ma’noni anglatuvchi qismlardan tuzilgan. Mil. avv. VII/VI asrlarda Qadimgi Xorazmda ham Misrdagi kabi Amudaryoning quyi qismida еr o’lchash ishlari bajarilgan. Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar Qadimgi Bobilda ham bo’lgan. Xususan, tarixchilar Pifagor teoremasi Bobilda topilgan deb hisoblashadi. Qadimgi yunon olimi Ev-klid o’sha paytgacha ma’lum bo’lgan barcha geometrik tushuncha va xossalarni tartibga keltirib, “Negizlar” deb nomlangan kitobida bayon etdi. Bu kitob ikki ming yil mobaynida maktablar uchun eng muhim darslik vazifasini o’tadi va fan taraqqiyotida ulkan ahamiyatga ega bo’ldi. Geometriyani o’qitish hozir ham ana shu kitobdagi g’oyalarga tayanadi. O’tmishda yashab o’tgan olimlarning ko’pchi-ligi geometriya bilan shug’ullanganlar. Buyuk vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek ham Evklid “Negizlar”ini puxta o’rganib, bu fan rivojiga o’z hissasini qo’shganlar. Sharq mamlakatlarida geometriya injenerlik bilan qo’shib handasa deb atalgan va unga katta ahamiyat berilgan. Hozir “injener” so’zi muhandis deyilishi ham shundan. Bizni o’rab turgan har bir predmet qandaydir shaklga ega.

Yüklə 194,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin