Реферат mavzu: inson ekologiyasi


INSONIYATNING    EKOLOGIK     IXTISOSLASHISHI



Yüklə 448,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.01.2022
ölçüsü448,19 Kb.
#51410
növüРеферат
1   2   3   4   5
inson ekologiyasi

              INSONIYATNING    EKOLOGIK     IXTISOSLASHISHI 

      Tabiiy va sun'iy muhit omillari insonga doimo ta'sir ko’rsatadi. 

Sayyoraning turli joylarida har xil tabiiy omillarning ta'sirida insoniyat 

rivojlanishi tarixi davomida yer shari aholisining ekologik ixtisoslashishi 

natijasida odamlarning adaptiv (moslashgari) tiplari kelib chiqqan. 

Adaptiv tip — yashash sharoitiga biologik reaksiya normasi bo’lib, 

insonning o’sha sharoitga yaxshi moslashishini ta'minlovchi morfologik, 

funksional, biokimyoviy, immunologik belgilar kompleksining 

rivojlanishi bilan ta'riflanadi. Har xil iqlimli hududlarda yashovchi 

xalqlarning ovqatlanishida ham o’ziga xosliklar mavjud. Shu tufayli 

ularning hazm fermentlari sintezida, ajratilishida va sifatida ham 

moslanuv-chanlik o’zgarishlari kuzatiladi. 

Insonlarning quyidagi adaptiv tiplari farq qilinadi: arktik, tropik, o’rta 

iqlim zonalari, baland tog'liq, cho'1 va chalacho'l adaptiv tiplari. 

Arktik adaptiv tip. Sovuq iqlim va ko’proq hayvon mahsulotlari bilan 

oziqlanish sharoitida shakllanadi. Arktika xalqlari hazm sistemasida 

o’simliklar tarkibidagi C vi-taminni kam iste'mol qilishga moslanish  

 

xususiyati rivojlangan. Arktik adaptiv tipning xarakterli belgilariga 



tananing suyak-muskul sistemasi yaxshi rivojlanganligi, qonda oqsil, 


yog’larning ko’p miqdorda bo’lishi va boshqalar kiradi. Arktik tip uchun 

energiya almashinuvining kuchliligi va termoregulyatsiyaning yaxshi 

rivojlanganligi ham xarak-terlidir. 

Tropik adaptiv tip. Issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili 

nisbatan kam sharoitda shakllanadi. Ekologik sharoitning xilma-xilligi 

ham bu tipning shakl-lanishiga ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham 

subtropik va tropik viloyatlarda yashovchi aholi irqiy, etnik jihatdan 

xilma-xil guruhlarga kiradi. Negroidlar uchun xarakterli belgilarga 

tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kamligi, oyoq va 

qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p bo’lishi 

hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir. 

Tog' adaptiv tipi. Bu tipning shakllanishida asosiy ahamiyatga ega 

bo’lgan ekologik omil — gipoksiya (havoning tarkibida kislorodning 

miqdori kamligi hodisasi) hisoblanadi. 

Baland tog’likda yashovchi aholida uning qanday irqqa kirishidan qafiy 

nazar moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda 

eritrotsitlar ko’p bo’lishi kuza-tiladi. 

Markaziy Osiyo aholisi orasida tog’ adaptiv tipiga mansub 

populyatsiyalar ham uchraydi (Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekistonning 

tog’li hududlari). 

Sahro, yarimsahro, cho'l adaptiv tipi Quyosh nurlanishi kuchli, issiq, 

quruq, o’ta kontinental iqlim sharoitida shakllanadi. Bu tip uchun  

issiqlikning, ko’p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning 

ko’p iste'mol qilinishi xarakterlidir. Markaziy Osiyo hududida yashovchi 

ko’pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi. 



Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat ekologik omil-lar 

ta'sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluv-chi 

adaptiv (moslashgan) tiplarga ajralgan. 

Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qafiy nazar, turning genofondi bilan 

belgilanuv-chi moslashish mexanizmlari asosida, konkret ekologik 

muhitga moslashish natijasida shakllangan. 

Antropogen ekosistemalar, ularning inson salomatligiga ta'siri. Eng 

muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga shaharlar, qishloqlar, 

transport kommunikatsiyalari kiradi. 

Shaharlarda tabiat muhitining o’zgarishi yaqqol namoyon bo’ladi. 

Sanoat va tur-mush chiqindilari tuproqda, suvda, o’simliklarda 

mikroelementlarning ko’payib ketishi-ga sabab bo’ladi, shahar 

aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar keng tarqal-adi. 

Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha 

nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug’lik yetishmasligi esa D 

avitaminozini ko’paytiradi. 

Qishloq ekologik sistemalari o’z xususiyatlari jihatidan shahar 

ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o’simlik 

turlarining xilma-xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli 

va parazitar kasalliklar qishloqda ko’proq uch-raydi. 

 

Qishloq xo’jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy 



moddalarning ko’p ishlatilishi qishloq aholisining  

 

 



                                         

                                       




                                      INSON VA TABIAT 

      Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun mu-qaddas 

go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. 

O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr 

tabiatni asrash, uning boyliklari-ni ko'paytirish tuyg'usi bilan 

uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz 

«Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga 

mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz 

«Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» 

so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so'zlaridan olingan bo'lib, u 

atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, fnuhit 

halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi 

bilim-larni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. 

     Yangi asrning barkamol kisliisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini 

ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu 

atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega 

bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, 

tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida 

qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuk-sak ko'rsatkichldir. 

    Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat 

egasi, deb atash mumkin. 

     Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv 

havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-

joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni 

ekish, hayvon¬larga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon 



va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish 

ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi. 

    Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, 

jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. 

Bularning barchasi ekologik madaniyat -ni yanada yuksaltirish 

masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. 

     Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika 

yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni 

buzmoqda, unga nisbatan shafqat-sizlarcha munosabatda bo'lmoqda. 

Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani 

o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, 

kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson  

 

salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan 



zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda 

hayvonot ola-mi va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport 

vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. 

Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda. 

     Buni yodda fitting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston 

Respublikasining «Tabiatni muhofa/a qilish to'g'risida»gi 

     Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi va «Ekologik 

ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab ehiqiidi, «Ekosan» jamg'armasi 

tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va 

ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya ishlarining 

huquqiy asosini yaratdi. 



     Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his 

qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va 

issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga 

bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli 

mu-nosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga 

munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi. 

      Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga 

muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning 

go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan 

boshlanadi. 

      O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgir-lik, nazokatlilik 

kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va 

o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. 

    Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni 

ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish 

imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini 

topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan 

qarashdan oziq oladi. 

    Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni meh-nat va jasoratga 

undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol top-tiradi hamda ko'p narsaiarni 

talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani 

tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib 

qoladi. 

     O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi 

muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni 

e'zozlash haqida qimrnatli fikrlar aytganlar. 




     

 Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga 

mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning 

boshiga g'am kul-fati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz 

daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tut-gandir? 

     Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr 

aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». 

    Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asa-rida ko'rgan-

kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari 

va odamlari, xalqlar-ning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, 

turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan 

kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha 

maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, man-zarali hamda mevali 

daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan. 

     Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvo-zanatni saqlaydi, 

bu borada boshqalarni ham to'g'ri fao-liyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech 

bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslan-

masligiga hissa qo'shadi. 

     Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, 

tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan 

o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning 

vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga 

bir-galikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi.   Masalan, 

birgina    Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. 

    Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar 

bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston 




mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin 

kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo 

mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. 

    Bunt yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida 

joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkma-niston emas, butun dunyo 

iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo 

ahamiyatidagi muammodir. 

     Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boylikJarimizni, 

bizgacha mavjud boigan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni 

ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, 

bu — faqat tabiat-ga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, 

yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni 

g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir. 

 

 



Chiqindilarni to`plash va olib chiqishning yaxshi yo`lga qo`yilmagan 

mexanizmi ekologik xavfni oshirib, aholi salomatligiga ta`sir qilishi 

mumkin.  

    Shu bois uchrashuvda bu boradagi muammoni hal qilishda davlat va 

jamoat tashkilotlarining e`tiborini ham jalb qilishni talab etishi 

ta`kidlandi. 

  Mamlakatimizning aholisi eng ko`p hisoblangan Toshkent shahrida har 

yili 1 million tonnaga yaqin qattiq maishiy chiqindilar to`planadi. 1999 

yildan buyon Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan "Toshkent 

shahrida sanitariya tozalash tizimini takomillashtirish" loyihasi amalga 

oshirilayotir. Bu ishga xorijiy sarmoyalar ham jalb qilingan. Turarjoy 



dahalarida 1140 ta chiqindilarni to`plash punktlari tashkil etilib, 13 

mingdan ziyod metall konteynerlar o`rnatilgan. 340 ta yangi zamonaviy 

chiqindi to`plash mashinasi xarid qilindi va ularga texnik xizmat 

ko`rsatish tashkil etildi.  

   Hamza, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarida chiqindilarni qayta 

yuklash stantsiyalari barpo etildi. Ta`mirlash xizmatlari binolarini qayta 

tiklash va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 

    Respublikada sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom 

etmoqda. Biroq uchrashuv ishtirokchilari bu boradagi ishlar 

poytaxtimizdagi kabi hamma joyda ham samarali bajarilmayotganini 

ta`kidladi. Ular bu ishlarning samaradorligini oshirish uchun 

chiqindilardan foydalanish tizimiga iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish, 

tegishli bozor va xizmatlarni tashkil etish, bu sohaga o`zini tez 

qoplaydigan qo`shimcha investitsiyalarni jalb etish zarurligiga e`tibor 

qaratdi.  

    Shuningdek, chiqindilarni ko`mish uchun barcha maydonlarni 

pasportlashtirish va bunday ob`ektlarga me`yoriy-texnik talablarni 

inoAsosiy > Yangiliklar > "Sanoat va maishiy chiqindilar hamda  

 

 

 



 

    Shu bois yangi dasturda chiqindilarni boshqarish, ulardan foydalanish 

bo`yicha umumrespublika, soha va hududiy xususiyatga ega tadbirlarni 

amalga oshirish ko`zda tutilgan. 




    Anjuman ishtirokchilari ushbu dasturda bu borada tegishli qonunlar 

va huquqiy baza yaratilishini ko`zda tutish, chiqindilardan foydalanish 

tizimini iqtisodiy rag`batlantirish, xizmatlar bozorini shakllantirish, 

korxonalar chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalarni yanada keng 

o`zlashtirishiga e`tibor qaratish zarurligini ta`kidladilar. Shu bilan birga, 

turli chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta`siri bo`yicha 

doimiy monitoring tashkil etish, masalaning dolzarbligidan 

jamoatchilikni xabardor qilish va kishilarimizning ushbu muammoni hal 

etishdagi ishtirokini kuchaytirish katta ahamiyatga ega. 

                                   




Yüklə 448,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin