Referat Mavzu : Hududlarda fermer xo`jaliklarining iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlarini modellashtirish


Fermer xo’jaliklari ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari tahlili



Yüklə 63,89 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü63,89 Kb.
#207505
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat Mavzu Hududlarda fermer xo`jaliklarining iqtisodiy riv-hozir.org

Fermer xo’jaliklari ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari tahlili
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni fermer xo‘jaligi shaklida tashkil etishni asosiy sabablardan biri qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirishdan iborat.
Samarodorlik ko‘p qirrali iqtisodiy qategoriya bo‘lib, uni aniqlash uchun juda ko‘p ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ularning eng muqimlari jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin:

1. Ekinlarning hosildorligi.
Bu ko‘rsatkich iqtisodiy samaradorlikni natura shaklidagi ko‘rsatkich bo‘lib, u er resurslaridan qay tartibda foydalanilayotganini bildiradi. Hosildorlikni aniqlash uchun yalpi olingan xosilni ekin maydonlariga bo‘linadi. Qaysi xo‘jalikda yoki qaysi yilda ekinlar qosildorligi yuqori bo‘lsa, o‘sha xo‘jalikda yoki o‘sha yilda iqtisodiy samaradorlik nisbatan yuqori bo‘lib xisoblanadi, chunki qosildorlikni yuqoriligi xarajatlarni kamayishiga, pul daromadining oshuviga va shu asosda foyda miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Bu bo‘lsa, xo‘jalikning foydalilik darajasini oshuviga olib keladi.


2.Mehnat unumdorligi.
Mehnat unumdorligi jonli mehnat sarfini samarasini ifoda etadi. Ishlab chiqarish jarayonida qanchalik kam mehnat sarf etilsa, mehnat unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo qo‘l kuchini kamaytirib, mexanizatsiya vositalarini joriy etish lozim. Mehnat unumdorligini aniqlash uchun bir qancha ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlarni natura va qiymat ko‘rinishlarga bo‘lish mumkin. Mehnat unumdorligini ifoda etuvchi muqim ko‘rsatkichlar jumlasiga o‘rtacha yillik ishlovchi ishchilar xisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi maqsulot (yalpi daromad) xisoblanadi.


3. Mahsulotlar tannarxi.
Tannarx xo‘jalik faoliyati samaradorligini ifoda etuvchi muqim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi. Maqsulot tannarxi — bu xo‘jalikning maqsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning pul shaklidagi ifodasidir, Maqsulot tannarxining shakllanish jarayoni bir necha qismlardan tashkil topadi. Maqsulot tannarxi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish va to‘liq xarajatlarga bo‘linadi.
Maqsulot tannarxiga tashqi va ichki omillar ta‘sir qiladi. Tashqi omillarga xom—ashyo va materiallar ta‘minoti, ularning narxi o‘zgarib turishi, byudjet to‘lovlari, soliq stavkalari va turli yig‘imlarning o‘zgarishini kiritish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnik jiqozlanish darajasi, ishchilarning malakasi va boshqaruvning takomillashini kiritish mumkin. Maqsulot tannarxiga bogliq bo‘lgan xarajatlar amal qilish xususiyatiga qarab, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarning bo‘lishi, o‘z navbatida, maqsulot ishlab chiqarish, uni sotish va xizmat ko‘rsatishning asosiy shartidir.
Xarajatlar o‘z ob‘ekti jiqatidan moddiy resurslar sarfi va jonli mehnat sarfidan iborat bo‘ladi. Qilingan xarajatlarni samarasiga erishish uchun ularni muqobil ishlatish imkoniyati aniq belgilanib olinishi kerak. Xarajatlarni muqobil ishlatilishi esa muqobil ishlab chiqarish faoliyatini taqozo etadi. Umuman olganda, xo‘jalik xarajatlarini quyidagi bo‘g‘inlarga ajratish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar maqsulot tannarxi darajasini va uni kamaytirish yo‘llarini mustaqil ravishda belgilab oladilar. Bu tadbirni amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‘tgan yilda maqsulot tannarxi rejasining bajarilishini taqlili qilib chiqish kerak bo‘ladi. Chunki, iqtisodiy resurslar qarakati bozorda doimiy ravishda o‘zgarib turganligidan, ko‘zda tutilgan mo‘ljalga erishishda muqobil tadbirlarni amalga oshirilishi mumkin.
Shuning uchun o‘tgan yilgi maqsulot tannarxining rejasini bajarilishi jiqatigaqarab, keyingi yil uchun eng maqbul yo‘nalishni tanlash mumkin. Maqsulot tannarxi rejasini tuzishda asosiy e‘tibor maqsulot tannnarxini pasaytirish imkoniyatlarga e‘tibor qaratiladi. Chunki, bunday rejaning tuzilishini iqtisodiy moqiyati qam, iloji boricha, tannarxni kamaytirish xisoblanadi. Baxo o‘zgarmagan xolatda maqsulot birligini tannarxini arzonlashuvi xo‘jalik foydasi miqdorini oshiradi. Lekin afsuslar bo‘lsinki, xom—ashyo va materiallar narxini ko‘tarilishi natijasida qishloj xo‘jaligi korxonalari maqsulotlari birligi tannarxi oshib bormoqda. Bizning fikrimizcha, tannarxning oshganligi albatta daromadni kamayishiga olib keladi. Xo‘jalikda maqsulot tannarxini arzonlashtirish uchun, eng avvalo, mehnat unumdorligini oshirish lozim. Buning uchun qo‘l mehnatini kamaytirib yangi – texnalogiya vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.

Yüklə 63,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin