Referat bajardi: ms-4-22 guruh talabasi Feruzaxon Abduvoxidova Qabul qildi: N. Rahmonov Qo’qon 2023 reja


Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish



Yüklə 116,46 Kb.
səhifə4/8
tarix20.03.2023
ölçüsü116,46 Kb.
#88889
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Referat 1

2. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv jarayonini qisman yoki tо‘liq avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning о‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: о‘quv fani bо‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qо‘shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

  • о‘rgatuvchi dasturlar – о‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni о‘zlashtirishga yо‘naltiradi;

  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va kо‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qо‘llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval о‘zlashtirilgan о‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • о‘qituvchi ishtirokidagi virtual о‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qо‘yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qо‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, о‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari о‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda tо‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, kо‘rgazmalilik, faollashtirish (о‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), о‘qitish natijalarini о‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, о‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.

Yüklə 116,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin