Raxmonova d. B


Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#78995
1   2   3   4   5
Bolalar jamoasi

Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni 
shakllantirish. 
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
tarbiyalanadigan ahloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida 
insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi ahloq normalari va 
qoidalari o‘rgatish asosida rivojlanadi. 
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. 
Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. 
Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki 
unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi 
etishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib 
tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini 
qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, 
o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng 
muhimi boshqalarga ko‘rsatishgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish 
Kamtarlik, to‘g‘rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. 


Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan 
hisoblanadi. 
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilatlaridan biridir. 
Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan 
boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va 
maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini boshqa bolalardan ustun 
qo‘yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. 
Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir 
kasbning zarurligi va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish 
zarur. Bolalar ayrim ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni 
kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish 
kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi. 
Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo 
bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir. 
Ba’zi bolalar o‘zlari to‘qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida 
ko‘rgandek qilib ko‘rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan 
«Ertak» to‘qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak. 
SHanday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalarini, ularning 
yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ahloqiy tarbiyaning hamma 
samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
Vatanparvarlikni tarbiyalash. 


Vatanparvarlik ijtimoiy, tarixiy va ahloqiy his-tuyg‘ular sifatida odamning 
ijtimoiy taraqqiyoti davomida paydo bo‘ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida 
vatanparvarlik faqat o‘z urug‘doshlariga, ona eriga, urf-odatlariga bog‘liq his 
bo‘lgan bo‘lsa, sinflar paydo bo‘lishi bilan vatanparvarlik g‘oyalari 
chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora ko‘proq sohalariga chuqurrroq kirib 
bordi. Davrlar o‘tishi bilan bu tuyg‘u buyuk qudratga aylandi. 
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. 
Vatanga muhabbat – eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning 
davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan 
uyg‘unlashib ketgan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi 
bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular 
tafakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik 
bilan tarbiyalanib boriladi. SHuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga 
muhabbat hissini, ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar 
orqali tarbiyalab boradi. 
Baynalminal tarbiya. 
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. SHuning uchun 
maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalminalchilik, xalqlar do‘stligi hislarini 
tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir. 


Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash 
asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga 
qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg‘ularni 
rivojlantirish asosan taqlid qilish orqali mukammallashib boradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminal-chilik his-tuyg‘ulari asosini 
shakllantirishda qardosh jumxuriyat-larda yashaydigan har bir millat vakillari 
bilan uchrashuvlar o‘tkazish; maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, 
madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat 
o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, diafilmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti 
to‘g‘risidagi xikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi. 
9.6 Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar: 
Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart – sharoitlar zarur. 
- Bog‘cha xodmlarining aql jamoasi mavjud bo‘lishi 
- Bolalar xayotini to‘g‘ri tashkil etish 
- O‘yinchoqlarning bolalar yoshiga qiziqishiga mos kelishi 
- Bolalarda o‘zaro axillik, g‘amhurlik, jamoatchilik, insoniylikni 
tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar 
- har hil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish 
- Oila bilan mustaxkam aloqa o‘rnatish. 
- Bolalarni ahloq norialari va qoidalarga o‘rgatib borish 
- Bolalar muassasalarida ijobiy hayrxoxlik muxitini yaratish 


har bir yosh guruh bolalarining jamoatchilik munosabatlariga raxbarlik 
qilish «Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturi» da belgilab berilgan 
dasturda xar bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari 
belgilangan. 
Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh 
tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning 
axamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat 
sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida 
tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy 
quvonchli kechinmalari birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar 
jamoasi 
rivojlanishning 
asosidir. 
Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi 
bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro 
yordam, 
mas’uliyatlilik 
kabi 
xususiyatlar namoyon 
bо‘ladi. 
Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy 
ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga 
oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh 
a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik 
asosida unga rahbarlik qilish va bir biriga bo’ysunish jamoa oldidagi 
javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni 
shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning 
yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda 
ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror 
toptirishdan 
iborat. 


Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning 
murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. 
 
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o‘rgatib borish kerak. 
Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. 
Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi bo‘lib qolmaydi, chunki 
unda yaxshilik bilan yomonlikni to‘g‘ri tahlil qilish hayotiy tajribasi 
etishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib 
tushgan bolani turg‘azib qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini 
qoqib qo‘yish, yupatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, 
o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng 
muhimi boshqalarga ko‘rsatishgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish. 



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin