1O’zbekistonda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari
O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari
Bugungi kunda xizmat sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltiribgina qolmmasdan, axoli farovonligini ta‘minlashda ham muxim ahamiyat kasb etishini 1-bobda ko’rib chiqgan edik. Axoli daromadlarining mazmuni va tarkibi bozor munosabatlari sharoitida tubdan o’zgardi. Chunki, oldin daromadi asosan mehnat daromadidan tarkib topgan bo’lsa, endilikda bu manba etarli bo’lmasdan qoldi. Shu tufayli, har bir oila endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishini xayotning o’zi taqozo etadi.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotida biznes korxonalari xisasini
oshirishga ko’plab shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsabu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojjatmoasida «xususiy tarmoqning jadal rivojlanishi, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko’payishini ta‘minlaydi» – deb ta‘kidlaydi.
Ushbu yig’ilishda kichik biznes sub‘ektlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maksadida, bu sohadagi eng muxim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilab qo‘yildi:
1. Davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash.
2. Xo’jalik sub‘ektlariga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari tizimini to’liq qayta ko’rib chiqish. Qasddan sodir etilmagan va katta bo’lmagan qoidabuzarliklar uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkorlar etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda to’liq qoplagan hollarda jazoni qo’llashdan voz kechish kerak.
3. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o’z maxsulotini sotish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, birja va auktsion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi va xajmini kengaytirishga qaratilgan qat‘iy chora-tadbirlar ko’rish, markazlashtirilgan taqsimot tizimiga qaytishga bo’lgan har qanday o’rinishlarga barham berish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
4. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shubhasiz, bu sohaga moliyaviy ko’mak, qo’shimcha soliq imtiyozlari va preferentsiyalar berishni taqozo etadi. Bu yordamni zamonaviy rivojlangan bank tizimi orqali, ishlab chiqarish korxonalariga foiz stavkalari uncha yuqori bo’lmagan kreditlar ajratish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Mikrokreditlash tizimini kengaytirish, bu ishni Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jaxon banki, Osiyo banki kabi xalqaro moliya tashkilotlari yordamida amalga oshirish talab etiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan ham qo’llabquvvatlanyapti. Shu maqsadda vazirlik va idoralarga kichik biznes uchun qo’shimcha kafolat va imtiyozlar berish bo’yicha xukumat qarorlari loyixasini tayorlash vazifasi topshiriladi. Bunda quyidagi masalalar ko’zda tutilishi zarurligi ta‘kidlangan:
1. Soliqqa tortish tizimida qo’shimcha imtiyozlar va proferentsiyalar berish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta‘minlash, soliqlarni xisoblash va to’lashning oshkora, soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish.
2. Faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun ruxsat berish
tartiblarini qisqartirish va soddalashtirish, kichik biznesni ariza berish asosida
ro’yxatga olish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
3. Yirik korxonalarning buyurtmalari asosida mayda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan yangi korxonalar tashkil etish, xonadonlarda mayda xususiy tsexlar ochishni rag’batlantirish.
4. Kichik korxonalarda ishlaydigan, ayniqsa, qishloq joylarda kasanachilik bilan shug’ullanadigan fuqarolar uchun moddiy-texnik ta‘minot bo’yicha xizmat ko’rsatadigan va ular tomonidan tayorlangan maxsulotlarni sotishga ko’maklashadigan tuzilmalar yaratish. Xizmat sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi uchun yana bir muhim tadbirlardan biri, ularga soliq imtiyozlarining
berilishi bo’ldi.
Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo’llab-quvvatlashda bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini
yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega. Bozor infratuzilmasini yaratish, tadbirkorlarni o’qitish, imtiyozlar berish, tadbirkorlik sub‘ektlarini ro’yxatga olishning huquqiy asosini takomillashtirish va ularning faoliyatiga aralashishni cheklash kabilar davlat tomonidan xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilayotgan choralarning faqat bir qismidir.
Respublikada, xususan, viloyatda tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay
sharoitlarning yaratilganligi quyidagilar bilan izohlanadi:
1) Turli rivojlangan bozor infratuzilmalari faoliyat ko’rsatmoqda: Respublika tovar–xomashyo birjasi, Agrosanoatbirja, Ko’chmas mulk birjasi, dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab–quvvatlash fondi, sug’urta agentliklari, tadbirkorlik sub‘ktlariga konsalting, auditorlik va axborot xizmati ko’rsatuvchi «Konsauditinform» agentligi, muhandislik va lizing firmalari, kadrlar tayorlash markazi, kichik ulgurji do’konlar tarmog’i va boshqalar.
2) Chet el kredit yo’nalishlari ochildi va ularni o’zlashtirish yo’lga qo’yildi.
3) 2002 yilda qabul qilingan «Kredit uyushmalari to’g’risida»gi qonun yakka va oilaviy tadbirkorlik sub‘ektlarini bankdan tashqari kreditlash faoliyatini kengaytirishga imkon yaratdi.
4) Xizmat sohasi tadbirkorlik sub‘ektlariga bir qator imtiyozlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvarda «Yirik sanoat
korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Farmoni va «Kasanachilik to’g’risida Nizom»ga ko’ra, kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta‘minlanadi.
5) Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida‖gi qaroriga binoan tadbirkorlik sub‘ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va
tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirishning soddalashtirilgan mexanizmlari joriy etildi.
6) Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta o’qitish, malaka oshirish tizimining rivojlanishini ta‘minlaydi.
7) Tadbirkorlar faoliyatiga g’ayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishda hokimiyatlarda, vakolatli vazirlik va tashkilotlarda o’rnatilgan ―Ishonch telefonlari‖ hamda tadbirkorlik sub‘ektlari ro’yxatga olingan vaqtida beriluvchi ―tekshirishlarni qayd etish daftari‖ ijobiy rol o’ynaydi.
Bu imkoniyatlar esa har bir tadbirkor uchun keng sharoitlar yaratilganligidan dalolatdir. Shu bilan birga aytib o’tish kerakki, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish hamda rag’batlantirish sohasida hali ko’p ishlarni amalga oshirish zarur. Tadbirkorlikni yuritishda teng bo’lgan imkoniyatlar, to’siqlar xaligacha saqlanib turibdi. Bu muammolarning hal etilishi davlatning tartibga solish bo’yicha funksiyalarini sezilarli darajada qisqartirishni ko’zda tutadi. Bizning hisob kitoblar bo’yicha O’zbekistonda 7,2 mln. oila mavjud. Shulardan 4,1 millioni qishloq hududlarida joylashgan. Hozirgi paytda qishloqlarda ham tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun sharoit yetarli. Zero, uning qonuniy asosi yaratildi. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: ―2025- yilgacha bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini, birinchi navbatda, qishloq joylarda rivojlantirish‖ lozimdir. Xizmat soxasini rivojlantirish orqali qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlar bir muncha tezlashadi.
Bunday chora-tadbirlar tadbirkorlikning rivojiga xam yordam beradi, daromadlarni oshirish va oilalar turmush darajasini tezroq yaxshilanishiga olib keladi. Shu tufayli, xizmatlar soxasini rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimiz uchun o’ta muhim tadbir ekanlini idrok qilishimiz va unga tegishli e‘tibor qaratishimiz zarur.
Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo’llab-quvvatlash tizimlarini tahlil
qilish quyidagi vazifalarni aniqlash imkonini beradi:
- infratuzilma rivojlanmagan qishloq joylarda ayollarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish bo’yicha resurs imkoniyatlarni aniqlash;
- yirik sanoat korxonalari tomonidan uyda bajariladigan ishlar va xizmatlarga buyurtma berish hisobiga uy mehnati ishchi o’rinlarini yaratish parametrlarini aniqlash.
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, barqaror iqtisodiy o’sishga ega bo’lgan
ko’plab davlatlarda xizmat ko’rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag’batlantirish va quvvatlash, intensiv omillar va mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi.
Xizmat ko‘rsatish soxasining yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- Respublikaning olis tumanlarida, borish qiyin va ish topishga talab haddan ortiq ko’p bo’lgan qishloq punktlari aholisiga har qanday xizmat ko’rsatayotgan tadbirkorlarga 3-5 yilgacha soliqlarning bir qismi yoki barchasidan ozod qilish. Bu
tadbirkorlarning o’z mablag’lari bilan xizmat ko‘rsatish yoki boshqa faoliyat turlarini kengaytirish imkonini beradi.
Soliqdan imtiyozlar berish hozirgi davrda juda muximdir. Chunki, ko’pchilik tadbirkorlar bozor qonuniyatlariga ko’nikma hosil qilmaganlar. Bu holat, albatta tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Shu tufayli, xizmat soxasida
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarga soliq stavkasini pasaytirish hamda, byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lanadigan majburiy ajratmalarni kamaytirish lozim;
- Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlarini to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish
va engil shartlar bilan kredit va qaytimsiz grantlar berish;
- Ish bilan bandlikni ta‘minlash maqsadida yirik sanoat korxonalari o’rtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar (kasanachilik) bo‘yicha hamkorlikka yanada keng sharoitlar yaratish;
- Xizmat soxasi tadbirkorlik sub‘ektlariga axborot maslahatlarini berishda
ko’maklashish;
- Xizmat soxasi tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayorlash va ularning malakasini oshirish. Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizda xizmat soxasini rivojlantirish va davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu borada xorijiy ilg’or tajribaga respublikaning o’ziga xos milliy xususiyatlari hisobga olinib yondashilsa maqsadga muvofiqdir.
Amalga oshirilgan tadqiqotlarimizda Respublikada xizmatlar sohasini
rivilantirishning kelgusi istiqbollari haqida so‘z yuritdik hamda buni amalga oshirish uchun amaliy tavsiyalar berishga harakat qildik. Izlanishlar natijasida bir qancha xulosalarga ega bo‘ldik. Xususan:
- Xizmat ko‘rsatish va servis soxasini qo’llab-quvvatlashda bozor infratuzilmasi va tadbirkorlik sub‘ektlarini ishonchli huquqiy himoyalash tizimini yaratish, xususan tadbirkorlarni birlashtirib, ular manfaatini himoya qiluvchi jamoat va nodavlat tashkilotlari katta ahamiyatga ega.
- Jahon tajribasining ko’rsatishicha, barqaror iqtisodiy o’sishga ega bo’lgan ko’plab davlatlarda xizmat ko’rsatish sohasida ishlovchilarning ulushi 50 foizdan kam emas va bu bozor infratuzilmasi tarmoqlarini rag’batlantirish va quvvatlash, intensiv omillar va mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish orqali ta‘minlanadi.
- xizmatlar eksporti tovarlar eksportiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Buning asosiy sababi, xizmatlar ko‘rsatishga katta capital qo‘yilmalarning talab etilmasligidir.