texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini
moliyalashdagi
ahamiyatini oshirish, bankrot holatidagi eal sektor korxonalarini
moliyaviy sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklashdagi ishtirokini
yanada kuchaytirish;
-
aholi bandligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida eal sektor korxonalarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash;
-
real sektor korxonalarini faoliyati
reyting asosida baholab, bu baholarni
matbuotda e’lon qilinishi ularga moliya bozorida ishtirok etishiga yo‘l yo‘riq
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida real sektor korxonalarini bank
xodimlari oldiga emas, balki bank xodimlari o‘z mijozlari oldiga o‘z xizmatlarini taklif
etib borsa, banklarga ishonch va bank xizmatidan foydalanish yanada ortishi tabiiydir.
Ishlab chiqarish va eksport strategiyasini iqtisodiyotni isloh qilish chora-tadbirlari
bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqish, uning tashqi iqtisodiy
aloqalar tizimiga faol
kirishiga, eksport hajmini oshirishga va kapital importini kengaytirishga qaratilishi
lozim.
Yuqoridagi vazifalarni bank kredit faoliyatiga joriy etilishi iqtisodiyotning real
sektorini kreditlash jarayonini, kreditlash samaradorligini
yaxshilash borasida va
banklarning kreditlash amaliyotini takomillashtirishga o‘zining ijobiy ta’sirini
ko‘rsatadi degan fikrni bildiramiz.
Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
12-maydagi “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bank
tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o‘zaro
muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va
tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real
sektor va moliya sektoridagi o‘zgarishlar uyg‘un tarzda kechishini ta’minlash belgilaab
qo‘yilgan
1
.
Chunki, hozirgi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlari bank tizimida turli tashqi
va ichki salbiy omillar natijasida kredit hamda valyuta
risklari oshib, kredit institutlari
moliyaviy holatining yomonlashishiga, ularning kredit portfelida muammoli deya
tasniflanadigan kreditlar hajmining oshishiga olib kelgan bir vaqtda, respublikamizda
bunday salbiy holatlarning oldi olinib, bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi
ta’minlanoqda.
Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib,
kredit bergan vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish,
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston
respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi PF-5992-sonli Farmoni.
Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020 y., 06/20/5992/0581-son.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
871
kreditning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni, ya’ni loyihani moliyalashtirishning
monitoringini olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topayotgan hamda mulkchilikning turli
shakllariga mansub korxonalar, jumladan, xususiy mulkdorlar sinfi paydo bo‘layotgan
sharoitda investitsiyalarni kreditlash muammolari tijorat banki uchun katta ahamiyat
kasb etadi. Shu bilan birga O‘zbekiston iqtisodiyotini hududiy va tarmoq tarkibini
iqtisodiy siyosat manfaatlari yo‘lida tartibga solish maqsadida investitsion jarayonlarni
moliyalashning bozor mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy nochor
korxonalarni moliyaviy
sog‘lomlashtirish, qayta tiklash, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish,
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish
va keyinchalik ushbu korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar
tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada iqtisodiyot real sektori
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik
va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklari mablag‘larini kengroq jalb
qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Real sektor tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiya
hajmini yanada oshirish,
investorlar yangidan yangi investitsion loyihalarni taklif qilish, real sektor rivojida
innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini
shakllantirish va
investetsiyalarni yo‘naltirish, investorlar faoliyatining huquqiy himoyasini
takomillashtirish, investitsiyalarni qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb
qilish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: