I-BOB. LOYIHANI BOSHQARISH ASOSLARI VA KONSEPSIYASI
1.1.
Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash,
chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga
qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat
sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.)
aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin
tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida
etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb
qilish;
potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat
sohasiga qayta taqsimlash;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan
yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga
quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash
hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta
ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib chiqishga
yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga
mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni
investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib
turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan investitsiya
loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng tarqalib
ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi mazkur
atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan aniqlanishicha
loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim
ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda qat’iy cheklanganlikka ega
bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda mazkur
sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad, foyda,
iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning oshishi va shu
kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi barcha holatlar
uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab chiqish va uni
baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida,
loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli
tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan
boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi.
Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish mumkin:
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar (maqsad) bilan
bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim vazifa (“Loyihalarni
boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir, masalan,
katta korxona (tolkoviy slovar Webster).
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va mexanizmlar
ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni sifatida qaratilish
mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |