O’n ikki barmoqli ichak yarasi bo’lganda, bemor qaysi mahsulotlar oshqozonda xlorid kislota konsentratsiyasini ko’paytirishini bilishi kerak:
Gazlangan va alkogolli ichimliklar;
Achchiq va booshqa ziravorlar va har qanday, hatto juda mazali, souslar;
Qovurilgan ovqatlar (hatto sabzavot va baliqlar ham);
Qahva va achchiq choy;
Go’shtli, baliqli va qo’ziqorinli sho’rvalar;
Qora non va achitilgan xamir.
Keltirilgan mahsulotlarni nafaqat kasallikning xuruji davrida, balki uzoq muddatli remissiya vaqtida ham ratsiondan chiqarib tashlash kerak. Afzallikni quyidagilarga berish tavsiya etiladi:
Sut va sabzavotli sho’rvalar;
Qaynatilgan go’sht va kam yog’li baliq navlari;
Yangi bo’lmagan oq non;
Donli bo’tqalar.
Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatini qiyin hazm bo’ladigan kletchatkalar — karam, turp, redis, sarsabil, loviya, no’xat, jo’xori bezovta qiladi. Go’sht tog’aylari, po’stlog’i qattiq yoki mag’zi juda zich bo’lgan mevalar, 2-nav undan tayyorlangan pishiriqlar ham katta ziyon yetkazishi mumkin.