Реферат mavzu: inson ekologiyasi


O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo'llari



Yüklə 448,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix19.01.2022
ölçüsü448,19 Kb.
#51410
növüРеферат
1   2   3   4   5
inson ekologiyasi

 

O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo'llari 

 

O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona 



foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar 

hisoblanadi:  Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, 

beosferaviy muvozanatni saqlash; O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy 

resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab 

chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash 

tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona 

foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish 

hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini 

landshaftlarning xilma - xiligini saqlash.Vujudga kelgan Orol dengizi 

muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik - iqtisodiy va ijtimoiy 

ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini 




sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo'yi aholisini normal sanitar 

sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari 

bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab 

chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan 

suvi, ya`ni Orol bo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish kabi ishlar 

rejalashtirilgan.  Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy 

yo'nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining 

sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish 

buning uchun Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni 

kamaytirish, kam chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to'plovchi 

va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish 

samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan 

almashtirish va boshqalar . Orol dengizinimg qurishi iqlim o'zgarishiga 

ham sababchi bo'ldi. Qurg'oqchilik tufayli iqlimning keskin 

kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o'rtasidagi haroratning 

o'zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to'lqinlanish hodisasini 

kuchaytirishiga olib keldi.  Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib 

ketdi . Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi 

bilan to'lib bormoqda. Orol bo'yining sanitar-epidemiologik ahvoli 

nihoyatda og'irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga 

kelayotgan muammolar hal qilinmasa insonoyat va butun mavjudodning 

hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay 

olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, 

uning har-bir qarich yerini ko'z qorachig`iday asrashimiz, tabiat 

boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab 

ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g'amxo'rlik qilishimiz lozim. 



 

Yüklə 448,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin