2.2.
Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari
va bosqichlari
Investitsion strategiyalar uzoq davomli jarayonlarni o’zida aks ettiradi va shu
bilan birgalikda belgilangan istiqbollarda amal qilishi kerak. Ushbu istiqbolli
mo’ljallangan faoliyat yo’nalish shakli o’zida investitsion strategiyalarni ishlab chiqish
jarayonini aks ettiradi. Kompaniya faoliyatining strategiyasi va investitsion
strategiyalari tushunchalari iqtisodiy nazariyaga bundan 40 yillar ilgari kirib kelgan.
Buning asosiy sababchisi jamiyat qarashlarining rivojlanishi va ilmiy texnika rivojidir.
Shunday qilib,
investitsiya strategiyasi deganda
, uzoq muddatli investitsiya faoliyati
maqsadlarini tashkil etish tizimi va bu maqsadga erishish uchun samarali yo’lni tanlash
tushuniladi.
Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda strategik faoliyat terminiga nisbatan 2 xil
yo’nalish mavjud.
Birinchi yo’nalish namoyondalari uni uzoqqa mo’ljallangan maqsad tizimi va
undagi istiqbolga erishish jarayoni sifatida, ikkinchisi esa, buni huddi qaror qabul qilish
uchun qoidalar to’plami sifatida, o’z faoliyatini tartibga soladigan yoki o’z
maqsadiga erishish vositasi deb hisoblaydilar
2
. Mantiqan o’ylab qaraganda strategiya
uzoqqa mo’ljallangan va belgilangan maqsadlar shuningdek, istiqbol yo’llarini ishlab
chiqish shu bilan birgalikda amalga oshirish jarayonidir. Investitsion strategiya bu
uzoqqa mo’ljallangan investitsion faoliyat tizimi va samarali yo’llarini tanlashdir.
Kompaniyalarning investitsion faoliyatdagi strategik boshqaruv, shuningdek,
uning investitsion strategiyasini ishlab chiqish jarayoni ushbu investitsion kompaniya
portfelidagi boshqaruv taktik faoliyat yo’nalishi jarayoniga aniqlik kiritishni o’z ichiga
oladi.
Investitsion portfel investitsion strategiyadan o’zining o’rta muddatli boshqaruv
jarayoni bilan farq qiladi. O’z o’rnida investitsion faoliyatning boshqaruv taktika
jarayoni, loyiha va alohida investitsion dasturlar amalga oshirishning tezkor
boshqaruvida asosiy hisoblanadi. Xullas investitsion strategiyani ishlab chiqish
kompaniyalar investitsion faoliyatini boshqaruv jarayonining birinchi pog’onasi
hisoblanadi. Investitsion strategiya asosiy bir faktor sifatida kompaniyaning iqtisodiy
rivojlanish strategiyasida samarali yo’nalish hisoblanadi. Kompaniyaning investitsion
strategiyasini tuzish jarayoni bir qancha etaplarda amalga oshiriladi. (2.1-rasm).
Dastlabki bosqich uni tuzishdagi umumiy muddatni belgilash hisoblanadi. Bu
muddat qator shartlardan kelib chiqadi. Asosiy sharti bo’lib investitsiya bozoridagi
iqtisodiy yo’nalishlarni oldindan aytib borish hisoblanadi.
Keyingi shart kompaniya qabul qilgan iqtisodiy strategiyaning davomliligidir. U
belgilangan yo’nalishdan chiqmaydi va bo’ysinuvchilik xarakteriga ega bo’ladi. Yana
bir shartlardan biri uning ma’lum bir sohaga mansubligidir va oxirgi shart
kompaniyaning hajmi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich investitsion strategiyasining maqsadini belgilash. Bu tizimning
umumiy iqtisodiy maqsadidan kelib chiqadi.
2
Ансофф И. Стратегическое управление – М,Экономика, 1989, с 68-69.
Investitsion resurslar
tuzish strategiyasini ishlab
chiqish
Investitsion faoliyat strategik maqsadini amalga
oshirishning samaraliroq yo‘llarini ishlab chiqish
Investitsion strategiya tuzish davrini belgilash
Investitsion faoliyat strategik maqsadini tuzish
Investitsion faoliyat strategik
yo‘nalishini ishlab chiqish
Investitsion strategiyani amalga oshirish davrini
aniqlashtirish
Ishlab chiqilgan investitsion strategiyani baholash
IV . XULOSA
Siz biznesga birinchi qadam qo’yayotgan paytingizda yoki yangi bir loyihani
amalga oshirish jarayonida quyidagi qiyinchiliklarga duch kelasiz:
-
birinchidan, moliyaviy mablag’larning yetishmasligi;
-
ikkinchidan, oldindan belgilanmagan, kutilmagan holatlar ko’pligi.
Bular sizning korxonangizni tanlangan y o’ldan borishga imkon bermasligi
mumkin. Bunday noxush holatdan chiqishning y o’li oldindan o’z maqsadini qog’ozga
belgilash, baholash va prognozlash, bu o’z navbatida o’sha biznes-reja tuzishdir.
Biznes-reja keng, xar tomonlama aniq tizimga tushirilgan va chuqur o’ylab
tayyorlangan xujjat bo’lib, u firmani qay maqsadga xarakat qilayotganligi, ko’zlangan
maqsadga qaysi yo’llar bilan erishish va ko’zlangan maqsadga erishgandan so’ng natija
qanday bo’ladi degan savollarga javob topiladi. Bu qulay, umumiy olingan, hisoblanib
loyihani imkoniyatlari bo’yicha to’la ma’lumot beradi. Biznes-reja korxona
(firma)ning strategik istiqbolini belgilab beradigan asosiy xujjat hisoblanadi va uni 3-
5 yilga tuzishni tavsiya etiladi. Biznes-rejaning birinchi va ikkinchi yillariga
ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan xolda berilishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik ko’rsatkich (topshiriq)lar
bilan chegaralanish mumkin. Biznes-reja quyidagi asosiy masalalarni xal etadi, ya’ni:
-
tadbirkorlarga korxona (firma)lar strategiyasini ishlab chiqish uchun asosi
bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham beradi;
-
bozor iqdisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, tartibga
solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi;
-
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan
salbiy holatlar yuzasidan tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida
bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi;
-
tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz beruvchilarga
tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud:
-
tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning biznesingizni maqsadga muvofiqligi
xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish,
-
ko’zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to’satdan yuzaga kelgan
holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash.
Bu yana rejada belgilangan barcha vazifalarning to’la bajarilishini ham
anglatadi:
-
Biznes-reja boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini
beradi va undan olib chiqib ketish yo’llarini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida boshqaruv
samaradorligining ortishini xarakterlaydi;
-
qo’shimcha ma’lumot kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo’lish bilan
maqsad va vazifa moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi - firmaning
ko’zlagan maqsadiga erishishi, reja-iqtisod bo’limi xodimlariga va sarmoyadorlarga
tanlangan yo’lning maqsadga muvofiqligini ko’rsatib berishdir.
Bundan tashqari biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga javob ham
beradi:
-
biznesning joriy holati (biz qayerda turibmiz);
-
ko’zlangan maqsad (qaysi tomonga xarakat qilmoqdamiz);
-
eng qulay yo’l (maqsadga qanday erishamiz).
Bunda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, biznes-rejada xozirgi holatda
ko’zlagan maqsadga erishishning samarali yo’llari ko’rsatilishi, joriy maqsadlarga
erishishi va o’rta va uzoq davrlardagi vazifalari xal etilishi aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, biznes-reja tadbirkorlarning ish quroli bo’lib,
rivojlanayotgan kichik-o’rta biznes, xususiy va yakka tadbirkor, firmalar faoliyatida
katta ahamiyatga ega. Biznes-reja xaqida gap yuritishdan oldin biznesni baholash bosh
rolni o’ynaydi. Bu yerda biz biznesni taxlil etishimiz lozim.
Biznes-reja – bu biznesni amalga oshirish rejasi hisoblanadi. Unda firma
to’g’risida, ishlab chiqariladigan tovar to’g’risida, ishlab chiqarishni tashkil etish
to’g’risida, mahsulotni sotish bozori to’g’risida va umuman ishlab chiqarishni tashkil
etish va uning samaradorligini asoslash bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
Biznes-rejani ishlab chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki
ma’lum bir muddatga bozor talablari va kerakli resurslarni jalb qilish imkoniyatlaridan
kelib chiqqan xolda rejalashtirish hisoblanadi.
Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor va sarmoyador uchun manfaatlidir.
Ular wuyidagi savollarga to’la javob beradi:
Firma loyiha imkoniyatlarini baholashda, loyiha kelgusida tijorat va moliyaviy
yutuq keltiradimi?
Firma va byudjet to’la faoliyati yuzasidan maqsadni belgilashda. Bundan
firmaning qanday umumiy vazifasi mavjud va uni kelgusida rivojlanishi qanday?
Byudjet uning tuzilishi, daromadi va xarajati xaqida to’la tushuncha mavjudmi?
Zarur bo’lgan sarmoya maqsadini aniqlash? Rejalarni bajarish uchun qanday
miqdorda mablag’ kerak bo’ladi?
G’oyaga aniqlik kiritishning oxirgi yakuniy xujjati bu biznes-reja hisoblanadi. U
o’zida taxlil natijalari, g’oya va to’satdan yuzaga kelgan fikrlarni umumlashtiradi.
Faoliyat yuzasida to’la ma’lumot beradi.
Amaliyotda tanishtirish (prezentatsiya) va taxlil o’tkazishda, pul olishga yordam
beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja to’la kafolat bermasada pul olishga yordam
beradi. Sarmoyador biznes-rejadan axborot manbai sifatida foydalanadi. Shu asosda
faoliyatni baholaydi.
Loyiha tavakkalchilik va likvidlik darajasini aniqlaydi.
Boshqaruv sifati ko’p holatlarda kredit uchun kafolat omili bo’lib xizmat qiladi.
Ayrim holatlarda pul berish yuzasidan qaror qabul qilinishicha asosiy bo’lim biznes-
rejaning mazmuni emas, uning taqdim etilishi va rasmiylashtirilishi ham ahamiyat kasb
etadi.
Demak, biznes-rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad - firma faoliyatini
kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor ehtiyojlari va zaruriy manbalar
olish imkoniyatlaridan kelib chiqishdir. Biznes-rejalar tadbirkor uchun quyidagi
asosiy vazifalarni xal etishda yordam beradi:
-
firma faoliyati asosiy yo’nalishi, bozor maqsadlari va firmaning
bozordagi o’rnini aniqlash.
-
firmaning uzoq muddatli va qisqa davr maqsadlari, strategiyasi,
taktikasini amalga oshirishga erishishni belgilab berish.
-
firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini
tanlash va asosiy ko’rsatkichlarni aniqlash.
-
kadrlarga qo’yilgan talablar va ularning o’z vazifalariga mos kelishini
baholash.
-
bozorni o’rganish bo’yicha firma marketing tadbirlarini tarkibini,
reklama, realizatsiyani rag’batlantirish, bahoni shakllantirish va realizatsiya
yo’llarini aniqlash.
-
mavjud material va moliyaviy mablag’lardan kelib chiqib firmaning
material va moliyaviy holatini baholash.
-
biznes-rejani muvaffaqiyatsizligaga ta’sir etuvchi omillar xaqida
ogohlantirish.
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani
tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan o’ylashga
va o’z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va
qiyinchiliklarni baholashga majbur qiladi.
Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi
nazoratlarda va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U
korxona faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi.
Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larni jalb
qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadorni hamda
iste’molchini, ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda olishga
ishontirishi kerak
V . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2017 yil.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi
Qonuni, 1998 yil 30 aprel, 609-I-son.
3.
O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonuni, 1998 yil 30
aprel, 611-I-son.
4.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi
Qonuni. Yangi tahrir. 2014 yil 9 dekabr.
5.
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni. 2012 yil
6 yanvar.
6.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni. 2000 yil 25 may.
7.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 28
апрелдаги “Сертификатлаштириш тартиботларини ва сифат менежменти
тизимларини жорий этишни такомиллаштиришга доир қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида”ги 122-сонли Қарори.
8.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari to’plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.
9.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank
xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi PQ-3620-son Qarori. // O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, lex.uz.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi
“Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini
takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori.
11.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi
“O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi
to’g’risida”gi PF- 5468-sonli Farmoni.
Dostları ilə paylaş: |