Farg’ona viloyati chet tillarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan
davlat umumtalim maktab – internati
REFERAT
Fizika fani bo’yicha
Issiqlik mashinalari va tabiatni muhofaza qilish
O’quvchi: Mullajonov Kamronbek
Sinf: 9-“A”
O’qituvchi: Shirinoy Isroiljonovna
Bugungi kunda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiiy muhitni muhofaza qilishdan muhimroq global muammoni nomlash qiyin. Inson o’z taraqqiyotining dastlabki qadamlaridanoq tabiat bilan uzviy bog’liq bo’lgan. U har doim o’simlik va hayvonot dunyosiga, ularning resurslariga chambarchas bog’liq bo’lib, har kuni hayvonlar, baliq va qushlarning tarqalishi hamda turmush tarzining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga majbur bo’lgan. Qadimgi odamlarning atrof-muhit haqidagi g’oyalari ilmiy xususiyatga ega emas va har doim ham ongli bo’lmagan, ammo vaqt o’tishi bilan ular ekologik bilimlarni to’plash manbai bo’lib xizmat qilgan. Lekin insoniyat rivojlangani sari insonlar o’z kelajagiga putur yetkazib keldi. Zamonaviy svilizatsiya tabiatga misli ko’rilmagan bosim o’tkazmoqda.
Ekologiya nima? So’nggi paytlarda ekologiya so’zi juda mashhur bo’lib, ko’pincha u atrofimizdagi tabiatning noqulay holati haqida so’zlaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha ikki so’zdan (oikos – uy, turar joy: va logos – fan) olingan bo’lib, tom ma’noda “yashash muhiti haqidagi fan” degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, ekologiya – bu organizmlar va ularning birlashmalarining atrof-muhit bilan munosabatlarini (shu jumladan, ularning boshqa organizmlar va jamoalar bilan munosabatlatlarining xilma-xilligini) o’rganadigan fan. Insoniyat hozirda global ekologik halokat yoqasidaligiga qaramay, uning oldini olish uchun hech narsa qilinmayapti. Bugungi kunda ko’plab xalqaro harakterga ega bo’lgan ekologik muammolar mavjud bo’lib, ularni hal qilish uchun turli mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari zarur. Atrof-muhitni muhofaza qilish bizning davrimizning eng dolzarb muammolardan biridir. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va tabiiy muhitga antropogen bosimning kuchayishi muqarrar ravishda ekologik vaziyatning keskinlashishiga olib keladi, tabiiy resurslar tugaydi, tabiiy muhit ifloslanadi, inson va tabiat o’rtasidagi tabiiy aloqa yo’qoladi, estetik qadriyatlar yo’qoladi; odamlarning jismoniy va manaviy salomatligi yomonlashadi.
Yer sayyorasi, jumladan, suv, havo, yer, shuningdek, biologik obyektlar – pdamlar bulardan yaxlit tizimdir. Ekologik muammolar – sanoat rivojlanishi davrida bizning sivilizatsiyamiz va atrof-muhitning o’zaro ta’siri natijasidir.
Atrof-muhit muammolari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan bir necha guruhlarga bo’linadi:
Inson salomatligiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning ahamiyatini hisobga olish juda muhimdir. Ammo, shu bilan birga, ko’plab ekologik muammolar o’zining tashqi ko’rinishi uchun insonga “qarzdor” ekanligini tushunamiz.
Aytib o’tishimiz shartki, issiqlik mashinalarining ekologiyaning ifloslanishishidaпш ahamiyati sezilarli darajadi. Issiqlik mashinalari benzin, kerosin, suyultirilgan propan va metan kabi yoqilg’ilarning yonishi orqali harakatga keladi. Barcha turdagi transportlarni kuzatgan holda shuni aytishimiz mumkinki, ular harakatlanayotganda tutun ko’rinishdagi gazlar ajralib chiqadi. Bu esa atrof-muhitni zararlanishi va atmosferaning ma’lum qatlamlariga chiqqanda, ozon qatlamini yemiradi. Ular nafaqat havoni balki, atrof muhitni zararlaydi. Negaki, har yili millionlab issiqlik mashinalari ishlab chiqariladi. Ularda yoqilg’i yonishi hisobiga chiqqan tutun faqat gaz emas, balki kul hamdir. Demak, faqat havo emas balki atrof-muhit, xususan yer, suv kabilar ham zararlanadi. Endi ikkinchi tomondan qarasak, yoqilg’ilarni ishlab chiqarishda, asosan, neftdan foydalaniladi. Yoqilg’i olib bo’lingach neftning yaroqsiz qolgan qismi chiqitga chiqariladi. Ko’p holatlarda bu chiqindilar okeanga tashlanadi. Bu esa, o’z navbatida, hayvonot dunyosining bir qismini ham xavfga qo’yadi.
Ko’rib turganimizdek, sanoat rivojlangan sari ekologiya zararlanib bormoqda. Lekin hozirda ekologik yoqilg’ilar va elektromobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yila boshlanmoqda. Bu esa ekologiyani zaxarlanishdan kichik foizlarga bo’lsa-da asraydi.
Doim atrof muhitga e’tibor qarataylik, loqayd bo’lmaylik. Ekologik muammolarni butunlay yo’q qila olish, hozircha qo’limizdan kelmasada, uni zararlamaslikka harakat qilaylik.
Dostları ilə paylaş: |