Referat mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari. Qabul qildi: Jo’rayev. N


TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XO‘JALIK



Yüklə 316,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix01.02.2023
ölçüsü316,39 Kb.
#82256
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Buvanazarov Bekzod 1

3.TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XO‘JALIK
SUBYEKTLARI BO‘SH PUL MABLAG‘LARINI JALB ETISHNI
YANADA
RAG‘BATLANTIRISH
QO‘SHIMCHA
CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul
mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish, pul mablag‘larini bank
aylanmasiga yo‘naltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish
maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya
vazirligining tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq
ma’qullansin.
Mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan Kompleks chora-tadbirlarni belgilangan
muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Markaziy bank, tijorat
banklari va boshqa tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari mijozning birinchi
talabiga binoan banklarning barcha filiallari tomonidan aholi omonatlari
bo‘yicha naqd pul mablag‘lari berilishini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratni
o‘rnatsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-
sentabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida


to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallar bilan jihozlanishi kerak bo‘lgan
chakana savdo va pullik xizmatlar sohasi obyektlari ro‘yxatini qayta ko‘rib
chiqsin hamda kengaytirsin;
Toshkent shahri, viloyat va tuman markazlari, viloyatlarga qarashli
shaharlardagi savdo hamda to‘lov xizmatlari sohasi obyektlarini bosqichma-
bosqich to‘lov terminallari bilan jihozlash jadvalini tasdiqlasin.
Belgilansinki, mazkur ro‘yxatga kiritilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi
korxonalari tomonidan to‘lov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan
foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini o‘rnatish
hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga
tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javobgarlik yuklanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari:
savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali
qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarining mavjudligi hamda ulardan
majburiy ravishda foydalanish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
Savdo va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hamda hisob-kitob
terminallaridan
foydalanish
qoidalari
buzilishi,
shuningdek
plastik
kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilishdan noqonuniy
bo‘yin tovlash holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun
hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llasin;
Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalar tomonidan to‘lovlarni plastik
kartochkalar orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish
masalalari bo‘yicha tezkor ravishda chora ko‘rish uchun xizmat ko‘rsatuvchi
tijorat banki bilan birgalikda har bir mintaqada mijozlarning arizalarini, shu
jumladan “ishonch telefonlari” orqali murojaatlari ko‘rib chiqilishini hamda
kelib tushadigan murojaatlarning zudlik bilan tekshirilishini tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya


vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda tovarlar
hamda xizmatlarni chek bermasdan sotish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-
kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganligi uchun
chakana savdo subyektlari javobgarligini jinoiy javobgarlikkacha qat’iy
kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy
muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
«Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni
jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat
banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar
tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada
kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish
dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi»,
deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uy-joy fondini ta'mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish
manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi oqibatida
umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari
va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar
mavjud. Ulardan eng ko‘plari – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m,
Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard


so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir.
Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini
yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar,
kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi
zarurligini ta'kidladi.

Yüklə 316,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin