1.Anrtopologikalasi--Antropologiknow – (antropo va logiknow) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining paydo boʻlishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, oʻzgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.Antropologiyaga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo boʻlganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi – odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni oʻrganadigan boʻlimi – „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-asr oʻrtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo boʻlishida faqat tabiat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol oʻynagan. Odam paydo boʻlgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bogʻlangan. Antropologiyaning fan boʻlib rivojlanishida tabiat va jamiyat toʻgʻrisidagi fanlar ijobiy rol oʻynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytganda, Antropologiya quyidagi uchta katta boʻlimdan iborat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropogenez; 3) irqshunoslik (etnik Antropologiya)- Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab oʻzgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irqlarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham oʻz hissasini qoʻshadi. Antropologiya oʻzining turlicha tekshirish usullariga (antropometriya, osteometriya, kraniometriya) va koʻp xil asboblariga ega. Antropologiya biologiya fanining faqat nazariy sohasi boʻlibgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega boʻlgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan koʻp sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas.odamning jismoniy oʻsishini oʻrganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston oʻzining geografik oʻrniga koʻra uzoq oʻtmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qoʻshni xalqlarning ham tarixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol oʻynagan. Bu oʻlka, xususan Oʻzbekiston xalqlarini antropologik jihatdan oʻrganish 20-yillarda rivojlandi. Bu ishda Oʻrta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va doimiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta boʻldi. Uning rahbarligida Turkiston boʻylab 29 antropologik ekspedisiyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natijasida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida yashovchi oʻzbeklar va tojiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri – yevropeoid irqining „Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi“ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I.Yarxo bu irqni „Pomir-Fargʻona tipi“ deb atadi. Fargʻona vodiysidagi Selung'ur va Surxondaryodagi Teshiktosh gʻorlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli Oʻzbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo boʻlishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. Oʻzbek xalqiga xos „Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi“ning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yoʻq edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 – 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir boʻldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Oʻzbek antropologlari (T. Xoʻjayov)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 – 2300-yil ilgari shakllana boshlaganligini isbotladilar. Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. «Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.
Insonning ma`naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit berishi mumkin.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi.
Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha hususiyatlar shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi.
2.