Me’da chiqish qismining stenozi — a’zoning pilorik qismida, ya’ni oshqozonning eng tor qismida joylashgan oshqozon yarasining xavfli asoratidir. Oshqozon yarasi qanchalik ko’p retsidivlansa, bu asorat rivojlanishi xavfi shunchalik yuqori bo’ladi. Pilorik bo’limning torayishi ovqatning ichakka o’tishi bilan bog’liq qiyinchiliklar tufayli oziq-ovqatning oshqozonda ushlanib qolishiga olib keladi.
Jiddiyligidan kelib chiqqan holda, bir necha darajali stenozni ajratish qabul qilingan: Kompensatsiyalangan bosqich, uning davomida nordon ta’mli kekirish, oshqozonda og’irlik va to’lib ketish hissi kuzatiladi. Ammo bemor o’zini qoniqarli his qiladi;
Subkompanatsiyalangan bosqichda hatto kichik hajmdagi taomlar tanovul qilganda bemor to’yib ketish va oshqozonda og’irlikni his qila boshlaydi, bu hol bemorning qayt qilishdan so’ng yengillashadi. Bemir ovqatlanishdan qo’rqishni boshlaydi va shuning uchun undan bosh tortadi, natijada tez vazn yo’qotadi;