Mavzu: Muhammadrizo Ogahiy. Ogahiy g’azallari R E J A:
Ogahiyning tarjimai holi.
Shoirning ijodiy merosi.
Ogahiy lirikasi. "Ta'viz ul-oshiqin" devoni.
Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy XIX asr Xorazm adabiyotining yuksak siymosi sifatida ma'lum va mashhurdir. U sermahsul va serqirra ijodkor. Ogahiy shoirlik iste'dodi, tarix-navislik salohiyati, tarjimonlik mahorati bilan o'zbek madaniyati ravnaqiga munosib hissa qo'shgan atoqli madaniyat arbobidir.
Ogahiyning tarjimai holi. Shoirning ismi Muhammadrizo, otasining oti Erniyozbek, Ogahiy uning adabiy taxallusidir. Muhammadrizo 1809-yili 17-dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida tug'ildi. Bolalik va o'smirlik yillarini Qiyotda o'tkazdi, ibtidoiy ta'limni ham shu yerda oldi,keyinroq yuqori tahsilni Xiva madrasalarida davom ettirdi. Bolaligidayoq otasi vafot etganligi sababli, amakisi shoir Munisning qo'lida tarbiya topdi. Ogahiyning kamolatga erishuvida amakisi, ustozi shoir Shermuhammad Munisning ham roli borligi tayin. Biroq 1829-yili Ogahiy amakisidan ham ayriladi. Shu vaqtdagi Xiva xoni Olloqulixon Ogahiyni Munisning o'rniga bosh mirob etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlariga bog'landi. Munis tarbiyasini olgan Ogahiy miroblik faoliyatini boshqarishda ham amakisidek adolat tomonida turdi. Ogahiy kamtarlik va kamsuqumlik bilan ish olib bordi, hamisha raiyat tomonida bo'ldi, xalq dardini o'z dardi deb bildi. Bu esa har doim ham xon va xon atrofidagi saroy ahllariga ma'qul bo'lmagan. Shoirning o'zi ana shu miroblik davridagi sertashvish hayoti haqida "...goho podshoh xizmatining taraddudi bila ko'nglumda ming g'am, goho vazir mulozamatining tajassumi bila jonimda yuz alam" deydi. Shoir shunday hayotiy kechinmalarini nazmga ham soladi:
Kichiklikdin tushub boshimg'a kulfat, Zamone bo'lmadim beranju mehnat Ko'ngilda yer tutub yuz nav1qayg'u, Bo'lub ko'zga yorug' olam qorong'u. Bosh miroblik o'z davrida yuqori mansab sanalgan. Ogahiy ana shunday yuqori mansab egasi bo'lsada, boy-badavlat yashamagan. Buni quyidagi misralaridan ham bilish mumkin:
Yer yuzida Ogahiy chun yo'q sango bir kulcha yer, Barcha umringda na hosil aylasang miroblig'. Ogahiy hayoti ijtimoiy va ijodiy ishlar ila qaynayotgan bir paytda, aniqrog'i, 1845-yilda miroblik yumushi bilan safarga chiqqan paytda otdan yiqilib, oyog'i shikastlanadi. Shundan keyin u oqsoq bo lib qoladi. Bu vaqtda shaxsiy hayotida ham noxushlik ro'y beradi, shoirning umr yo'ldoshi vafot etadi. Shoir qalbi ham jisman, ham ma'nan jarohatlanadi. Shu voqealardan keyin 1857-yil Ogahiy miroblik vazifasidan iste'fo beradi. Qolgan urnrini faqat ijodga bag'ishlaydi.
Ogahiy 1874-yili oltmish besh yoshida vafot etadi.