Raxmanova gulnoza annakulovna


II bob bo’yicha xulosalar



Yüklə 194,26 Kb.
səhifə16/22
tarix14.12.2023
ölçüsü194,26 Kb.
#178974
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Raxmanova gulnoza annakulovna maktab matematikasini o’qitishda l-fayllar.org

II bob bo’yicha xulosalar
1.Matematika biz istasak ham istamasak ham har qadamda duch keladigan fandir. Matematika faniga qiziqqan har bir o’quvchi maktabda istalgan fanni qiynalmay o’zlashtira oladi. Agar maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi kuchli bilimga ega bo’libgina qolmasdan pedogagik mahorat egasi, ajoyib aktyor va psixolog bo’lsa shundagina o’quvchilarimiz kuchli bilim egasi bo’ladi. Bola tarbiyasini qurilayot-gan imoratga o’xshatsak uning asosi mustahkam bo’lsa biz unga qo’rqmay istaga-nimizcha g’isht qo’yishimiz mumkin. Uning asosini boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’ysa unga g’ishtni yuqori sinf o’quvchilari qo’yadi deyishimiz mumkin.
Tafakkurni shakllantirish uchun matematika fani katta imkoniyatlarga ega, chunki psixologiya nuqtai nazaridan fikrlash insonning ijodiy faoliyatining eng yuqori shakli bo'lgan haqiqatni aks ettiruvchi aqliy jarayondir. Shu sababli, bu jarayon da-vomida bola mustaqil fikrlashni talab qiladigan vazifalarni bajarishi va xotirasini doimiy mashq qidirishi kerak. Buning uchun savollarni to’g’ri qo’yish qobiliyatini rivojlantirish, ko’pincha “muammoli vaziyat” ga olib keladigan qaramaqarshilikni ko’rish qobiliyatini o’rgatish, amaliy topshiriqlar, didaktik o'yinlarni qo'llash va darslarda fikrlashni rivojlantirish kerak. Ushbu vazifalar o’quvchilarning nazariy va empirik bilimlardan foydalangan holda mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinab ko’-rish, shuningdek, yangi bilimlarni olish jarayonida mahoratini shakllantirishda foy-dalidir. Ularning еchimi standart topshiriqlarda bo’lgani kabi aniq javob olish bi-lan cheklanmaydi.
2. 11-sinflarda algebra va geometriya mavzulari Matematika-11 darsligida birga-likda berilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanishni oshirishga, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqo-ri malakali kadrlar tayyorlashga davlat tomonidan alohida e’tibor berilmoqda, uz-luksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,darsliklarning sifatini yaxshilash, ta’lim tizimini takomillashtirish eng ustuvor vazifalardan biridir[1,12]
Shularni inobatga olib qaraydigan bo‘lsak bugunga kelib umumiy o‘rta ta’lim mak-tab o‘qituvchi va o‘quvchilarining oldiga juda katta vazifalar qo‘yilgandir.
3.Geometriya darsligi 7-11-sinflar mavzulari bitta darslikda mujassam bo’lgan edi, hozirda geometriya darsligi har bir sinfda alohida adabiyot sifatida nashr etilmoq-da.Darslik amaliy mashqlar bilan boyitilgan bo’lib,bunday amaliy mashqlar o’quv-chining o’z iqtidorini,mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi[2,21]
4.Har qanday masalada asosiy g’oyani ajratib olish mumkin. Boshqacha aytganda, nisbat, proporsiya, о’rta arifmetik qiymat, sonning qismi, protsent, progressiya tushunchalari istalgan matnli masalani еchishda qо‘llaniladigan matematik tushunchalardir. Masalani еchishda yuqoridagi ketma – ketlikdan foydalanish mumkin. Masalani sekin astalik bilan o‘qish va uni qaysi turga kirishini aniqlash, so‘ng uning asosiy paramertlarini qisqa yozib olish va tahlil qilish orqali uning еchimini topish mumkin[12,21]
5. Kombinatorika mavzunsining dolzarbligidan kelib chiqqan holda umumiy o’rta ta’limda ushbu mavzuning o’tilishi maktab o’quvchilarida fikrlash doirasini kengayishi va hodisa tavsilotlarini tahlil qila olish qobiliyatini rivojlantiradi,tahliliy yondashuv asosida yutuqlarini ko’paytirishga,kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi.
III bob. O’RTA TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA FANLARINI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI


Yüklə 194,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin