Mavzu: “Xazoyin ul- maoniy” devoni.
Navoiy g’azallari
Reja:
“Xazoyin ul- maoniy” devoni haqida.
Navoiy g’azallari.
A. Navoiy 1492- 1498 yillar mobaynida oldingi rasmiy devonlariga kirgan va keyinchalik yaratilgan she’rlarini hamda avvalgi devonlariga kirmagan o’zbekcha she’rlarini jamlab, to’rt mustaqil devondan iborat lirik kulliyoti “Xazoyin ul- maoniy” (Ma’nolar xazinasi)ni yaratdi. Ushbu devon shoirning butun umri davomida yozgan, 16 lirik tuirga mansub 50 ming misradan ortiq hamma o’zbekcha she’rlarini qamrab oldi. Devon ichra devonlardan uborat ushbu kulliyot o’zbek adabiyotida she’riy devon yaratish san’atining eng oily namunasi hisoblanadi.
Shoir “Xazoyin ul- maoniy”ni tuzar ekan, umrni to’rt faslga bo’ladi. 7-8 yoshda 20 yoshgacha bo’lgan davrlarni umr fasllarining navbahoriga o’xshatadi va ushbu devonini “G’aroyib us - sig’ar” (Yoshlik g’aroyibotlari) deb atadi.
Umrning yigitlik davrini shoir 20dan 30 yoshgacha deb belgilaydi, uni umr fasllarining yozi deb ataydi. Bu devonga Navoiy “Navodir ush- shabob” (Yigitlik nodirliklari) deya nom berdi.
35dan 45 yoshgacha bo’lgan davrni shoir umr fasllarining kuzi, tiriklik bog’ining xazonrezgisi deya belgiladi va bu asarini “Badoye ul- vasat” (O’rta yosh go’zalliklari) deb nomladi.
Qirq besh yoshdan oltmish yoshgacha bo'lgan davr qarilik davri bo'lib, bu faslga mansub she'rlar, "Favoyid-ul kibar" ("Keksalik foydaliklari") devoniga jamlangan.
Navoiyning fors-tojik tilidagi she'rlari "Devoni Foniy" deb nomlangan devonga kiritilgan. "Xazoyin-ul ma'oniy" devonida 45 ming misra she'r bo'lsa, "Devoni foniy"da 12 ming misra she'r bor. Shoir bu devonlami tuzgandan so'ng ham ijod qilganini hisobga olsak, undan 60 ming misradan ortiq lirik she'rlar meros bo'lib qolgan.
Adabiyotlarda Navoiy " Zullisonayn" - ikki tilda ijod qilgan shoir deb baholanadi. Aslida Navoiy ko'p tillik shoirdir. U arab tilida ham ijod qilgan. U arab tilida baytlar yaratishdan tashqari arab tilida "Sa'bat-ul abhur" nomli asar ham yozgan.
"Xazoyin-ul maoniy" devonida lirik turning 16 janr namunalari berilgan. 2600 ta g'azal, 4 ta mustazod, 10 ta muxammas, 5 ta musaddas, 1 ta musamman, 4 ta tarji'band, 1 ta tarkiband, 1 ta masnaviy, 1 ta qasida, 1 ta soqiynoma, 210 ta qit'a, 133 ta ruboiy, 52 ta muammo, 10 ta chiston, 13 ta tuyuq, 86 ta fard.
Devondagi yetakchi janr g'azal janridir. Navoiy g'azal janrida Hofiz Sheroziy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarni ustoz deb ataydi. Hofiz she'riyatidan rindona kayfiyatni, Dehlaviydan ishqni kuylashdagi jasoratni, Jomiydan ruhiy poklik va ma'naviy kamolotni o'rgangan.
Navoiy g'azal janrini mavzu, shakl, badiyat, timsollar tizimi jihatdan yanada boyitdi. Shuning uchun Maqsud Shayxzoda uni "G'azal mulkining sultoni" deb atagan. Navoiygacha ham g'azal janrida oshiq timsoli yaratilgan edi. Shoir g'azallaridagi oshiq sadoqatda, fidoiylikda barcha oshiqlardan ustun turadi.
Navoiyning g'azal janri taraqqiyotidagi xizmatlaridan biri shundaki, u yakpora (musalsal) g'azallarning ajoyib namunalarini yaratdi. Mumtoz g'azallarda baytlardagi mazmun biri ikkinchisi bilan bog'lana bermaydi. Yakpora g'azaliarda esa, matlada boshlangan fikr to maqtagacha izchil davom etadi. Shoirning "Yoridin ayru ko'ngil", "Jonga chu dermen"," Kelmadi" kabi g'azallari ana shunday g'azallardandir.
Navoiyning "Kelmadi" radifli g'azali "Badoe-ul vasat" devoniga kiritilgan.
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtim-u chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zima-u ul sho'xi badxo' kelmadi.
G'azal mazmunini tushunish uchun quyidagi so'zlar ma'nosini anglamoq kerak: 1. Debon - deb 2. Sarv - tik o'sadigan, tanasi silliq, chiroyli daraxt. 3. Ro' - yuz 4. Badxo' - yomon xulqli. 5, Oraz - yuz. 6. Ro'zg'or - turmush, hayot. 7. Tolibi sodiq -sadoqatli, talabgor. 8. O'tro' - yolg'onchi 9. Boda - may, ichkilik.
1-bayt mazmuni: Bugundan avvalgi kun sarv bo'yli, gul yuzli yor kelaman deb, va'da berib, kelmadi. U kelmagani sababli kechqurun tong otguncha ko'zlarimga uyqu kelmadi.
Baytda " kecha" so'zi ikki joyda ikki xil ma'noda kelmoqda. Birinchi misrada o'tgan kun ma'nosida, ikkinchi misrada kechqurun ma'nosida. Bu tajnis san'atidir.
Ma'shuqa qaddi sarv daraxtiga o'xshatilmoqdaki, bu tashbeh san'atidir. "Gulro" birikmasi "gul yuz" ma'nosini beradiki, bu yerda sifatlash san'ati ishlatilgan. "Ul sarv" birikmasida ham sifatlash san'ati bor. " Kecha", "tong" so'zlari ma'no jihatdan bir-biriga zid bo'lgani uchun bu joyda tazod san'ati qo'llangan. Baytda "k" undoshi 6 joyda qo'llanganki, bu tavze san'atidir. "a" unlisi esa baytda 7 joyda ishlatilganki, bu assonans san'atidir.
2-bayt mazmuni: Yor kelib qolarmikan deb, intizor bo'lib, tez-tez yo'liga chiqdim, ammo jonim og'zimga keldi-yu u sho'x, yomon xulqli yor kelmadi. Baytda "1" undoshining aynan takroridan tavze, "a" unlisining aynan takroridan assonans san'atlari yuzaga kelgan. Baytda juft so'z ishlatilgani uchun mukarrar san'ati qo'llangan. Oshiq jonining og'ziga kelishi esa mubolag'a san'atining ig'roq shaklidir. "Sho'x badho’" birikmasida ot tushib qolib, ma'no sifatlovchilarga ko'chayotgani uchun istiora san'ati qo'llangan. Oshiq jonining og'ziga kelishi-yu ma'shuqaning kelmaslik holatida tazod san'ati ishlatilgan.
3-bayt mazmuni: Hamma yoq yor yuzi singari yorug' bo’lib turganda, o'zini ehtiyot qildi, ammo hamma yoq hayotim singari qorong'u bo'lganda ham kelmadi.
Baytda kunduzi yor yuzidek yorug' ekani aytilmoqdaki, bu tashbeh san'atidir. Shoir hayoti esa qorong'u kechaga o'xshatilmoqda. "Yorug’ va qorong'u" so'zlari vositasida tazod san'ati shakllanmoqda.
4-bayt mazmuni: Yor hajrida devonalardek yig'ladim, mening holatimdan kulmagan odam qolmadi. "Ul parivash" birikmasida sifatlash, oshiq yig'isining devona yig'isiga o'xshatilishida tashbeh, "yig'i-kulgu" so'zlari vositasida esa tazod san'ati yuzaga kelgan.
5-bayt mazmuni: Ko'zlaringdan nega suv kelmayapti deb, meni koyimang, ko'zidan oqayotgani qon bo'lib, bu kecha suv - ko'z yosh kelmayapti. Ma'shuqaning oshiq xonadoniga kelmasligi, ko'zdan suvning kelmaslik holati bir-biriga mos bo'lgani uchun tanosub san'ati shakllanmoqda. Ko'zdan yosh o'rniga qon kelishi esa mubolag'aning ig'roq shaklidir.
6-bayt mazmuni: Ishq yo'lida sadoqatli odam topilmaydi, shuning uchun ham yolg'onchi yor kelmadi. "Yolg'onchi yor" birikmasida sifatlash san'ati, ayni shu birikma oxirida ot tushib qolib, uning xususiyati sifatlovchiga ko'chayotgani uchun istiora san'ati shakllanmoqda. Birinchi misra "yo'lg'akim qadam" so'zlari bilan tugab, ikkinchi misra shu so'zlar bilan boshlanay-otgani uchun tasbig' san'ati yuzaga kelgan.
7-bayt mazmuni: Yorni kuta-kuta zada bo'lgan oshiq endi ko'nglini boda birla xursand etmoqchi, negaki boda kelgan uyga qayg'u kelmaydi. "Xurram-qayg'u" so'zlari orqali tazod, "ko'ngil uyi" birikmasida esa istiora san'ati qo'llangan.
Ko'rinadiki, butun g'azal davomida yorni kutayotgan oshiq kechinmalari, uning uy-xayollari ifodalangan. Shuning uchun ham bu g'azal yakpora (musalsal) g'azal hisoblanadi.
"Xazoyin-ul maoniy" devonidagi 2600 g'azalning 1600 tasi ramal bahrida yozilgan. Tahlil qilingan g'azal ham ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.
Bu g'azal 565 yildan buyon xalqimizning sevimli ash'ori bo'lib kelmoqda. U "Munojat" kuyiga solinib, qo'shiq qilib aytiladi. Uni B. Davidova, M. Karimov, M. Yulchieva, M. Sattarovalar mahorat bilan ijro etganlar.
Shoirning "Qaro ko'zim", " Ko'zing ne balo qaro bo'lubtur", " Ko'rgani husningni zoru", "Fido" kabi g'azallari el ko'nglidan mustahkam o'rin olgan.
Tayanch tushunchalar:
-
Lirika
g’azal
ruboiy
tuyuq
“Xazoyin-ul maoniy”
|
“Badoe-ul bidoya”
Devon
“Badoe-ul vasat”
“Devoni foniy”
Foniy
|
Savol va topshiriqlar:
Navoiyning ilk ijodi haqida nimalar bilasiz?
Shoirning ilk devoni haqida so'zlang.
Navoiy "Xazoyin-ul maoniy" devonigacha qanday devonlar tuzgan?
"Xazoyin-ul maoniy" devonining yaratilish tarixini bilasizmi?
Adabiyotlar:
B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006
B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001
N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965
Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003
Dostları ilə paylaş: |