Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə47/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

Mavzu: Maxmur


R E J A:
  1. Maxmurning hayot yo'li.


  2. Shoirning ijodiy merosi.


  3. Hajv ichida hajv.


Maxmur XVIII asrning oxirlari va XIX asrning birinchi yarmidagi o'zbek adabiyotining o'ziga xos namoyondalaridan biridir. Bu davr o'zbek hajvchiligi rivoji haqida gap borganda, avvalo, Maxmur ijodi diqqat markazimizda turadi. Zero, XIX asr hajviyoti taraqqiyotini ana shu mohir ijodkor asarlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.


Maxmurning hayot yo'li. Maxmurning asli ismi Maxmud bo'lib, Maxmur uning adabiy taxallusidir. U XVIII asrning oxirlarida Qo'qon shahrida ziyoli va ijodkor oilasida tug'ilgan. Maxmudning otasi Mulla Shermuhammad o'z davrining e'tiborli mudarrisi va Akmal taxallusi bilan ijod qilgan shoiri edi. Mulla Shermuhammad Akmal hayotlik chog'ida ikkita devon tuzgan sohibi devon sifatida adabiyot ahllari orasida ancha hurmat qozongan shoir sanalgan, bo'lajak shoirning onasi ham o'qimishli xonadondan chiqqan, ya'ni o'z davrining taniqli xattoti Turdialining qizi bo'lgan. Ko'rinadiki, oiladagi adabiy muhit yosh Maxmudning shakllanishida ayricha ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, otasi tomonidan uyushtirilgan adabiy suhbatlar va she'riy kechalar yosh va ziyrak Maxmudni badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishini orttirishi tabiiy edi. U dastlabki savodni oilada chiqardi, yuqori tahsilni esa Qo'qondagi Madrasai Mirda oldi. Bu yillarda u Maxmur taxallusi bilan she'rlar yoza boshlagan va adabiy davralarga shoir sifatida kirib borgan edi. Maxmurning hayoti og'ir muhtojlikda kechgan. U xotini, bir qizi va ikki o'g'lidan iborat oilasini moddiy jihatdan ta'minlay olmasdan juda qiynaladi, haddan tashqari qashshoqlikda kun kechiradi. Shu bois, u xonning askarlari safiga qo'shiladi, ya'ni sipohiylikka (askarlikka) yollanadi.
Shoirning "Arz kardani Maxmur baj an obi amir Umar sulton" ("Maxmurning Amir Umar Sultonga arz") nomli xasbi hol shaklidagi shikoyatnomasida ham chindan-da juda muhtoj holda qolgani, yeyishga ovqati, kiyishga kiyimi bo'lmagani bilinib turadi:
Kechalar yotgani na qo'shim bor,
Kunduzi ichgani na no'shim bor,
Bir hovuch na uyimda g'allam bor,
Ikki gaz ne boshimda sallam bor.
Boshima gar desamki, sallam yo'q,
Salla desam, uyimda g'allam yo'q.
Shoir Maxmur to'g'ri so'z, mag'rur va nohaqlikka murosasiz shoir bo'lgan, ba'zi bir saroy maddohlaridek xon va uning amaldorlariga laganbardorlik qilish, ularni yolg'ondan madh etib, buning evaziga yaxshi hayot kechirishni istamagan. Shu tariqa saroy shoirlari bilan uning qarashlarida doimo qarama-qarshilik bo'lgan. Maxmurning turmush tarzi kundan-kunga og'irlashib borardi. Shuning uchun moddiy muhtojlikdan, hayot qiyinchiliklaridan ezilgan shoir xonning vaziri Qosimxonga ariza tarzida she'r yozib, ahvolini shunday ma'lum qiladi:
Osafo, avqot ilgida ado bo'ldim, vazir,
Munus-u qalloshlikdan g'amzado bo'ldum, vazir.
Uch bolaga поп topolmay benavo bo'ldum, vazir,
Dargohingda shoyatulloh deb gado bo'ldum, vazir.
Misli soillar kabi sohibnido bo'ldum, vazir, —
deb zorlangan shoir o'z ahvolidan o'kinadi, xo'rlanganidan, tubanlar oldida bosh ekkanidan, "misli soillar"ga, ya'ni tilanchiga aylanib qolganidan nadomat chekib zorlanadi va hech kimsani o'zidek nochor ahvolga tushib qolmasligini tilaydi:
Hech kishi olamda mendek tolibi поп o'lmasun,
Non so'rog'ida haloyiq ichra sarson o'lmasun.
She'rda farzandlarini ochlikdan qiynalayotganlarini alam bi­lan tasvirlaydi, ertalab bir qizi va ikki o'g'lining non deb uyg'onganida, non topib berolmagan ota qattiq eziladi:
Subh kirn partav urar dahr ichra mehri xovarin,
Non deb o'rnidan turar bir xoxar, ikki dodari.
Maxmur ana shunday og'ir hayot kechirgan. Biroq yuqoridagi hasrat va shikoyatnomalar shoirnigina emas, umumning ham dardi edi.Xalq dardi bilan yashagan shoir 1844 yilda, Hapalak qishlog'ida vafot etgan.

Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin