Kompyutening asosiy va qo’shimcha qurilmalari Sistema bloki- asosiy qurilma Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Ona plata sistema blokining qismlari Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.
Mikroprotsessor sistema blokining qismlari Mikroprotsеssor (MP) ShK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmеtik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.
Mikroprotsessor- ma`lumotlarni qaytaishlovchi va barcha qurilmalarni boshqaruvchi sxema
Tovush platasi- (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o'z mikro- protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi.
Video platasi sistema blokining qismlari Video plata-(ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va
millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata 16 o'z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video- platalar bilangina ishlaydi.