Birinchi bob bo’yicha xulosalar Ushbu bob xulosalanar ekan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2909 sonli Qarorida belgilangan taʼlim sifat-samaradorligini keskin oshirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiya milliy modelini taʼlim jarayoniga qoʼllash mexanizmidan biri boʼlgan oʼquv jarayonini loyihalash asosida oʼqitishni tashkil etish vazifasining ijrosi koʼzda tutildi.
Shundan kelib chiqib bobda quyidagi masalalar hal qilindi. Xususan:
1. Pedagogika yoʼnalishidagi umumiy o’rta taʼlim muassasalarida Matematika fani oʼquv mashgʼulotlarini loyihalab oʼqitish holati oʼrganildi va tahlil qilindi, taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillari asosida oʼquv jarayoni loyihalarini yaratish muammosi dolzarb pedagogik muammo sifatida tadqiq etishga muhtojdir.
2. Taʼlim sifatini oshirishda barcha fanlar boʼyicha innovatsion pedagogik texnologiya tamoyillari asosida oʼquv mashgʼulotlari loyihalarini tuzish va oʼqitish jarayonini tashkil etish natijasida maʼnaviy-axloqiy, kasbiy tayyorgarligi jihatidan davr talablari darajasidagi yoshlarni tarbiyalash muhim oʼrin tutadi.
II bob. O’rta ta’lim tizimida matematika fanini o’qitishning takomillashtirish 2.1§ Matematika fanlarini o’qitishni takomillashtirish bosqichlari Matematika fanini takomillashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Sinflar kesimida har bir chorak natijalarini umumlashtirish: