Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə71/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

"Bormasmiz" g'azali. Furqatning har bir latif g'azalida sof muhabbat madhi, beqarorlik va bevafolikka nafrati, tabiatning go'zal tasviri ifodalanar ekan, undagi tagma'no jamiyat va hay-otning ko'p masalalariga borib taqaladi. Shuningdek, shoir ijo­dida insoniy qadr-qimmat, milliy g'urur va millatning yuksak sha'nini himoya qiluvchi she'rlar ham uchraydi. "Bormasmiz" radifli g'azali aynan shu masalada. Shu o'rinda ta'kidlash lozimkir mazkur g'azal musalsal g'azalning go'zal namunasidir. Ya'ni tubanda biz tahlilga tortgan she'r musalsal g'azal talablariga ko'ra, g'azal tarkibidagi lirik voqea, manzara, fikr va kechinmalar satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlanib, o'sib boradi. G'azal shunday boshlanadi:


Biz istig'no elir qichqirmag'on mavog'a bormasmiz,
Адат chandiki xirman aylasa dunyog'a bormasmiz.
Matla'ning mazmunidan, chaqirilmagan joyga bormaymiz degan ma'noni anglaymiz. Biroq bu shunchaki gap emas, o'ziga ishongan, o'z g'ururi va sha'nini baland tutgan, izzati nafs tuyg'usi yuqori bo'lgan nazari to'q "ahli istig'no"ning taklif qilinmagan joyga mol-dunyodan xirmon yig'ilsa-da bormaslik haqidagi qat'iy qarori edi. Faqat mol-dunyogina emas:

Адат lab tashna qolsak, filmasal sahroyi olamda,
Malolat zohir etsa, mavj uran daryog'a bormasmiz.
Har agarki, olam sahrosida tashnalikdan, suvsizlikdan lablar qurib qolsa-yu oldimizdan mavj urib turgan daryo chiqsa, daryoga zarracha malol kelganimizni bilib qolsak, shu daryoga bormaymiz. Keyingi baytlarda matla'dagi g'oyaviy mazmun tadrijiy takomillashadi. 3 —4-baytlar matla'da vasf etilgan "istig'no eli" darajadagi kamolatga erishgan kishilarning yetukligini shunday dalillaydi:

Umid etgonimiz, aksar saodat bo'tai haqdin,
Agarchi mis erurmiz qimmati tillog'a bormasmiz.
Hamisha lof urarmiz xalq aro Farg'ona mulkida,
Bag'oyat tab'imiz ozoda deb, har joyg'a bormasmiz.
Ko'rinadiki, asar qahramonlari harna saodatga erishishda Haqdan o'zgaga umidvor bo'lmaydilar, o'zlari "mis" bo'lsa-da, "tilla"ning orzumandi bo'lmaydilar, ularning ta'bi nozik, har joyga-da boravermaydilar. Ayniqsa, she'rdagi "mis", "tillo" istioralari lirik qahramonning maqsadini yanada oydinlashtiradi. Navbatdagi baytda shoir zukko mushohada qiladi, shoir nazdida insonni ma'naviy kamoloti uchun tuzoq bo'lguvchi man-manlik va xudbinlik illati har qanday insoniy munosabatlarga hamisha rahna solib kelgan. Ular loyga botgan kibrlilar. Kibrlilarning turar joyi esa "maskani a'do", ya'ni "yovlar, dushmanlar maskani". Va albatta, bunday maskanda zarofat — zariflik, halimlik, xushta'blik qay ahvolda bo'lishi tayin. Shunday ekan:

Havo loyig'a botgan manmanlik do'sti xudbinkim,
O'shandog' kam zarofat maskani a dog'a bormasmiz.
Bu baytda Furqatning san'atkorligi yaqqol seziladiki, ikkala misradagi tasvir va tavsif chunonam bir-biriga esh va chambarchars bog'liq. Shoir bunda tanosub san'atining nodir imkoniyatlaridan foydalanib, sabab va oqibatning dialektik tanosubiga erishadi. Birinchi misra bayt mazmunidagi sababni ifodalasa, ikkinchi misra oqibatini anglatadi.

Shoir mazkur baytdagi zukko mushohadani quyida teran hayotiy o'git bilan davom ettiradi. Baytda shoirning o'ziga va o'zi kabilarga taskin-o'git aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan. Ma'lumki, tarixda Iskandar beqiyos boylik va davlat egasi bo'lgan, ammo rixlat qilar chog'ida bu dunyodan hech narsa olib ketolmagan. Demak, qissadan hissa shuki, qo'ldagi "g'araz dunyo", boylik — bular bari o'tkinchi, ammo qalb boyligi insonni abadiy rohatga eltguchidir. Tubandagi baytda shu pandnoma ta'kid yanada qat'iylashgan, yetakchi mavzu yangicha qirralarda ochilgan, shoir maqsadi sodda va samimiy berilgan:




Biz ellar — faqr elimiz, parcha nong'a sabr aylarmiz,
G'araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog'a bormasmiz.
Keltirilgan bayt Furqatning yuksak badiiy san'atiga, misraga tizilgan har bir so'z imkoniyatlarini bosh maqsad - g'oyaga to'la-to'kis xizmat ettirish mahoratiga yaqqol misol bo'la oladi. Bay­tdagi qo'llangan musajja' - ichki qofiyalar, talmih (mashhur tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, afsonalar, adabiy asarlar va ul­arning qahramonlariga ishora) va sifatlashlar konkret holatda jiddiy ma'naviy vazifani bajaradi, g'oyani ta'kidlab, holatning mohiyatini chertib ko'rsatadi, o'quvchi shoirning maqsadini, fikrini, tuyg'usini yorqinroq tasavvur qiladi, shuningdek, she'r ohanggiga shiddat va sur'at baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga ko'taradi. Nihoyat, so'nggi bayt, so'nggi nido. Matla'da boshlangan xitob, hal qilingan qaror maqta'gacha izchil rivojlandi, g'oyaning tadriji yakun topdi, shoir o'z hukmida qat'iy qoldi:

Emasdur onchi asbobi jahong'a fikrimiz,Furqat,
Vale ketguncha juz andishai fardog'a bormasmiz.
Mazkur g'azal chin ma'noda o'zbek xalqining milliy ruhiyati va milliy g'ururini ifodalovchi she'r sifatida shoir ijodida muhim o'rin egallaydi.

Furqat ijodida erk va ozodlik mavzui. Furqatning "Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mandek" misrasi bilan boshlanuvchi 42 misra — 7 bandli musaddasi erk va ozodlikni kuylovchi qo'shiq sifatida muhim ahamiyatga ega. Asarda sayd (ov), sayyod (ovchi), dom (tuzoq) — majoziy obrazlar orqali qullik va hurlik tushunchalari talqin etilgan, ya'ni sayd — ozodlik orzusidagi tutqun, sayyod — zo'rlik va vahshiylik timsolidir. Shoir sayd va sayyod timsollari orqali o'z erki va huquqi qo'lidan ketgan Turkiston eli-yu istilo asri "sayyod"ining taqdir va kechinmalarini zo'r mahorat bilan ifoda etadi. Musaddasning dastlabki bandidayoq shoir o'zini sayd bilan qiyos qilib, saydning kechinmalarini o'z kechinmalaridek lirik ifodalab beradi:




Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mandek,
Ol domini bo'ynidin, bechora ekan mandek,
O'z yorini topmasdan ovora ekan mandek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mandek,
Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Shoir asar davomida tuzoqqa tushgan ohuning holini turli tashbih va favqulodda ohorii ifodalarda tasvirlar ekan, shoir tasviridagi sayd obrazi o'quvchida achinish va muruwat uyg'otadi, ovchiga murojaat qilib, uni banddan, tutqunlikdan ozod etishini so'ragandan keyingina kitobxonning biroz ko'ngli to'ladi:

Bechorani zulm aylab, qo'hbo'ynini bog'labsan,
Har son chekib-sudrab, o'ldirgali chog'labsan,
Ko'ksini jafo birla lola kabi dog'labsan,
Sot manga адат qasding olg'uvchi so'rog'labsan,
Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Shoirning asar boshlaridagi yalinish va iltimos ohanggidagi xitobi keyingi bandlarda qat'iy talabnoma bo'lib yangraydi. Muallif "meni" ohuni ozod etish choralarini qidirar ekan, eng awalo, sayyoddan saydning huquqlarini poymol qilmaslikni, " kes rishtani (tuzoq iplari)" deya hayqirgan shoir, saydning tog'larga chiqib, yori bilan qovushib, hur va erkin yashashini talab qiladi:

Kes rishtanikim, qilsun chappaklar otib jasta,
Hajrida alam tortib, bo'ldi jigari xasta,
Tog'Ibrga chiqib bo'lsnn yori bila payvasta,
Kelt qo'yma balo domi birla oni pobasta.
Hijron o'qidinjismi ko'p yora ekan mandek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mandek.
Furqatning bu musaddasidan kelib chiqadigan mazmun va maqsad — ozodlik va erk. Shuning uchun ham furqatshunoslar uni "ozodlik madhiyasi" deb ta'riflaydilar.

Shoir asarda millat va uning taqdiri borasidagi siyosiy masalaga zimdan nazar tashlaydi. Demak, shoirning aytmoqchi bo'lgan muddaosi shu: millat turmush tarzining yaxshilanishi va taraqqiyoti uchun mustaqil bo'lmog'i hamda o'zining milliy an'analari yo'lidan bormog'i lozim. Bu — g'oyat jiddiy siyosiy fikr. Bunday o'zbek xalqining taqdiri va kelajagi bilan bog'liq bo'lgan siyosiy fikrni o'zbek adabiyotida hech bir shoir Furqatchalik tiniq va keskin ifodalay olmagan.


Zokirjon Furqat o'zbek milliy ruhiyatini badiiy ifodalagan, asarlarida, maqolalarida millatni o'z haq-huquqini anglashga, kerak bo'lsa, o'z erki va ozodligi yo'lida kurashishga da'vat etgan xalq shoiridir. Uning har bir asari, xoh ishqiy, xoh ijtimoiy-siyosiy, xoh hajviy bo'lsin, yosh-u qariga ibratli fikr bera oladi.


Tayanch tushunchalar:

  • eti sizniki, ustoxoni meniki


  • sura

  • haftiyak

  • Qur’on

  • Chor kitob

  • Gimnaziya


  • Furqat

  • Farhat



Savol va topshiriqlar:
  1. Rus va Ovro'po ilm-fani haqidagi she'riaridan qaysilarini bilasiz? Bu boradagi shoirning fikr-qarashlariga nima deya olasiz?


  2. "Bormasmiz" radifli she'rini o'zingizham tahlil qiling. O'zbek milliy ruhiyati qaysi oJrinlarda yaqqol ko'zga tashlanishini aniqlang.


  3. "Sayding qo'ya ber sayyod..." musaddasida shoir qanday g'oyani ilgari suradi?


  4. Musaddas qanday janr? Musaddasga misollar keltiring.



Adabiyotlar:
  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007


  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001


  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006


  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005





Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin