oshqozon shirasi tahlillari — nordonlik darajasini aniqlash uchun.
Instrumental tadqiqotlar:
FEGDS o’tkaziladi — bu tekshiruv shifokorga oshqozon va o’n ikki barmoqli icha shilliq qavatining holatini baholashga, gistologik jihatdan o’rganish uchun u yerdan namuna olishga imkon beradi.
Qorin bo’shlig’ining ultratovush tekshiruvi.
O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASINI DAVOLASH
Mazkur kasallikni davolash uzoq davom etadi, bemor butun hayoti davomida parhezga amal qilishi kerak bo’ladi. Garchi hammasi o’ta ayanchli emas — shifokorlar parhez to’lqinsimon bo’lishi mumkinligidan ogohlantiradilar: kasallikning xuruji davrida oziq-ovqat maksimal darajada chegaralangan va eng avaylovchi bo’ladi, uzoq muddatli remissiya davrida esa istalgan, hatto zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga ham ruxsat beriladi.