Referat mavzu: Ishlab chiqarish nazariyasi va uning modellari. Qabul qildi: Xayriyev G‘ayrat



Yüklə 84,32 Kb.
səhifə2/8
tarix07.02.2023
ölçüsü84,32 Kb.
#83347
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Referat mavzu Ishlab chiqarish nazariyasi va uning modellari Q

Zaruriy mahsulot - bu ishchi va xizmatchilar tomonidan ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratiladi va ularga ish haqi, mehnat haqi ko’rinishida beriladi. Zaruriy mahsulot Ish haqi Ijtimoiy himoya
Jamiyat taraqqiyotini moddiy bazasi ishlab chiqarish bilan hosil qilinadi. Ishlab chiqarish mehnatga yaroqli bo’lgan ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ko’tilishi va uni harakatga keltirilishi tufayli moddiy ne‘matlar hosil qilishdir.
Resurs - bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ishlatiladigan hamda qo’llaniladigan moddiy-ashyoviy bo’lib, tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo kabi vositalardan tashkil topadi.
Inson faoliyati moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratishga qaratilar ekan, avvalo ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Ishlab chiqarishni tashkil etish resurslarni talab qiladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Ishchi kuchi;
2. Mehnat qurollari;
3. Mehnat vositalari.
Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir.
Mehnat qurollari - bu inson mehnati yordamida mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan mexanizmlar (dastaklar)ga aytiladi. Masalan: stanoklar, traktorlar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va hakozolar.
Mehnat predmetlari - mehnat ta‘siri natijasida tovar mahsuloti tayyorlanadigan barcha xom ashyolar massasidir. Masalan, sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda ishlatiladigan - urug’liklar, mineral o’g’itlar, yoqilg’ilar, materiallar, yer, suv shular jumlasidansir. Mehnat predmetlari tabiat mahsuli yoki oldingi davrlardan qolgan mehnat mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Mehnat predmeti va mehnat qurollarini birga qo’shilishi ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma‘no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo’lingan edi, ya‘ni:
1. Moddiy omil;
2. Shaxsiy omil.
Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko’mir, neft‘, gaz, ruda, metall...) ham ishlab chiqarish vositalari deb ta‘rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab chiqarishning деб shaxsiy omili yuritiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili ko’rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan olindi.



Ishlab chiqarish omillari




Yüklə 84,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin