Recept: 4 zuvala hamir uchun: 2 ta tuhum,800gr suv,ta`bga ko`ra tuz. 1kilo ot goshti,1 kilo mol goshti,zira. 600gr yog`.



Yüklə 262,94 Kb.
səhifə3/4
tarix23.02.2017
ölçüsü262,94 Kb.
#9440
1   2   3   4

ANJIR MEVASI VA XOSIYATI HAQIDA


Anjir boshqa har qanday meva yoki sabzovotga nisbatan ko‘proq tolaga (tomirga) ega. Bir dona quritilgan anjirda ikki gramm (0,07 untsiya) tola mavjud: bu tavsiya etiladigan kunlik iste'molning 20% ini tashkil etadi. So‘nggi o‘n besh yil ichida olib borilgan tadqiqotlar o‘simlik mevalaridagi tolalar hazm qilish sistemasining muntazam ishlashi uchun juda muhim ekanligini aniqladi.

Qur’oni Karimda hatto anjir bilan qasam ichilgandir:

وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ

Qasamyod eturman anjir va zaytun bilan. («Tin» surasi, 1-oyat)

«Tin» surasining birinchi oyatida anjirning qayd etilishi bu meva keltiradigan foydalar nuqtai nazaridan donolikning eng yorqin timsolidir.

Anjirning inson uchun foydalari:

Ma'lumki, oziq-ovqatlardagi tolalar hazm qilish sistemasiga yordam beradi hamda ular saraton kasalligining ayrim shakllari xavfini ham kamaytiradi. Parhezshunoslar tolaga boy bo‘lgan anjir yeyishni ko‘proq tola iste'mol qilishning ideal usulidir deb hisoblashadi.

Tolali oziq-ovqatlar ikki turga bo‘linadi: eriydigan va erimaydigan. Erimaydigan tolaga boy oziq-ovqatlar ichak orqali tanadan haydaladigan moddalarning (ularga suv qo‘shib) yuri-shishini osonlashtiradi. Ular shu tarzda hazm qilish sistemasini tezlashtiradi va uning muntazam ishlashiga imkon yaratadi. Yana shu narsa aniqlandiki, erimaydigan tolalarni o‘z ichiga oluvchi oziq-ovqatlar yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi himoya ta'siriga ega. Eriydigan tolaga boy oziq-ovqatlar esa, ikkinchi tomondan, qondagi xolesterin miqdorini 20% dan ko‘proq kamaytirishi isbotlangan. Bular shuning uchun ham yurak xuruji xavfini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Qondagi ortiqcha xolesterin miqdori arteriyalarda to‘planib qoladi va ularni qattiqlashtirib, toraytiradi. Xolesterin qaysi organning qon tomirlariga to‘planib qolishiga qarab, shu organ bilan bog‘liq kasalliklarni yuzaga keltiradi. Misol uchun, agar xolesterin yurakni oziqlantiruvchi arteriyalarda to‘planib qolsa, demak u yurak xuruji kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Xolesterinning buyrak venalarida to‘planib qolishi esa yuqori qon bosimi va buyrak nuqsonlarini paydo qiladi. Bundan tashqari, eriydigan tolalarni iste'mol qilish, ularning qondagi qand miqdorini oshqozonni bo‘shatish orqali nazorat qilishi nuqtai nazaridan muhimdir, chunki qondagi qand miqdorining kutilmagan o‘zgarishlari hayotni xavf ostiga qo‘yadigan kasalliklarga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, tolaga boy taomlar bilan oziqlanadigan odamlarda saraton va yurak xastaligi kabi kasalliklarning kam uchrashi kuzatilgan.122

Eriydigan va erimaydigan tolalarning bir paytning o‘zida bitta narsada mavjud bo‘lishi sog‘likka katta foyda keltiradi. Agar tolalarning bu ikkala shakli (ular alohida-alohida bo‘lgandan ko‘ra) birgalikda mavjud bo‘lsa, ular saraton kasalligining oldini olishda juda samarali ta'sir ko‘rsatadi. Anjirda tolalarning har ikkala, eriydigan va erimaydigan shakllarining mavjudligi uning eng ahamiyatli mahsulot ekanligidan dalolat beradi.123

Jorj Vashington universiteti Tibbiy markazi qoshidagi Kasallikning oldini olish instituti direktori Doktor Oliver Alabaster anjirga quyidagicha izoh beradi:

... ovqatlanishingizga haqiqiy sog‘lom va tolaga boy taom qo‘shish imkoniyati tug‘ildi. Anjirni yoki boshqa tolaga boy oziq-ovqatlarni juda tez-tez tanlab turishingiz, siz zararli oziq-ovqatlarni tabiiy ravishda juda kam tanlaysiz degan ma'noni anglatadi va bu sizning umrbod sog‘ligingiz uchun koni foydadir.124

Kaliforniya Anjir maslahat Kengashining fikriga ko‘ra, meva va sabzavotlardagi antioksidlovchilar qator kasalliklardan himoya qilar ekan. Antioksidlovchilar tanada sodir bo‘ladigan kimyoviy reakciyalar natijasida yuzaga keladigan yoki tashqaridan orttirilgan zararli moddalar (erkin radikallar) ta'sirini yo‘qotadi va shu tariqa hujayralar buzilishining oldini oladi. Skarnton universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilgan bir izlanishda shu narsa aniqlandiki, boshqa mevalarga qaraganda antioksid-lovchilarga boy bo‘lgan quritilgan anjirda fenolli tarkibning miqdori ancha ko‘p uchraydi. Fenol zararli mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun antiseptika sifatida ishlatiladi. Anjir tarkibida fenol miqdori boshqa meva va sabzavotlardagiga qaraganda ancha yuqori.125

Nyu Jersi shtatining Rutgers universiteti olimlari tomo-nidan amalga oshirilgan boshqa bir izlanish quritilgan anjirda mavjud omega-3, omega-6 va fitosterol kabi muhim yog‘ kislotalari xolesterinni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligini aniqladi.126 Ma'lumki, omega-3 va omega-6 tanada ishlab chiqil-maydi, ular oziq-ovqatlardan so‘rilishi mumkin. Bundan tashqari, bu yog‘ kislotalar yurak, miya va asab sistemasining yaxshi faoliyat ko‘rsatishi uchun juda zarur. Fitosterol hayvon mahsulotlaridagi xolesterinni (bu yurak arteriyalarini qattiqlashtiruvchi ta'sirga ega) qon oqimiga kirgizmasdan tanadan haydalishiga hissa qo‘shadi.

Insonga ma'lum eng qadimiy mevalardan biri bo‘lgan anjir (Kaliforniya Anjir maslahat Kengashi uni «Tabiatning deyarli eng mukammal mevasi» deb ta'riflagan127) oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta kashf qilindi. Bu mevaning ozuqaviy qimmati va uning sog‘likka nisbatan foydalari uning butunlay yangi ahamiyat kasb etishiga olib keldi.

Anjir har qanday maxsus parhez taomining bir chekkasidan joy olishi mumkin. Anjir tarkibida tabiatan yog‘, natriy yoki xolesterin bo‘lmasligi, lekin ko‘p miqdorda tola bo‘lishi tufayli, u ozishga harakat qilayotganlar uchun ideal taomdir. Shu bilan bir vaqtda, anjir boshqa har qanday mevaga nisbatan ko‘proq mineral tarkibga ega. Qirq gramm (1,4 untsiya) anjir tarkibida 244 mg (0,008 untsiya) kaliy (kunlik talabning 7% i), 53 mg (0,002 untsiya) kaltsiy (kunlik talabning 6% i) va 1,2 mg (0,00004 untsiya) temir bo‘ladi.128 Anjirda kaltsiy miqdori juda baland: kaltsiy miqdori bo‘yicha anjir apelsindan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Bir yashik quritilgan anjir bir bidon sutda mavjud kaltsiy miqdoriga ega.

Anjir uzoq vaqt kasal bo‘lgan va tuzalishni istovchi bemorlarga kuch va quvvat beruvchi dori hisoblanadi. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf qiladi. Anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qand bo‘lib, u barcha mevalarning 51-74% initashkil etadi. Anjir qand miqdori eng ko‘p mevalardan biridir. Anjir astma, yo‘tal va shamollashni davolashda ham tavsiya etiladi.

Anjirning adog‘i yo‘q shifobaxshligi Allohning insonlarga ko‘rsatgan marhamatidan dalolatdir. Parvardigorimiz inson tanasi talab etadigan moddalarni tanavvuli yoqimli bo‘lgan bu mevada bir butun qilib, inson sog‘ligi uchun naf keltiradigan darajada hozir etgan. Alloh in'om etgan bu ne'matning Qur'onda qayd etilishi uning inson uchun muhimligini ta'kidlayotgan bo‘lishi tabiiy. (Allohhammadan ko‘p bilguvchidir.) Inson sog‘ligi nuqtai nazaridan anjirning ozuqaviy qimmati tibbiyot va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlar natijasida aniqlandi. Bu Qur'on hamma narsani bilguvchi Qodir Allohning kalomi ekanligining so‘zsiz isbotidir.

1.    Horun Yahyo shu nomli maqolasi

2.    «Nutrition» (Ozuqa); www.californiafigs.com/nutrition/

3.    125. Doktor Jou A Vinson, «The Functional Food Properties of Figs» (Anjirning funktsional ovqat xossalari), Cereal Foods World, fevral 1999, 44-tom, 2-son.

4.    «California Figs» (Kaliforniya anjirlari); www.californiafigs.com/industry/page2.html.

www.Hidoyat.com saytidan oldik.

FOYDALI MASLAHATLAR.

   Buni bilishingiz kerak...



Ko’zga dam berish ma’nosida turli mashqlarni bajarish mumkin.Bu mashqlarni tik turib yoki o’tirgan holda ham bajarsa bo’ladi. 
Boshingizni mutloqo qimirlatmasdan quyidagi mashqlarni bajaring: 
1.Sekin-asta yuqoriga,so’ngra pastga qarang. 
2.Ko’zlarni avvalo chapdan o’ngga,keyin o’ngdan chapga katta doira bo’yicha harakatlantiring. 
Qo’l va yelkalar. Qo’l va yelkalaringiz sog’lom va chiroyli bo’lishini istaysizmi?Unda yoshlikdanoq ularni parvarish qiling,jismoniy mashqlar bilan bilan muntazam shug’llaning.Qo’l kishining eng serharakat va mehnatkash a’zosi. Qo’llar terisi tez qariydi.Shuning uchun u har doim parvarishga muhtoj.Har kungi muolajalar oqibatida o’laroq ularni silliq,mayin va tarang holatda ushlab turish mumkin. Malumki,qo’l ko’p kirlanadi. Buning uchun eng avvalo, qo’llarni iliq suvda sovunlab yuvib turish kerak.Bunda qo’l terisi tozaladi.Yotishdan avval ham shu muolaja takkrorlanib mahsus krem surtiladi.Bunda qo’l yanada mayinlashadi.Shuni uninmangki,qo’lni muqim sovuq suvda yuvish ham terining dag’allanishiga olib keladi.Dalada mehnat qiluvchi ayyollar ish boshlashdan oldin qo’llariga maxsus krem yoki gletserin surtib olsalar,qo’llar shamol va oftob nurlaridan himoyalanadi.Agar qo’l terisi yorilgan bo’lsa,kechki uyqudan oldin qo’llarni zardobli suvga ,qatiq yoki tuzlangan karam suviga 10-15 minut davomida botirib turiladi.Bu muolajadan so’ng qo’lni iliq suvda yuvib krem surtiladi.Kartoshka qanatilgan suv ham qo’l terisiga foydali.Uyishlaridan bo’shagach,kartoshka suviga 5-10 minut davomida qo’llaringizni botirib turing. 
Agar qo’l terisi qurib, yupqalashib ketsa, tirnoqlar atrofida “sochiq”paydo bo’ladi. Bunday o’simtalarni yulib tashlash yaramaydi.ularni atir yoki spirt bilan artilgan kichkina qaychida ohista kesib yod surtib qo’yish kerak. Shunda teridagi “sochiq”2-3 kunda yo’qolib ketadi. 
1.Ba’zan bo’yinda go’yo' yostiqchaga o’xshash yog’ qatlami paydo bo’lib husnni buzadi. Buning oldini olish uchun har kuni badantarbiyadan so’ng dushda cho’milib,o’sha joyni dastasi uzun ancha qattiq sho’tka bilan ishqalash va unga navbatma-navbat oldin issiq,keyin sovuq suv oqimini yonaltirish kerak.Muhimi,quyidagi mashqlarni muntazam ravishda bajarish kerak.
2.Polga o’tirib, tizzadan bukilgan oyoqlaringizni qo’llaringiz bilan ushlab, o’zingizga torting. Asta-sekin go’yo yumalayotgandek bo’lib,o’zingizni orqaga tashlang,keyin dastlabki holatga qayting va oyoqlaringizni kering. 
3.Ensangixdagi yog’ni”massajchi harakati”bilang ushlang:kaftangizni orqadan bo’yningizga qo’ying,to’rtta barmog’ingiz bilan yog’ to’qimasiga bosing va shujoyni barmoqlaringiz bilan ezing. 
4.Oldiga juda past egilib,qo’llaringizni orqaga ancha joyga siltang.Keyin rostlaning,egilib ko’tarilib,qo’llaringizni orqaga iloji boricha uzoqroqroqqa yuqoriga ko’taring. 
5.Qo’llaringizni yelkangizga qo’ying.Ayni bir vaqtda izchillikda aylanma harakatlar qiling. 
6.Yelkangizni ko’taring va tushiring,oldinga va orqaga suring,aylanma harakatlarni navbatma-navbat izchillikda bajaring. 
Har bir mashqni 10-12 marta bajaring. 
Yelka tuzilishining chiroyli bo’lishiga gantellar bilan mashq qilish ham yordam beradi. 
1.Gantellani ushlab, qo’llaringizni ikki tomonga-yuqoriga ko’taring. Qo’llaringizni yuqoriga ko’taroyatganingizda va pastga tushirayotganingizda muskullaringizni tarang tuting. Mashqni o’rganib olganingizdan keyin uni oyoq uchida turib, 8-10 marta bajaring. 
2.Gantellarni ushlab, kaftlaringizni yuqoriga ko’tarib, qo’llaringizni yelkangiga tushiring, ikki tomonga cho’zing. 10-12 marta bajariladi. 
3.Gantellarni ushlab, qo’llaringizni kaftini pastga qilib, ikki tomondan tushiring. Gantellarni qo’ltig’ingizga qaratib, qo’llaringizni tirsakdan buking.Qo’llaringizni rostlang. Mashqlar 8-10 marta bajariladi. 
4.Oyoqlaringizni kerib to’g’ri turing. Gantel ushlagan qo’llaringizni tushiring. Oldingga egiling, rostlanib, qo’llaringizni 2 tomonga ko’taring. Mashqlar 8-12 marta bajariladi. 

Yoshlikdan boshingizni yuqori ko`tarib yurishga odatlaning!
Bukchayib yurmaslikni nazorat qilib boring!
Yotgan holda kitob o`qimang!
Baland yostiqda uxlamang, yostiqning balandligi oddiy g`ishnikidek bo`lishi lozim!
Quyosh-tananing dushmani. Uning ta'siridan teri quruqlashib , ajin paydo bo`ladi. Shuning uchun quyoshli kunlarda yuzingiz, bo`yningizga yaxshigina qilib quyosh nuridan muxofazalovchi kremlardan suring.
Banan - kayfiyatni yaxshilovchi me'va. Ammo yaqinda ingliz olimlari doimiy ravishda banan istemol qilib turuvchi kishilarda yurak xastaligi bilan og`rish havfi pasayishini aniqlashgan. Bu esa undagi kaliy miqdorining ko`pligi bilan izohlanmoqda. Har kuni bu moddadan organizmga 2,4 grammdan tushib tursa , yurak kasalliklari havfi 1,5 barobarga kamayarkan. Yurak faoliyatini yaxshilashda asal ham muhim ahamiyatga ega, degan xulosaga kelishdi. Asal nafaqat yurak hurujini, balki ko`pgina boshqa xavflardan ham asrashi mumkin.
Sabzi zotiljam va davomli yo`talga foyda qiladi….. hazmi qiyin, Murabbosini hazmi esa yengildir. Sabzi, ayniqsa yovvoyi sabzining urug`i ichak og`riqlarini bosadi.
Turp : Uning eng kuchli narsasi urug`i. Pishiruilganing oziqligi ko`proq. Uning qaynatilgani yo`talga foyda. Ovqatdan keyin yeyilsa, ichni yumshatadi va ovqatni o`tkazadi.Sirka bilan aralashtirilgan urug`i qattiq qustiradi.
Sholg`om: Semiz go`sht bilan pishirilgan sholg`om tomoqni yumshatadi, sholg`om sekin hazm bo`ladi. Go`sht bilan qo`shib qaynatilgan sholg`om kuchli oziq hisoblanadi va buyrakni qizdiradi, me'dada uzoq vaqt ushlanib qoladi.

                                                                       Yuqoriga qaytishhttp://www.ayel.edunet.uz/images/mn.gifdamkulgu

http://www.ayel.edunet.uz/images/bm.gif

                                    Kamqonlik

Kamqonlikning ta'siri

·                    Organizmning infekcion kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini  susaytirib yuboradi.

·                    Homiladorlarning tug'ish paytida ko'p qon yo'qotishiga olib keladi.

·                    Kamqon onalardan tug'ilgan farzandlar ham kamqon bo'lishga moyilroq.

·                    Kamqonlik bolalarning aqliy, nutqiy va jismoniy rivojlanishiga yomon ta'sir ko'rsatadi.

 Kamqonlikning belgilari

·      tez charchash

·      kam quvvatlilik

·     bosh aylanishi

·     uyqusizlik

·     ishtahasizlik

·     hansirash

·     yurakning tezroq  yoki notekis urishi

·      teri rangining o'zgarishi (oqarishi)



Kamqonlikning sabablari  

  • Temir moddasining yetlari iste'mol qilinmasligi (asosiy sababdir). Odamlar har kuni 15 milligram temir moddasini iste'mol qilishi kerak 

  •  Homilador ayollar odatdagidan ikki barobar ko'proq temir moddasi iste'mol qilmacligi.

  •  Farzandlar oracidagi yosh farqi 3 yildan kamroq bo'lishi.

  • Ko'p qon yo'qotish (ustma-ust farzand ko'rish, ayol kishi spiral ishlatsa, har oy ko'proq qon  ketishi mumkin)

·   Ayrim ichak qurtlari.

Kamqonlikning davosi  

·                    Birinchi o'rinda temir moddasi bo'lgan dorilarni ichishdir.

·                    Temir moddasi bor bo'lgan ukol qilishdan ko'ra tabletkalarini ichish, siz uchun foydali.

·                    Qoningizdagi temir moddasi normallashadi, ammo temir moddasining  tanangizdagi zahirasi xali ham tiklanganicha yo'q. To'la sog'ayib ketish uchun dorini yana 2 oy ichishingiz zarur.

·                    Temir moddasi ko'p bo'lgan ovqatdan iste'mol qiling (ro'yxatga qarang).

·                    Qora choy ichmang. Chunki uning tarkibida «tanin» moddasi bor, u 90 % gacha temir moddasining qonga so'rilishiga to'sqinlik qiladi.

·                    Yaxshisi, ovqatlanayotganingizda va dori ichganingizda, albatta, qaynatilgan suv iching.

·                    Vitamin S temir moddasining qonga singishiga yordam beradi.

 

 Foydali maslahatlar



·         Mastava, sho'rva va oshga no'xat, lo'viya, ko'katlar yoki temir moddasi ko'p bo'lgan boshqa moddalar moddalarni qo'shing.

·         Ovqatda temir moddasi miqdorini oshirish uchun ovqat pishirayotgan vaqtingizda qozoningizni (cho’yan) tez-tez kapgir bilan kovlab turing.

·          Kunduzi qorningiz ochsa qora mayiz, o'rik qoqi, pista, bodom yoki yong'oqlardan yeng.

·         Agar ovqat bilan ozgina go'sht yesangiz, qoningizga ko'proq temir moddasi singadi.

·         Qon bilan ich o'tish va ba'zi qurtlar natijasida kamqonlik kelib chiqqan bo'lsa, bularga albatta davo qilish kerak.

·    Homiladorlik orasida 2-3 yil  farq bo'lishi kerak.



Kamqonlikning oldini olish

Kamqonlikdan saqlanishning eng samarali yo'li - to'g’ri ovqatlanish, S vitamini va temir moddasi ko'p bo'lgan ovqatlar iste'mol qilishdir. Shu chora odam organizmida qon ko'payishida muhim rol o'ynaydi.  

Tarkibida temir moddasi bo'lgan oziq ovqatlar ro'yxati  

Jigar

100 gramm

6.8 mg

Handon pista

100 gramm 

4.3 mg

Oddiy pista

100 gramm

3.9 mg

Bodom

100 gramm

3.9 mg

Mosh

100 gramm

3.8 mg

Mol tili

100 gramm

3.4 mg

No'xat

100 gramm

3.0 mg

Kizil loviya

100 gramm

2.8 mg

O'rdak go'shti                     

100 gramm

2.7 mg

O'rdak tuxumi                     

100 gramm

2.7 mg

Qora mayiz

100 gramm

2.6 mg

Mol go'shti

100 gramm

2.5 mg

Qo'y go'shti

100 gramm

2.2 mg

O'rik qoqi              

5 ta butun

1.7 mg

Oq loviya

100 gramm

1.4 mg

Tovuq go'shti

100 gramm

1.3 mg

Baliq

100 gramm

1.1 mg

Ko'katlar

1/2 piyola

1.0 mg

Qizilcha

100 gramm

0.8 mg

Tuxum

1 dona

0.7 mg

Behi va olma tarkibida temir moddasi kam (behi  0.6 va olma 0.3)  

S vitaminga  boy  masaliqlar  

  • Bulg'or 

  • qalampiri 

  • qulupnay 

  • Tut 

  • Pomidor 

  • O'riq 

  • Tarvuz, Qovun

  • Limon 

  • Mandarin 

  • Anor

Yüklə 262,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin