“Bolalarni oilaga taarbiyalash uchun olish(patronat)
“mavzusida tayyorlandi.
Bajardi: 21 PPP 09 guruh talabasi Lesbekova Aqmaral
Reja:
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish (patronat) tartibi.
2. Oilada milliy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari
2. Sharq va g’arb mutafakkirlari oilada tarbiyalash to’g’risidagi fikrlari
3. Oilada bolalarni milliy ruhda tarkib toptirishning shakllari va vositalari
4. Foydalanilgan adabiyuotlar.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berish (patronat) tartibi Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga etmagan bolalar, shu jumladan tarbiya va davolash muassasalarida, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
Voyaga etgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar; sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar; qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar; o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.