Referat ishi qabullovchi: ass. Tursınov M. Tayyorlagan: Yangiboev M. Nukus 2016 yil 2


 Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari



Yüklə 330,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix03.03.2023
ölçüsü330,12 Kb.
#86415
növüReferat
1   2   3   4   5
tabiat va jamiyat ortasidagi ozaro munosabatlar (2)АААААААААААААААА

1. Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari 
Iqtisodiy geografiya tom ma’noda (masalan, AQSH-da) qishloq xo’jaligi, 
tog’-kon, o’rmonchilik va baliq sanoatidan iborat. 
Demak, uning tadqiqot doirasi bevosita tabiyat va tabiiy resurslar foydalanish
bilan bog’liq. Hozir ham tabiiy sharoit va boyliklarga iqtisodiy baho berish, 
tabiyatdan foydalanish iqtisodiyoti: 
 iqtisodiy geografiya fanida muhim o’rinni egallaydi. Fransiyada vujudga
kelgan possibilizm (Fidal de La Blash ) tabiyatga bo’lgan munosabatni biroz 
“yumshatilgan” yo’nalishi hisoblanadi. 
Ushbu go’ya asosida tabiiy sharoitning undan foydalanish uchun imkoniyat 
yaratishi, unga moslashgan va muvofiq holda xo’jalik yuritish yotadi. 
 Tabiat qonunlari ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot qonunlaridan vujudga 
kelishi,davomiyligi,tezligi va boshqa jihatlari bilan farq qiladi. 
Shu nuqtai nazardan tabiat jamiyat oldida zaif, passivga o’xshab 
ko’rinadi.Ammo bu I.V.Michurin aytganidek, “Tabiatdan inom-ehson kutmasdan, 
undan ko’proq olish kerak”degan ma’noni bildirmaydi.
Tabiat - qo’zg’olsa, uyg’onsa undan qudratli kuch yo’q. Masalan, yer 
qimirlashlar, yong’in, suv toshqini, sunnami va bo’ronlar har qanday taraqqiy 
etgan mamlakatni, jamiyatni ham halokatga keltirish mumkin. Bizning har 
birimizdan qandaydir uzoqda, olisda-okeanda, tog’ yoki tekislikda cho’l, 
o’rmonzor voha va vodiyda, daladagina emas, balki u bevosita atrofimizda va 
doimo bizga ta’sir qilib turibdi. Binobarin, Yer barcha xalq va millatning umumiy 
uyi va tabiatni e’zozlash, tozaligini saqlash, unga oqilona munosabatda bo’lish 
jahon xamjamiyatidagi barcha davlatlarning burchidir. 
 Tabiatda issiq mintaqa bilan bevosita sovuq iqlim mintaqasining yonma-
yon turmaganidek, dunyo siyosiy xaritasi va geoiqtisodiy makonida ham 
rivojlanish darajasi tubdan bir-biridan farq qiluvchi davlatlarning o’zaro 
qo’shnichiligi kam uchraydigan holatdir. 



Shu bilan ba’zi tabiiy geografik qonuniyatlar iqtisodiy geografiyaga ham 
ma’lum darajada xosdir. Chunonchi, tog’ vertikal mintaqalari faqat tabiyati bilan 
emas, balki xo’jalik yuritish, hududiy mehnat taqsimoti bilan ham farqlanadi,hatto 
tekislik, iqlim mintaqalari ularga xos va mos iqtisodiyot va aholi joylashuv,
xo’jalik ixtisoslashuv tizimga ega.
Insonni tabiatga ta'siri ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bog'liq. Fan 
va texnika taraqqiyotini rivojlanishi bilan insonni tabiatga ta'siri ortib borgan. 
F.N.Milkov (1990) ma'-lumotiga binoan insonni tabiatga ta'siri taxminan 2.3-3.0 
mln yil avval boshlangan. Hozirgi paytda insonni tabiatga ta'siri juda katta 
miqyoslarda ro'y bermoqda. Ayrim texnogen jarayonlar tabiiy jarayonlar 
miqyosidan katta, ayrimlari tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qolgan, 
ayrimlari esa tenglashish arafasida turibdi. Shu munosabat bilan G .I.Ter-
Stepanyan (1988) yerni geologik rivojlanish davrida yangi alohida davrni, ya'ni 
texnogen yoki beshlamchi davrni ajratish kerak, mazkur davrni boshlanishiinsonni 
paydo bo'lgan davridan boshlash kerak degan g'oyani ishlab chiqdi. 
F.N.Milkov (1990) insonni tabiatga ta’sirini eng qadimgi,qadimgi, yangi va 
hozirgi davrlarga bo'ladi.Eng qadimgi davr 30000-yil davom etgan va golotsenni 
boshlanishida tugagan. Mazkur davr yuqori paleolitga mos keladi. 
Olov yoqishni sun'iy usulini kashf qilinishi, boshpana qurishva kiyim tikishni 
o'rganish, ovchilikni yangi usullarini o'rganishyuqori paleolit odamini tabiatdan 
mustaqil bo'lib yashashini ta'minladi. Uning landshaftlarga ta'siri sezilarli bo'la 
boshladi. Ovchilik va o'rmonlarni kesilishi natijasida tabiatda turli xil o'zgarishlar 
sezila boshladi. Ovchilik natijasida ayrim hayvonlarning soni kamayib ketdi. 
Mamontlar va yunglishoxburunlar qirilib ketdi. O'rta dengiz bo'yida o'rmonlarni 
kesib yuborilishi yuqori paleolitda tashlandiq yerlarni bosh bo'lishiga olib keldi. 
Qadimgi davr 7000-yil davom etgan va mezolit (o'rta toshMazkur davr muz 
bosishdan keyingi davrni o'z ichiga oladi.Tabiiy sharoiti oldingi davrga nisbatan 
qulay 
bo'lgan. 
Shuninguchun 
yangi-yangi 
hududlar 
inson 
tomonidan 



o'zlashtirilaboshlandi.Mazkur 
davrda 
avval 
toshdan, 
so'ngra 
bronzadan 
yasalganbolta paydo bo'ldi. Neolitda esa so pol idish paydo bo'ldi. Baliqchilik 
salmog'i oshdi, chorvachilik va dehqonchilik shakllandi. 
Natijada insonni tabiatga ta'siri kengaya bordi. Yirik shaharlarnipaydo bo'lishi 
ham insonni tabiatga bo'lgan ta'sirini kuchaytirib yubordi. Ulkan inshootlar qurila 
boshladi (Misr piramidalari).Yangi davr temir asridan XX asrni o'rtalarigacha 
bo'lgandavrni o'z ichiga oladi va taxminan 3000-yil davom etgan. Jamiyatda va 
ishlab chiqarishda temir asosiy o'rinni egallaydi. 
Mehnat taqsimoti kuchayadi, hunarmandchilik vujudga keladi, shaharlar soni 
o'sdi, sinfiy jamiyat shakllandi. Landshaftlarni antropogen o'zgarishi kuchaydi. 
Antropogen o'zgarganlandshaftlar juda katta maydonlarni tashkil qila boshladi. 
Sanoat inqilobidan so'ng o'limni kamayishi va umrni uzayishi munosabati bilan 
aholi soni tezlik bilan o'sa boshladi. Eramiz boshida yer yuzida aholi soni 0,2-0,3 
milliard kishi bo'lgan. 
1820-yili I milliard, 1927-yili 2 milliard, 1959-yili 3 milliardni tashkil
O'rmonlar maydoni qisqara boshladi, temir asrida o'rmonlar quruqlikni 47% ni 
tashkil qilgan bo'lsa hozirgi paytda 27% ni tashkil qiladi. Sut emizuvchilarni 36 
turi (4226 turidan) tamoman yo'q qilindi, 120 turi esa yo'qolish arafasida. 
Qushlarning 94 turi (8684 turidan) yo'q qilingan, 187 turi esa yo'q bo'lish arafasida. 
Yerni shudgorlash natijasida tuproqning fizik va ximik xossalari o'zgarib ketgan. 
Mineral 
boyliklardan 
foydalanish 
jarayonida 
tabiat 
komponentlarining 
deyarlihammasi u yoki bu darajada o'zgarishga uchraydi. 
Hozirgi davr yoki FTI davri. XX asrning o'rtalaridan boshlab insonni tabiatga 
ta'sirining miqyosi planetar tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qoldi. 
Moddalarning antropogenaylanma harakati tabiiy aylanma harakatiga tenglashib 
qoldi. Masalan, har yili ho'jalik ishlari uchun daryo suvlarini 10% (3,5 ming km


olinadi, yerni shudgorlash jarayoniga 3 ming km tuproq ag'dariladi, yer bag'ridan 
100 mlrd tonna ruda va qurilish materiallari qazib olinadi, konlarni ochish va 



qurilish jarayonida yuz milliardlab tonna tog' jinslari ko'chiriladi, 300 mln t. 
mineral o'g'itlar solinadi, 4 mln t. zaharli (gerbitsid va pestitsid) moddalar 
sochiladi. Insonni faoliyatihozirgi paytda ekzogen omillar ta'siridan ortib ketdi. 
Qazib olingan ximiyaviy elementlar yer yuzasi bo'ylab sochilib ketadi, oksidlanadi, 
harakatda bo'ladi, ma'lum sharoitlarda to'planadi. Tuproqning temirlashuvi 
kuchayadi. Yer yuzasiniinson zich va yaxshi o'zlashtirgan joylarida 1980-yilda har 
birkvadrat kilometriga 270 t. temir tushgan. XX asrda esa mazkur ko'rsatgich har 
yili 6 tonnaga ortib bormoqda. Qo'rg'oshin va misning texnogen migratsiyasi tabiiy 
migratsiyadan ortiq, ruxva marganesniki esa tabiiyga yaqin. 
Ko'mir yoqilganda atrof-muhitga tabiiy aylanma harakatga nisbatan simob 
700, mishyak 125, uran 60, kadmiy 40 marotaba ko'p tushadi
Inson suv resurslariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Har yili jahon ishlab 
chiqarishi jarayonida 100 mln km
3
ga yaqin suv bug'lanadi, bu esa mantiyadan 
keladigan yillik suvlar miqdoriga teng. Ba'zi davlatlarda daryo oqimini 50% qismi 
ishlatiladi. Ishlatilib bo'lgan va tabiiy suv havzalariga tashlanayotgan suvlarning 
hammasi kuchli ifloslangan bo'ladi. Suvlardan IES va AES larda agregatlarni 
sovitish maqsadida foydalanilganda ham ular ifloslanadi, chunki ular issiq bo'ladi, 
va issiqholda suv havzalariga tashlanadi. Bu esa flora va faunaga salbiyta'sir qiladi. 
Sanoatni rivojlanishi va sug'orma dehqonchilik qilinadigan joylarni kengayishi suv 
resurslarini qaytadantaqsimlash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 
Energetika sanoati tabiatga ta'sir etadigan eng faol omillardan hisoblanadi. 
Elektroenergiya ishlab chiqarish hajmi har yili muntazam ravishda ortib bormoqda. 
Ayrim, sanoati yuksak darajada rivojlangan hududlarda ishlab chiqarilgan energiya 
hajmi juda katta ko'rsatkichni tashkil qilmoqda. Masalan, Yaponiyada olimlarning 
hisoblashlari bo'yicha, atmosferaga issiqlikning chiqarilishi shu hududga keladigan 
Quyosh issiqligini 2% ini, g'arbiy Yevropada esa 0,5% tashkil qilishi mumkin, 
ba'zi joylarda esa Quyosh issiqligiga teng yoki ortib ketishi mumkin. Hozirgi 
paytda yuqori darajada rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan davlatlarga 



nisbatan aholi jon boshiga 2 marta ko'p energiya ishlab chiqariladi. Energetika 
muammosining eng asosiy muammosi ishlab chiqarilgan energiyani oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarflashdir. Mazkur muam-asri), neolit (yangi 
tosh asri) va bronza asriga mos keladi. Buni amalga oshirish uchun qishloq 
xo'jaligida ishlab chiqarilgan energiyani 80% ini sarflash zarur. 
Demak, oziq-ovqat muammosini yechish uchun energiya ishlab chiqarish 
sur'atini va hajmini keskin oshirilishi ekologik sharoitning o'zgarishiga olib keladi, 
ya'ni atrof-muhitni issiqlik bilan ifloslanishi sodir bo'ladi. Issiqlikning ajralib 
chiqishi geografik qobiqda energiya o'zgarishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. 
Mazkur bosqichdan so'ng issiqlik geografik qobiqda tarqala boshlaydi. Bu esa 
issiqlikni antropogen oqimini kuchaytirib yuboradi. 
Issiqlikning to'planishi iqlimni kichik hududlarda, ya'ni shaharlarda sezilarli 
o'zgarishga olib keladi. Shaharlarda havo harorati tabiiy haroratdan 1,4 % ortiq 
bo'ladi. Energetika sanoatini rivojlanishi atmosferada CO

miqdorini ortib ketishiga 
olibkeladi (M.I.Budiko, 1977). Atmosferada CO

miqdorini 2 barobar ortishi 
munosabati bilan yer yuzasida harorat 30 ga ko'tarilishi mumkin. Hozirgi paytda 
hosil bo'ladigan kislorodning 25% organik yoqilg'ilarni oksidlanishiga sarflanadi. 
Agar mazkur jarayon shunday davom etsa atmosferada kislorod muvozanati 
manfiy bo'lib qolishi mumkin.Insonning xo'jalik faoliyati natijasida geografik 
qobiqningyer fondi tuzilishi ham o'zgarmoqda (l2-jadval) 
(A.M.Ryabchikov bo'yicha, 1969) NQ Yerning turlari Maydoni Quruqlik 
maydon mln km nisbati 
I. O'rmonlar va sun'iv o'rmonlar 40,3 27,0 
2. Tabiiy o'tloqlar va o'tli butali 28,5 19,0 yaylovlar 
3. Dehқonchilik maydonlari 19,0 13,0 
4. Sug'orilmaydigan arid hududlar, 18,2 12,2
5. Muzliklar 16,3 11,0 
6. Tundra va o'rmon-tundra 7,0 4,7 



7. Qutbiy va baland tog' subnival 5,0 3,3 hududlar 
8. Антропоген бедlend 4,5 3,3 
9. Botqoqlar (tundradan tashoari) 40 2,7 
10 Ko'lIar, darvolar, suv omborlari 3,2 2,2 
11 Sanoat va shahar verlari 3,0 2,0 insonning xo'jalik faoliyatini tabiatga 
ta'sirini to'rt guruhga bo'lish mumkin: 
1. Maqsadli to'g'ridan-to'g'ri ta'sir. Mazkur ta'sir insonni xo 'jalik faoliyatini 
oldindan rejalashtirilgan va loyihalashtirilgan ta'siri. 
2. Nomaqsadli to'g'ridan-to'g'ri ta'sir. Birinchi turdagi ta'sir natijasida kelib 
chiqadi. Masalan, konni ochiq usulda qazib olish uchun yer osti suvlarini sathi 
pasaytiriladi, natijada yer osti suvlarining me'yori o'zgaradi. Mazkur ta'sir 
nomaqsadli, ammo to'g'ridan-to'g'ri ta'sirdir. 
3. Maqsadli bilvosita ta'sir. Masalan, Antarktida muzlarini eritilishi bilvosita 
iqlimning o'zgarishiga olib keladi. Yer osti suvlari satxini pasaytirish bilvosita 
yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga olib keladi. 
4. Nomaqsadli bilvosita ta'sir. Har qanday boshqa ta'sir natijasida sodir 
bo'ladi. Masalan, atmosferada changlar miqdorini ko'payishi Quyosh nurlarini 
tarkibiga ta'sir qiladi. 
Insoniyat jamiyatining rivojlanishi davomida uning tabiatga ta'sirini ko'lami 
va miqyosi doimo o'sib borgan va bormoqda.
Natijada turli xiI Antropogen va tabiy-antropogen komplekslar vujudga kela 
boshladi. Mazkur komplekslar tabiiy antropogen va antropogen landshaftlardir. 
Antropogen landshaftshunoslik F.M.Milkov va uning shogirdlari tomonidan 
rivojlantirildi. 
Antropogen landshaftlarning turli xii sinflashtirish sxemalari mavjud. Ulardan 
eng keng tarqalgani inson faoliyati turiga va kelib chiqishiga ko'ra sinflashtirishdir. 
Insonni faoliyati turiga qarab 8 ta antropogen landshaftlar turi 
ajratiladi:Qishloq xo'jalik landshaftlari, o'z navbatida to'rtta sinfchalard an iborat: 


10 
sug'orma dehqonchilik, o'tloq-yaylov, bog' va aralash. Sanoat landshaftlari sinfi 
sanoat ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi. Eng keng tarqalgan turlari: 
karer, tashlama, terrikon, karer-tashlama va h.k. Chiziqli yo'llandshaftlari turli xiI 
yo'llarni qurilishi natijasidahosil bo'ladigan landshaftlardir. Antropogen o'rmon 
landshaftlari sinfi madaniy o'rmontarva kesilgan o'rmonlar o'rnida vujudga kelgan 
ikkilamchi o'rmonlardan iborat. Gidrogen landshaftlar sinfi suv omborlaridan, 
hovuzlardan,kanallardan iborat. Rekreatsiya landshaftlari sinfi dam olish zonalari 
va turizmta'sirida vujudga keladi. Qadimdan odamlar tabiatda ro'y beradigan 
hodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. Tabiiy jarayonlarning davriy 
harakatlarini aniqlash ulami bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Davriy 
harakatlar ma'lum vaqt davomida qaytarilib turadigan jarayonlardir, agar bu 
jarayonlarni tarixan bo'lib turishi aniqlangan bo'lsa, ularni kelgusida yana 
bo'lishehtimoli katta.

Yüklə 330,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin