Referat bajardi: ms-4-22 guruh talabasi Feruzaxon Abduvoxidova Qabul qildi: N. Rahmonov Qo’qon 2023 reja


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda о‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish



Yüklə 116,46 Kb.
səhifə6/8
tarix20.03.2023
ölçüsü116,46 Kb.
#88889
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Referat 1

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda о‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qо‘llash asosida о‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishda о‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart.
Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar kо‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi о‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. О‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni о‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, о‘quvchining о‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik-gigiyenik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati о‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda о‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

kо‘tarinkilikning tinib qolishi;

  • yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;

  • katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol о‘zlashtirishga tо‘sqinlik qiladi.

Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning о‘quv materiallarini о‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik kо‘rsatkichlari, motivasion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, о‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lib, о‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan rasional foydalanish kо‘rsatkichlari, о‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.

Yüklə 116,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin