3. Jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi.
Ijtimoiy ekologiyaga doir adabiyotlarda jamiyat va tabiatning o’zaro ta’sirini
davrlarga bo’lish xususida turli fikrlar mavjud. Mualliflarning bir toifasi beshta
davrni tilga oladilar. Ko’pgina mualliflar davrlarga bo’lishda jamiyat tarixi beshta
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda bo’lishini asos qilib oladilar.
Birinchi davr ibtidoiy-jamoa tuzumini o’zichiga oladi. Bu davr ibtidoiy
odamlari oddiy mehnat qurollariga ega edi. U qurollar asosan ovchilik va
tirikchilik uchun narsalar to’plashda qo’llanilgan. Jamiyat qaror topishining ilk
bosqichlarida tabiat hayot kechirish vositalarini bevosita beravergan va shu bois
oldiniga ishlab chiqarishga ehtiyoj bo’lmagan.
Jamiyat bilan tabiatning o’zaro ta’siri evolyutsiyasi ikkinchi quldorlik
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bilan bog’liqdir. Bu davr odamga ishlab chiqarish
vositalari va umuman tabiat boyliklariga nisbatan xususiy mulkchilik paydo
bo’lishini shuningdek, materiallardan yasalgan mehnat qurollari yanada rivoj
topishi hamda ularni qo’llash doirasi kengayishini o’z ichiga oladi. Mazkur
qurollar yordamida inson tabiat bosqichlarini o’z ehtiyojlariga ijodiy ravishda
moslashtirishga tobora faolroq kirishadi.
15
Jamiyatning tabiiy vositalarga ta’sir o’tkazishining uchinchi davri feodalizm
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga to’g’ri keladi. Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazishi
shakllari jihatidan bu davr ikkinchisidan kam farq qiladi. Ikkinchi davr bilan
uchinchi davr o’tasidagi jiddiy farq shundaki, qulchilik shakllarining krepostnoy
qaramlik bilan almashishi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, tabiatni bilish
va o’zgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.
To’rtinchi davr kapitalistik tuzumni o’z ichiga oladi. U ikki bosqichga
bo’linadi. Birinchi bosqich mashinalashgan ishlab chiqarish paydo bo’lishi, fan va
texnikaning zamonaviy sivilizatsiya turli shakllarining gurkirab rivojlaninshi bilan
bog’liqdir.
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish imkoniyatlarni
shu qadar oshirib yubordiki, V.I.Vernadskiy ta’biricha, «insoniyat, umuman
olganda, tabiat muhitini o’zgartiruvchi va qayta tuzuvchi qudratli geologik kuchga
aylandi».
Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazishi kapitalistik tuzumining ikkinchi bosqichi
kapitalizmning monopolistik pog’onasi bilan bog’liqdir. Kapitalizm rivojining bu
bosqichida mashinalashgan texnikani yoppasiga qo’llash, raqobat va ishlab
chiqarish anarxiyasi sharoitlarida jamiyatning tabiatga vaxshiyona munosabati
saqlanib qoldi. Jamiyat bilan tabiat o’tasidagi ziddiyat ancha keskinlashdi.
Ekologiya buxroni (krizisi) havfi ro’y-rost voqelikka aylandi. Biosfera boyliklari
chegarasiz va bitmas-tuganmasligi to’g’risidagi gaplar shippakka chiqadi.
Jamiyatning tabiatga ta’siri evolyutsiyasining beshinchi davrini sotsialistik
tuzum poydo bo’lishiga bog’lashadi. Bu davrning birinchi bosqichi tabiatdan
foydalanishning kapitalistik va sotsialistik tuzumlari amal qilishi bilan tavsiflanadi.
Bu tuzumlar nafaqat «inson va jamiyat» munosabatlari tamoili bo’yicha, balki
«jamiyat-tabiat» munosabatlari tamoili bo’yicha ham bir-biriga qarma-qarshidir.
Bu tuzumlarning mavjudligi o’zaro birgalikda ularning tabiatga bo’lgan
munosabatlarida ham muayyan iz qoldiradi.
Bu davrning ikkinchi bosqichi yangi ekologik tafakkurning paydo bo’lishi,
umuminsoniyat mafaatlari yo’lida tabiiy muhitni g’oyat katta miqyoslarda qayta
16
qurish zarurati bilan bog’liqdir. Bu bosqichda tabiatni juda katta miqyoslarda
oqilona o’zgartirish sohasi oyoqqa turadi va rivojlanadi.
Adabiyotlarda shuningdek jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixini to’rt
davrga bo’lish keng o’rin olgan. Ya’ni 1) O’ziniki qilib olish; 2) Agrar; 3)
Industrial; 4) Noosfera davrlari.
Neogen davri yer yuzida Xomo sapiens (ongli odam) ning paydo bo’lishiga
to’g’ri keladi. Hozirgi zamon antropologiya va arxeologiya tadqiqotlari
ma’lumotlariga ko’ra bu 30-40 ming yil ilgari sodir bo’lgan. Bungacha
insoniyatning uzoq davom etgan tashkil topish tarixi bo’lgan. U kopchilik
antropolog olimlarning hisoblashicha bundan 1-1, 5 mln. yil muqaddam paydo
bo’lgan «paleantrop» (tik yuruvshi odam) davridan boshlanadi. Bir qator olimlar,
ayniqsa arxeologlar insoniyat evolyutsiyasi boshlanishini oldingi shakl -
«parantrop» (Uquvli odam) bilan boshlashadi. Bunday odam dastlabki sun’iy
qurollarni yaratgan va 2-3 mln. yil ilgari yashagan.
Insoniyat tashkil topishining ana shu butun davri davomida ajdodlarimizning
biosferaga ta’sir o’tkazishi hayotning dastlabki 20-30 ming yilliklarida ko’pgina
umumiylikka ega bo’lgan.
Ba’zi bir tadqiqotshilar tabiatdan o’ziniki qilib foydalanish davrini ikki
bosqichga ajratadilar; ibtidoiy odamlar hayotida tabiatning tayyor mahsulotlarini
to’plash ustun bo’lgan bosqich va ovchilik va baliqchilik hisobiga tirikchilik
vositalarini qo’lga kiritish ustun bo’lgan bosqich. Ammo yashash vositasini qo’lga
kiritishning bu har ikkala yo’li o’z tamoyiliga ko’ra bir-biriga juda yaqindir.
Yig’ib-terish, - deb yozadi S.A.Semyonov, - ozuqa topishning ancha qadimgi
usulidir, ovchilik esa, yig’uvchilar faoliyatining murakkablashgan va texnika
jihatidan takomillashgan usulidir. Buning ustiga ular o’zaro yaqindan bog’lanib
ketgan va tabiiy sharoitlari jihatidan sayyoraning turli mintaqalari odamlari
hayotida o’z salmog’i bo’yicha ancha o’zgarib turadi. Bunda terib-termashlash
bilan asosan ayollar, ovchilik bilan esa erkaklar shug’ullanishgan.
Jamiyat bilan tabiat o’rtaisdagi biogen yoki moslashish davrining keyingi
bosqichlarida paydo bo’lgan ziddiyat yangi, texnogen davrining pishib etilichiga
17
olib keldi. Bu o’zlashtiruvshi odamdan shorvasxilik va dehqonchilik bilan
shug’ullanuvchi odamga asta-sekin o’tishda nomoyon bo’ldi. Boshlanishda
o’zgaruvchi tamoyilga ega bo’lgan bu o’tish zarur hayot vositalarini qo’lga
kiritishda faqat yordamchi rolnigina o’ynagan.
Texnika davrini tavsiflar ekan, G.V.Platonov bu dvrning agrar bosqichini
ajratib ko’rsatadi. Mazkur bosqichda tabiat kuchlari bilan kurashda jamiyatning
ahvoli biogen davriga nisbatan mustahkamlanadi, inson tomonidan tabiatga
yetkaziladigan zarar jiddiy ravishda o’sadi. Feodalizm sharoitlarida jamiyatning
tabiatga munosabati taxminan qulchilik tuzumidagidek bo’lgan. Shuning uchun
ham jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixini davrlarga bo’lish muammolariga
taaluqli tadqiqotlarning kopchiligida har ikkala ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar
ekologik jihatdan jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixining bitta, ya’ni agrar
bosqichiga kiritilgan.
Feodalizm bag’rida sanoat ishlab chiqarishining paydo bo’lishi bilan texnogen
davrning ikkinchi bosqichiga o’tish jarayoni boshlanadi. Fan taraqqiyotining
jadallashuvi va uning ishlab chiqarish doirasida materiallashuvi, fan va texnikaning
uyg’unlashuvi (integratsiyasi)ga, pirovardida fan-texnika inqilobiga olib keldi.
Jamiyat taraqqiyotining bunday holati texnogen davrining industrial bosqichi
boshlanishini yaqinlashtirdi.
Mazkur bosqich tabiat o’z-o’zicha yaratmaydigan moddalar va ashyolarning
ko’plab vujudga keltirilishi bilan tavsiflanadi. Mashinalarning yaratilishi, bug’ va
elektrning «rom» qilib olinishi ularni ommaviy tarzda ishlab chiqarishga olib keldi.
Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida nafaqat kutilayotgan foydali mahsulotlar,
balki ishlab chiqarish chiqindilaridan ko’pgina qo’shimcha moddalar yaratildi.
Ularning miqdori ba’zan mehnatning rejalashtirilgan mahsulotlari hajmidan o’nlab
barobar oshib ketadi.
Bu salbiy jarayonlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-texnika inqilobi
sharoitlarida ayniqsa kuchaydiki, pirovardida u ekologik halokat xavfiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |