Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə45/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

"Toshbaqa bilan Chayon". Bu ham ibratli, tarbiyaviy masal. Sharq folklorida va yozma adabiyotida yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik masalalari azaldan yoritib kelingan. Gulxaniy bu an'anani o'ziga xos usulda davom ettiradi, ya'ni adibning bu masali ixcham va mazmundorligi, tanlangan qahramonlarning tashqi ko'rinishlari va ichki xislatlari bilan mos tushganligi bilan o'quvchi e'tiborini tortadi. Asar odamlarni hushyorlikka, hayotda har kimni ham do'st tutmaslikka, har kimga va har narsaga o'ta ishonuvchan bo'lmaslikka da'vat qiladi. Mazkur masal Bozanda va Navozanda nomli ikki kabutarning sarguzashtini hikoya qilish orqali bayon qilinadi. Bozanda safarga jo'nash uchun oshiqadi, shunda buni ko'rgan Navozanda "Safarga ko'p haris bo'lmaki, anda bir nuqta ziyoda bo'lsa, saqar (do'zax degani) bo'lur. Safarda rafiq kerak. Yaxshi rafiq birla safar qilsang, saodat toparsan va yomon rafiq birla shaqovat", deb so'zini tasdig'i uchun Toshbaqa (Sangpusht) bilan Chayon sarguzashtiga ishora qiladi. Shunda Bozanda bu voqeani aytib berishini so'raydi. Navozanda hikoya qilib beradi. Hikoyaning qisqacha mazmuni shunday: Sangpusht (Toshbaqa) Iroqdan Hijozga ketayotganida yo'lda bir chayonga duchor bo'ladi. Toshbaqa juda farosatlik edi, ko'p safarlarda yurub ko'p tajribalar orttirgan, biroq shu o'rinda inon-ixtiyorini chayonga berib qo'yganini bilmay qoladi. Nogoh bu ikki yo'ldosh bir daryoga duch keladilar. Undan o'tish ilojini topmadilar, shunda sangpusht "muddao istid'osining sohiliga o'zini oldi, g'oz va o'rdakdek silkunib turdi". Nogahon orqasiga boqdi, ko'rdiki, hamrohi yo'lda qolib ketgan. Shunda sangpusht "Ey birodar, sabab nadurki, buyon o'tmaysiz?" deb so'raganida, chayon "ko'z yoshicha suv bo'lsa, bizga ma'zur tuting" deya o'zini hokisor qilib ko'rsatadi. Sadoqatli sangpusht "yo'ldosh bo'lmoq sharti bu emaski, oz hodisa birla hamrohlik rasmini bartaraf qilsam, uncha xo'b emas. Avlo uldurki, o'tkarib qo'ysam, qadimiy yaxshilar masalidurkim, "Yaxshilik qil suvga sol, suv bilar, suv bilmasa, baliq bilar, baliq bilmasa, Xoliq bilar", deb ko'nglidan o'tkazib, chayonga yordam bermoqchi bo'ladi. Sang­pusht ziyrak va oqil edi, avvaldan bir nima bo'lishini sezganday "Ey birodar, seni daryodin o'tkar-gali o'g'radim. Mening ustimg'a min. Bejo harakat qilmaki, o'z joningga jabr qilursan", deb ogohlantiradi. Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib daryodan o'tayotganida chayonning bejo harakatini sezib qoladi. Tosh­baqa buning sababini so'raganida: "Bu kun po'lod nayzamni yakjirma qalqoningga ozmoyish qilay derman", deydi uyatsizlar-cha. Yaxshilikni bilmagan chayondan xafa bo'lgan toshbaqa "Ishonmag'il do'stingga, somon tiqar po'stingga ", "Oshnangdin top" deganlari shu ekan-da deb, bunday "do'st" "suv uzra xasdek yurmoq tokay", u "bahri amiq javohirlaridin tamosha qilmoq kerak" deya bir sho'ng'ib chayonni cho'ktirib yuboradi.
Xullas, Gulxaniy "Toshbaqa bilan Chayon" masali orqali o'zining pand-nasihat ruhidagi qarashlarini, "har kimni ham oshna tutmaslik" haqidagi fikrlarini ifoda etadi.

Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin