moliyalashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, shu
jumladan:
-
respublikamiz tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan
zararlarni qoplashga
mo‘ljallangan zaxira ajratmalarini aktivlarni o‘rtacha miqdoriga nisbatan darajasini
0,5% dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun birinchidan, tasniflangan
kreditlarning umumiy hajmida yaxshi va standart kreditlarning salmog‘ini pasayishiga
yo‘l qo‘ymaslik
va ikkinchidan, tijorat banklari aktivlarining barqaror o‘sish
sur’atlarini ta’minlash lozim.
-
eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish - bu
borada an’anaviy eksport yo‘nalishlaridan
tushgan daromadlarni yangi
texnologiyalarga va yangi sotuv bozorlarini egallashga qaratilgan investitsiyalarga
aylantirish mexanizmini qayta
ishlash jiddiy samara beradi;
-
ishlab chiqaruvchilarni jahonning eng yaxshi namunalariga yo‘naltiradigan
xalqaro sertifikatlash va standartlash hamda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini qayta ko‘rib chiqish orqali mahsulot sifatini baholash tizimini o‘zgartirish. Bu
borada mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlash bo‘yicha xalqaro tizim va
bitimlarni hisobga olgan holda olib borish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni
ishlab chiqish zarur.
-
Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni
jahon bozoriga olib chiqish
mahsulotning jahon standartlariga javob beradigan yuksak texnik saviyada bo‘lishidan
tashqari marketing, reklama,
maslahat, axborot va huquqiy xizmatlar uchun katta
miqdordagi qo‘shimcha xarajatlarni ham talab qiladi. Shuningdek, xalqaro maslahat
firmalari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yib, imkoniyatga
qarab ularni eksport
fondlari tarkibiga kiritish zarur.
Dostları ilə paylaş: