O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O'RTA MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI , SIYOSATI VA
TURIZMI fakulteti
________________________________________________
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA
MAMLAKATSHUNOSLIK ( MALAYZIYA ) guruhi
REFERAT
Mavzu:
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
Bajardi: Qudratov Shahzod
Tekshirdi:Qambarova.Sh.M.
TOSHKENT 2023
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
Reja:
1.Moliya tizimi va moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.
2.Moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari.
3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos
xususiyatlari
1.Moliya tizimi va moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari.
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy
siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat
moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi.
Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi
mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy
resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni
saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina
qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning
uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab
qo’yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi.
Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga
bog’liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy,
byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega
bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu
erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro
munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan
tarkib topadi:
Bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining
ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun
echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni
konkretlashtirish;
-
yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda
erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa
oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari,
vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
-
qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash
va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va
uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning
echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin:
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy
shakllari va metodologik printsip-larining majmuiga (yig’indisiga)
moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funktsiyalarini
bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin
qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi.
Buning boisi shundaki, milliy xo’jalik taraqqiyotida davlatning roli
to’g’risidagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq
ravishda davlatning vazifalari va funktsiyalari ham o’zgaradi,
transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning
aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini
tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funktsiyalari va
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon
munozaraligicha qolmoqda.
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funktsiyalarini
bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat
organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan moliya
tizimining boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va
xo’jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o’rtasida qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat
organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining
nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning
oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va
amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida
o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning
mohiyatini o’zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati
davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda
hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy
siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib
chiqadi:
-
birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda
tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga
erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak;
-
ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat
hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha
subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
-
uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat
organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya
tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini
balanslashtirilgan (mutanosib-lashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak.
Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslarning
balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda o’sishining
zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o’zini
degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi va vayron bo’lishiga
olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati
shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz
ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday
siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat
daromadlarining manbaini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan
eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana
shunga yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini
aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni
yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan
bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish
maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini
anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan
iborat bo’lishi mumkin:
✓
raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot
kechirishiga (faoliyat ko’rsatishiga) erishish;
✓
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga
(kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
✓
raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo’lishga)
erishish;
✓
korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
✓
korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlarini barqaror
o’stirish;
✓
ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
✓
foydani maksimallashtirish;
✓
xarajatlarni minimallashtirish;
✓
rentabelli faoliyatni ta’minlash
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik,
eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda
aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy
mexanizmdan foyda- laniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o’zida (boshqaruv ob’ektlarida)
bevosita mujassam bo’lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini,
ishning konkret metodlari, moliya tizimining (boshqaruv subyektlari)
organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi
orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi printsiplar asosida
quriladi:
-
moliya tizimi bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini
inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
-
barcha moliyaviy muassasalar funktsiyalarining umumiyligi;
-
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan
umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o’tkazishning, hayotga
tatbiq etishning) asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan
iborat:
-
pirovard maqsadga bog’liqlik;
-
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy
balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
-
jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos
kelishi);
-
real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z
funktsiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish
uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni
taqsimlash va qayta taqsimlashga yo’naltirilgan davlat tadbirlarining
majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy
munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya
qilish (tartibga solish) muhim o’rin egallaydi.
O’z-o’zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin
emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning
ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va
quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga
qanchalik ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni
o’zgartirish (korrektirovka qilish) bo’yicha rekomendatsiya (tavsiya)
berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va
aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda
jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bo’lgan
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi
va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo’lmoq lozim. Faqat
ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning
konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho
berish mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat
butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, konkret
tarixiy sharoitni va hayotning o’ziga xos xususiyatlarini qanchalik
ko’p (yuqori darajada) hisobga oladigan bo’lsa, uning natijaliligi
shuncha yuqori bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi
(muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab
chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga
oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo’lgan ob’ektiv
imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi
hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o’zgarishlarni hisobga
olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim
hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillarning
ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab
chiqilishiga bevosita bog’liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal
hajmini shakllantirishga yo’naltirilgan (qaratilgan) bo’lishi kerak.
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o’zgarishlarning
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy
ahvoli to’g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy
demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko’rsatkichlari keng
jamoatchilikka ham tegishli bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa
doimiy, o’z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo’lgan va
eng asosiysi ishonchli bo’lmog’i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo’lgan
moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalish-larining umumiy
kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi
mumkin:
-
moliyaviy siyosatning umumiy kontseptsiyasini (uning
maqsadlarini, printsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish
bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
-
makrodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari darajasida
iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan bozor iqtisodiyotining
rivojlanishiga mos (adekvat) bo’lgan dinamik holdagi moliya
mexanizmini shakllantirish;
-
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va
moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish
bo’yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli
restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy
iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo’yicha
moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil
qilish;
-
iqtisodiy o’sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini
shakllantirish.
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy
yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to’g’risidagi
fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat
ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy
kontseptsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida
instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni
tashkil etishning konkret shakllarida namoyon bo’ladi. Shunga asosan
ta’kidlash joizki, yigirmanchi yuz yillikda jamiyatning taraqqiyotida
davlatning roli to’g’risidagi masala bo’yicha moliya nazariyasining
asosiy yo’nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit
(1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi
J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo’lgan A.Smit va D.Rikardolar
kontseptsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga
aralashmasdan erkin konkurentsiyani (raqobatni) saqlamog’i lozim va
jamiyat xo’jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor
mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Ana shu printsiplarni
inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga
qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga,
davlatning muvozanatli (balans-lashtirilgan) byudjetini ta’minlashga
qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy
munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat
qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan
moliyalashtirish orqali davlat funktsiyalarining amalga oshirilishini
ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar
yordamida (hisobidan) shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy
kontseptsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko’ra iqtisodiyot
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining
tsiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga
oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga
yo’naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir
vaqtning o’zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha,
ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o’sdi; qo’shimcha talab
shakllantirildi; MD ko’paydi (ortdi); ijtimoiy ehtiyojlarni
moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo’ldi va h.k.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining
oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o’zida
davlat daromadlarining oshirilishini ta’minlashga qaratilgan
moliyaviy choralar ko’rildi. Daromad solig’i davlat daromadlarini
oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa
tortishning progressiv stavkalari qo’llanildi. Soliqlarning bunday
tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yo’nalishda har ikkala nazariy kontseptsiyalar o’rtasidagi
farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda)
baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi kontseptsiya defitsitsiz
byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib
chiqqan bo’lsa, ikkinchi kontseptsiya esa byudjet defitsitining bo’lishi
mumkinligiga yo’l qo’ygan va buning ustiga iqtisodiy o’sishni
rag’batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy
siyosat deb nom olgan siyosat g’arb mamlakatlarida o’zining
samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining
kengayishi va davlat tartibga soluvchi funktsiyasining kuchayishi
oqibatida moliyaviy munosa-batlarni tashkil qilish murakkablashdi.
Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat
kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o’rta muddatli
qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib
keldi va o’zining ahamiyati bo’yicha davlat moliyaviy resurslarini
shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida MDni
qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishi
moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini belgilab
berdi. Bu kontseptsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz
kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi
kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv
endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali
amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini,
ssuda kapitallari va qimmatli qog’ozlar bozorini ham tartibga solish
orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi
va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi
taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga
o’zining ta’sirini ko’rsatdi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati
zamonaviy nazariyalar ostida bo’lib, bu nazariyalar amalda tartibga
solish ikki tizimining konvergentsiyasidan (qo’shilib ketganligidan,
aralashuvidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar
davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham
neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanadilar.
Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo’nalishda) bo’lgan
barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-1881) va
V.I.Leninning (1870- 1924) nazariy kontseptsiyalari ta’sirida
shakllandi. Ijtimoiyistik davlatning mohiyati va funktsiyalari haqidagi
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining
asosiy printsipini - moliyaviy markazlashtirishni - belgilab berdi.
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining
to’planishinigina (kontsentratsiya qilinishinigina) emas, balki
moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning monopolligini
(yakka hokimligini) ko’zda tutivchi moliyaviy markazlashtirish
zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funktsiyalari shu qadar
kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo’jalik- tashkilotchilik va
madaniy-tarbiyaviy funktsiyalar bo’lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan
to’liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning
roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat
rejalari yordamida u ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat
(umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq
ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab
chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlashga va Davlat byudjeti
orqali qayta taqsimlashga o’tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo’ldiki, davlat
bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi,
hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi.
Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan
insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo’lgan ikkinchi ijtimoiy
munosabatlar tizimiga o’tilishini, sovet davlati oldida turgan va
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy
muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli
darajada samarali bo’lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki
chor Rsssiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy
interventsiyasidan meros bo’lib qolgan favquloddagi murakkab
moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush
arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni
yaratishga muvaffaq bo’ldi, urushda g’alaba qozondi va qiyosiy qisqa
muddatlarda urushdan vayron bo’lgan xalq xo’jaligini tikladi.
2 Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy
siyosati g’arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish
poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni)
moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o’zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta
miqdordagi moliyaviy yordamlar ko’rsatildi:
-
ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yo’nalishni)
ta’minlash uchun;
-
ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga
aylantirish uchun;
-
kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa
qobiliyatini mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo,
neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda
rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma-boyliklarini o’zlashtirish
(ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo’lishini taqoza
etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o’zlashtirish,
o’sha tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq
to’lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan
kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan birgalikda
davom etdi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo’lib
turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada
qoplagan edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy
siyosatni amalga oshirish MDni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini
talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi
taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan
keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini
nosamarali deb aytish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Hukumat
dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining deklaratsiya
qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo’lishiga qaramasdan
aholining turmush darajasi mehnatga haq to’lashning darajasiga va
qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish
darajasiga bog’liq. Agar harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq
to’lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo’lishiga
qaramasdan, hatto unga band bo’lgan aholi ham o’zining iste’mol
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham
iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi
davrda sovet davlati moliya siyosatining samaradorligini salbiy
baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash
va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi printsipial
ahamiyatga egadir:
-
taqsimlash munosabatlarining subyektlarini tanlash, ya’ni
moliyaviyresurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
-
yuridik shaxslar va aholining o’z ehtiyojlarini qondirishdagi
mustaqillik darajasi va davlatning funktsiyalariga bog’liq
ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning
markazlashtirilish darajasini aniqlash;
-
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish
choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy
resurslardan foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash;
-
moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va
metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat ko’p o’lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar
umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida
bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy kontseptsiyalardan kelib
chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning
ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat
munosabatlarining elementlari bo’yicha differentsiatsiya qilinishi
(tabaqalanishi) moliya tizimining rivojlan-ganligiga va uning ayrim
(alohida) bo’g’inlarining mustaqilligiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |