Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha)



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə8/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Yamayka jahon valyuta tizimi (1976y.-hozirgi paytgacha). 1976 yili
Kingstonda (Yamayka) bo`lib o`tgan XVFning navbatdagi yig`ilishida yangi 
valyuta tizimiga asos solindi. Yamayka bitimining yo`riqlari asosida, xalqaro
valyuta mexanizmini tashkil etish tamoyillarini quyidagicha keltirish mumkin: 
• oltinning qiymatni o`lchash sifatida va valyuta kurslarini hisoblash
vositasi sifatidagi tangar funktsiyasi bekor qilindi. 
• Oltin erkin narx belgilanadigan oddiy tovarga aylandi. Bir vaqtning o`zida u,
yuqori likvidli aktiv sifatida maxsus tovar bo`lib qolaveradi. Kerak bo`lib 
qolganda, oltin sotiladi va undan olingan valyuta tushumidan to`lov uchun
foydalaniladi. 
Muomalaga SDR andozasi (Special drawing rights - SDR) - «maxsus
qarzdorlik huquqi» kiritildi. Bundan ko`zlangan maqsad, ushbu valyutalarni asosiy 
zahira avuari qilib, boshqa zahira valyutalarni, birinchi navbatda, AQSH dollari
rolini pasaytirish edi. 
Mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi. Mamlakatlar
o`rtasida amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul birliklarining suzib 


yuruvchi kursiga asoslana boshladi. Kurslarning tebranishiga, asosan, ikkita omil


ta`sir ko`rsatar edi: 
a) valyutaning mamlakat ichki bozoridagi xarid quvvati, real qiymat
nisbatlari; 
b) xalqaro bozorlarda, milliy pulga bo`lgan talab va taklif.
O`tgan asrning 90-yillariga kelib, suzib yuruvchi kurs omillarini tadbiq 
etish natijasida, xalqaro valyuta tizimini tashkil etishning quyidagi elementlariga
asoslangan murakkab chizmasi paydo bo`ldi; 
1) munosabatlarni saqlash kerak bo`lgan alohida milliy valyutalar, asosiy
tayanch birliklar sifatida tanlanadi, aniqrogi, o`z valyuta kursini boshqa valyutaga 
bog`lash;
2) valyuta kurslarining tebranish darajasi bir xil emas, shuningdek, tebranish 
oralig`i keng.
Bunda, valyuta kursi, ayrim valyutalarga nisbatan ma`lum oraliqda ushlab 
turiladi, boshqa valyutalarga nisbatan esa, erkin almashiladi. Boshqacha so`z
bilan aytganda, milliy valyuta pariteti, asosan, SDRga nisbatan ushlab turiladi. 
Amalda mamlaqatlaming valyuta tartibini e`lon qilishlari turlichadir.
1988 yilda 58 mamlakat o`z valyuta kursini, bitta asosiy hamkor mamlakat 
valyutasiga nisbatan o`rnatishi haqida qaror qabul qilindi: amerika dollariga (39
mamlakat), frantsuz frankiga (14 frank hududi mamlakatlari) va boshqa 
valyutalarga (5 ta mamlakat).
Yamayka bitimiga asosan, jamoa zahira valyuta birligi sifatida SDR tan 
olindi.
SDRning qiymati dastlab, oltinga ko`ra belgilangan (SDR=0,888671 sof 
oltin) bo`lsa, 1974 yil 1 iyundan boshlab, SDR kursi «valyuta savati»ga nisbatan
aniqlana boshlandi. 
SDR bo`yicha depozitlar foiz keltiradi. Agar XVFda SDRdagi avuarlar
assignovaniyadan ortiqcha bo`lsa, mamlakat foiz oladi, aksincha, SDRdagi 
avuarlar assignovaniyadan kam bo`lsa, foiz to`laydi. U, a`zo mamlakatlarga
XVFda ajratilgan kvotalar asosida XVFdagi maxsus hisobvaraqlarda olib boriladi. 

Ushbu kvotalar, to`lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy


valyutani sotib olishga ishlatiladi. Ammo, SDRning xalqaro hisob-kitoblardagi 
ulushi 6 foizga yaqin. Ko`pchilik iqtisodchilarning fikricha, SDRga zahira
valyutasi sifatida emas, balki ko`proq darajada kredit sifatida qarash kerak. Lekin, 
SDR ham zahira, ham kredit valyutasi hisoblanadi.
Shunday qilib, jahon valyuta tizimining uchta ko`rinishi amal qilgan va 
oldinma keyin bir-birini o`rnini almashtirgan. Ulardan birinchisi - «oltin tanga
andozasi» tizimi - qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini bajaruvchi oltinga 
asoslangan. Milliy birliklarning kursi oltinga qattiq bog`langan bo`lib, valyutalar
bir-biriga oltin bilan ta`minlanganligi orqali, qattiq kurs bo`yicha taqqoslangan. 
Valyuta kurslarining e`lon qilingan nisbatlardan og`ishi + 1% dan ortmagan va
«oltin nuqtalar» chegarasida bo`lgan. 



Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin