Changga qarshi kurash chora-tadbirlari Chang kasalliklarining oldini olish maqsadida quyidagi choratadbirlar amalga oshiriladi
1.qonuniy tartibdagi choralar;
2.changning hosil bo'lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;
3.shaxsiy muhofaza chora-tadbirlari.
O'zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonunlari Kodeksiga asosan, ishlab chiqarish changlarining ta'siri bo'lishi mumkin bo'lgan ishga kirishdan oldin tibbiyot ko'rigidan o'tkaziladi. O'pka sili va miring o'pkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo'llari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir tizimining organik kasalliklari va boshqalar bilan og'rigan kishilarga qabul qilinmaydilar.
20 yoshgacha bo'lgan shaxslar changli ishlarga qo’yilmaydilar, chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi kattalardagiga nisbatan og'irroq o'tadi.
Umuman sanoat korxonalari, xonalari va sexlari havo muhitidagi changlar bu zonalarda ishlayotganlar sog'ligiga xavf solmasligini ta'minlash maqsadida chang miqdorining yo’l qo'yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) sanitar-gigienik me'yorlari belgilangan huijatlar mavjud. Eng ko'p tarqalgan va xavfli changlarning YQOD i SN 245-71 va GOST 12.1.005-76 «Ishchi zonasining havosi. Umumiy vsanitariya-gigiena talablari» da keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor belgilangan (4-jadval). Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tarkibida 70% dan yuqori kremniy (II) oksidi bo'lgan changlar uchun YQOD 1 mg/m dan oshmasligi kerak. Kamroq zararli changlar uchun u kimyoviy tarkibiga qarab 2 dan 10 mg/m atrofida bo'ladi.
Texnologik jarayonlarning va ish zonasiga zaharli moddalarning tushishiga qarshi kurash vositalarining: hozirgi ahvolida ishchilarning nafas olish zonasida zaharlarning bo'lmasligini talab etish, albatta me'yoiiy holat hisoblanadi, shunday natijaga erishish esa juda mushkul texnik vazifa bo'lib, uni ado etish katta moddiy xarajatlar bilan bog'liqdir. Shunga ko'ra mehnat gigienasida yo'l qo'ysa bo'ladigan bezarar miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keldi.
GOST 12.1.005-76 ning «Ish zonasi riavosi» bo'limida bu zichlik miqdori quyidagicha belgilanadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning yo'l qo'yiladigan zichlik miqdorlari—8 soat davomidagi kundalik ishda (dam olish kunlaridan tashqari) yoki boshqacha davomlilikda, biroq haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, butun ish qobiliyati davomida ish jarayonida yoki hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining keyingi muddatlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan .aniqlanadigan kasalliklar yoki sog'lik holatida chetlanishlar keltirib; chiqara plmaydigan zichlik miqdordir.
Ishlab chiqarish zaharlari yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) ni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi; b) tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; d) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma'lumotlariga, ishchilarning sog'liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi.
Ishlab chiqarishga yangi kiritiladigan birikmalar uchun materiallarning dastlabki ikki gruppasidan va agar yangi texnologiyani ishlab chiqarish jarayonida laboratoriya-ishlab chiqarish uskunalarida olingan gigienik ma'luniotlar bo'lsa, ulardan ham foydalaniladi.Bunday hollarda tavsiya etilgan YQOD gigienik kuzatuv ma'lumotlari, shuningdek, sanoat korxonalaridagi ishchilarning sog'liq holati va kasallanish ma'lumotlarini yig'ishga qadar, ilgari taklif etilgan YQOD miqdorini aniqlash maqsadida vaqtinchalik hisoblanadi. YQOD ni asoslashda moddalarning taqribiy va tuzilish formulasi, molekular massasi va nisbiy zichligi, erish va qaynash nuqtasi, turli muhitlarda eruvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyati va zaharli xossalarning yuzaga chiqishiga ta'sir qila oladigan va havodagi zaharning ta'sir etadigan zichlik miqdorlari paydo bo'lishi imkonini belgilaydigan qator boshqa ko'rsatgichlar hisobga olinadi. YQOD ni belgilashda havodagi moddaning kimyoviy yoki fizik usulda tekshirish majburiy hisoblanadi.
Ish xonasi hayosidagi zararli1 moddalar YQOD ni belgilash maqsadida tajriba tadqiqotlari to'liq yoki qisqartirilgan hajmda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda tavsiya etilgan YQOD ning taxminiy miqdori hisoblash usuli yordamida olinishi mumkin.