2–rasm. Normal zichlikdagi yupqa gaz qatlami molekulalarining manzarasi
(tahminan 1mln marta kattalashtirilgan).
2-rasmda shakli parallelipipedga o’xshagan nafis gaz qatlamidagi molekulalarning
go’yo bir onda olingan rasmi ko’rsatilgan. Manzaraning chiziqli o’lchamlari haqiqiy
o’lchamlariga nisbatan tahminan 1 mln. marta kattalashtirib berilgan. Rasmda ikkita
molekulaning to’qnashuvi tasvirlangan, strelkalar molekulalarning to’qnashgunga
qadar va undan keyingi tezliklarining yo’nalishini ko’rsatadi [8].
Broun harakatini nazariy jihatdan o’rganishlar statistik qonunlarni bevosita
tajribalarda tekshirishga turtki bo’ldi. Bunday tajribalarni Perren, Svedberg va
boshqalar o’tkazishdi. Gazlar kinetik nazariyasining formulalarini Broun zarralariga
tadbiq qilib, Perren ularni emulsiyada tik taqsimlanishi, atmosferadagi molekulalar
sonining balandlik bo’yicha taqsimoti kabidir, degan xulosaga kelgan. U o’tkazgan
juda ko’p tajribalar bu fikrning to’g’riligini tasdiqladi. Svedbergning emulsiyadagi
zarralar sonini sanash bo’yicha o’tkazgan tajribalari, o’ta ishonchli va qiziqarlidir.
Olingan natijalar, Smoluxovskiy yaratgan zichlikning fluktuatsion nazariyasi bilan
juda yaxshi mos keldi.
Eynshteyn va Smoluxovskiy ishlaridan keyin, broun harakatining nazariyasi ham
matematik, ham fizik jihatdan o’zining keyingi rivojlanishiga erishdi. Smoluxovskiy
ishlari asosida yaratilgan broun harakatining statistik nazariyasi, molekulyar-kinetik
nazariya chegarasidan chiqib, ehtimollar nazariyasida (Markovning tasodifiy
jarayonlar nazariyasi) juda ahamiyatli bo’lib qoldi. Fluktuatsiya nazariyasi fizikaning
boshqa bo’limlariga ham bevosita tadbiq qilinib, yanada rivojlantirildi.
Statistik nazariya to’la g’alabaga XX asrning boshlarida, tajribalarda
tasdiqlangandan keyingina erishdi. Bu vaqtga kelib ushbu nazariya Gibbsning ishlarida
fizikaning mustaqil sohasiga-statistik mexanikaga aylandi. Gibbs tomonidan yaratilgan
statistik uslub, undan avval yaratilganlaridan xam umumiy, xam abstraktligi bilan
ajralib turadi. U statistik fizika rivojlanishining dastlabki bosqichlariga ta’lluqli bo’lib,
yaqqol molekulyar modellarga ehtiyoj sezmadi. Gibbs metodi asosida-alohida
molekulalarning harakat qonunlari va xossalari bo’lmasdan, ko’p sonli erkinlik
darajalari ya’ni statistik aspekt turadi [5]. Statistik fizikani fan sifatida yaratish uchun
Gibbs fazaviy fazo, fazaviy nuqta, fazaviy trayektoriya va statistik ansambl
tushunchalarini kiritdi. Fazaviy fazo deganda 6 N o’lchamli formal fazo tushuniladi,
chunki, bitta zarraning holatini aniqlash uchun uchta koordinata x, y, z va uchta
impulsning proyeksiyalari p
x,
p
y ,
p
z
larni bilish kerak. Demak harakatdagi bitta
zarraning holatini aniqlashga 6 ta, N ta zarraning holatini aniqlash uchun esa 6N ta
kattalikni bilish kerak ekan. Bunday fazoda N ta zarraning holati bitta nuqta bilan
ifodalanadi, bunday nuqtaga fazaviy nuqta deyilib, u, sistemaning bitta mikroholatini
ifodalaydi. Vaqt o’tishi bilan zarralarning holati o’zgargani uchun, fazaviy nuqtaning
o’rni fazaviy fazoda o’zgaradi, shuning uchun fazaviy nuqtaning fazaviy fazoda
qoldirgan iziga fazaviy trayektoriya deyiladi. Muvozanat holatidagi qaralayotgan
sistemaga taalluqli fazaviy nuqtalar to’plamiga yoki mikroholatlar soniga statistik
ansambl deyiladi. Boshqacha aytganda, statistik ansambl qaralayotgan sistemaga
taalluqli turli mikroholatlarda turgan mikrokanonik sistemaning nusxalari to’plamidir
[6].
XX asrning boshlarida kvant fizika fani vujudga kelgach, kvant zarrachalarni
tavsiflash uchun Boze-Eynshteyn va Fermi-Dirak statistikalari yaratildi. Bоzе –
Eynshtеyn stаtistikаsi 1924-yildа hind fizigi Sh.Bоzе tоmоnidаn fоtоnlаrni tаvsiflаsh
uchun taklif etilgаn,shu yili А. Eynshtеyn uni idеаl gаzlаrni tаvsiflаsh uchun hаm
qo`llаgаn.
Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, statistik qonuniyatlarning asosini yoki o’zagini
ESG’T lar tashkil qiladi. ESG’T larning paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan tanishish
bilan birgalikda fizika faniga Klauzius,Joul, Mayer, Lomonosov,Kryonig, Mayer,
Maksvell va Bolsman, Gibbs, Broun, Perren, Smoluxovskiy, Eynshteyn, Fermi, Dirak,
Boze va boshqa ko’plab ulug’ siymolarning qo’shgan xissalari va qilgan ishlari bilan
tanishamiz. Bularni o’rganish esa o’quvchi va talabalarda fanga bo’lgan qiziqishni
kuchaytiradi. Chunki ko’pchillik o’quvchi va talabalar bu fanni o’rganishda
qiynaladilar. Nima sababdan fizika faniga ESG’T larning kirib kelgani va uning
qanday ahamiyat kasb etishini anglab yetish muhim va zarurdir.Demak, ushbu
keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz ta’lim tizimida ESG’Tlarni shakllantirishda yaxshi
natija beradi.
Dostları ilə paylaş: |